AKVAREL

AKVAREL (frans. aquarelle, asli lot. aqua — suv) — rassomlik sanʼatida ishlatiladigan boʻyoq (suvda oson eriydi) va shu boʻyoq bilan bajarilgan rang-tasvir asari.

Akvarelning oʻziga xos xususiyati boʻyoqning tiniq, rangning sofligidir. Akvarel rangtasvirida oq boʻyoq ishlatilmaydi — oq qogʻoz boʻyoq vazifasini bajaradi. Akvarel boʻyogʻi qogʻoz sirtiga yupqa qatlam boʻlib yotadi, bu qatlam noʻrni yaxshi oʻtkazadi. Shuning uchun Akvarel rang-tasviri yuzasi silliq boʻlmagan oq qogʻozga ishlanadi. Akvarel boʻyogʻida rasm ishlanganda rangsurtmalar, rang qatlamlari xususiyati hisobga olinishi kerak.

Akvarel qadimdan maʼlum boʻlgan. 15-a. da nemis rassomi Akvarel Dyurer A. da ajoyib asarlar yaratgan. 17—18-a. larda Yevropada Akvarel keng tarqaldi. 18—19 – a. boshlaridan jadal rivojlandi, uslub va usullari ishlab chiqildi. Angliya (U. Terner, R. Bonington va b.), Fransiya (O. Domye, E. Delakrua va b.), Rossiya (K. Bryullov, I. Repin, V. Serov, M. Vrubel va b.) da Akvarel sanʼatining ajoyib namunalari yaratildi. Oʻzbekiston tasviriy sanʼatida Akvarel rangtasviri 20-a. 20-y. laridan rivojlana boshlagan. Akvarel Nikolayev (Usta Moʻmin), G. Nikitin, B. Hamdamiy, Oʻ. Tansiqboyev, V. Kaydalov va b. rassomlar oʻz Akvarel asarlari bilan oʻzbek Akvarel sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshdilar. Oʻzbekiston rassomlaridan M. Sodiqov, T. Muhamedov, F. Boymatov, V. Apuxtin va b. ijodida Akvarel rivojlanmoqda.


Lotin alifbosida maqola: AKVAREL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BERUNIY
AVIATSIYA
AMIR TEMUR
ABDULLA QODIRIY
AMUDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты