ASAKA AVTOMOBIL ZAVODI

ASAKA AVTOMOBIL ZAVODI, «OʻzDEUavto» kompaniyasi — Oʻzbekiston avtomobil sanoatining yetakchi va toʻngʻich korxonasi. 3-dning ishga tushirilishi tufayli Oʻzbekiston jahonda oʻz avtomobil sanoatiga ega boʻlgan 28 mamlakat qatoridan oʻrin oddi. Asaka avtomobil zavodi Andijon viloyatining Asaka sh. da 1994—96 y. larda qurilgan. Avtomobil z-di oʻrta klassdagi dvigateli sigʻimi 1500 sm3 boʻlgan «Neksiya», oʻta kichik klassdagi yonilgʻi kam sarflovchi, dvigateli sigʻimi 800 sm3 «Tiko» yengil avtomobillari hamda furgon tipidagi yetti oʻrindiqli, dvigateli sigʻimi 800 sm3 boʻlgan «Damas» miniavtobuslarni ishlab chiqaradi (avtomobillarning texnik tafsilotlari haqida Avtomobil maqolasiga q.). Uning barcha uskuna va jihozlari Koreya, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya, Italiya mamlakatlarida ishlab chiqarilgan ilgʻor avtomatika va texnologiyalardan iborat. «OʻzDEUavto» kompaniyasi yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Muassislari: OʻzR hukumati nomidan «Oʻzavtosanoat» uyushmasi va Koreya Respublikasining «DEU» korporatsiyasi. Aksiyalari hissasi 50% ga 50% boʻlib, investitsiyalarning umumiy hajmi 650 mln. AQSH dollariga teng. Kompaniyani tuzish toʻgʻrisidagi Taʼsis shartnomasi 1992-y. 29 avg. da imzolangan, z-d qurilishi esa 1994-y. boshlarida boshlangan. «Damas» miniavtobuslari 1996-y. 25-martdan, «Tiko» 1996-y. iyun oyining oʻrtalaridan, «Neksiya» avtomobili esa 1996-y. iyul oyining oʻrtalardan ishlab chiqarila boshlandi. 1996-y. 19-iyulda z-dning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Qoʻshma korxonaning umumiy maydoni hududi 55 ga. Asosiy sexlar yagona binoda joylashgan. Binoning umumiy maydoni 16 ga ni ishgʻol qiladi. Binoning tepa qismlarida ham avtomat boshqaruvidagi ulkan konveyrlar ishlab turadi. Avtomobil yaratishning dastlabki jarayoni asosan bosma (press) sexidan boshlanadi. Jan. Koreyadan keltirilgan metall oʻrami (avtostal)dan shu sexda avtomobil «bichiladi». Buni Yaponiyaning «Komaku» firmasining 500, 800, 1000 t li presslari bajaradi. Mashinalar konveyrlari payvandlash sexiga oʻtadi. Bu sexda ishni asosan Shvetsiyadan keltirilgan robotlar bajaradi. Robotlarni bir necha ishchi kompyuter orqali boshqaradi. Mashinalar boʻyash sexiga tushib, boʻyalib chiqadi, soʻng yigʻuv sexiga oʻtadi. Bu sexda mashina detallari joy-joyiga qoʻyiladi. Tayyor boʻlgan avtomobillar sinalib, z-d eshigidan chiqariladi. 3-d kuniga 200 «Neksiya», 120 «Tiko», 60 «Damas» rusumli avtomashinalar ishlab chiqarishga moʻljallangan. Korxonadan 2000-y. oktyabr oyiga qadar 216659 avtomobil, jumladan 103535 «Neksiya», 63322 «Tiko», 49802 «Damas» ishlab chiqarildi. 1999-y. 15 mingga yaqin avtomobil eksport qilindi. Korxonada 7000 dan ortiq kishi ishlaydi, shundan 3700 dan ziyodi bevosita i. ch. da band, 3400 dan ortigʻi sotuv va avtoxizmat tizimlarida ishlaydi (2000).

Toshkent sh. da avtomobillarni sotish va sotuvdan keyin xizmat koʻrsatish vakolatxonasi faoliyat koʻrsatadi. Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg, Tyumen, Novosibirsk, Minsk, Bishkek, Chimkent, Krasnodar kabi shaharlarda mintaqaviy vakolatxonalari va shoʻba korxonalari ochilgan.


Lotin alifbosida maqola: ASAKA AVTOMOBIL ZAVODI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
ANDIJON VILOYATI
ITALIYA
GERMANIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты