ITALIYA (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblika Italiana) — Yevropa jan. da, Oʻrta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin ya. o., Sitsiliya, Sardiniya va b. kichik orollarni oʻz ichiga olgan. Mayd. 301,2 ming km2. Aholisi 57,679 mln. kishi (2001). Maʼmuriy jixatdan 20 viloyat (regione)ra boʻlinadi. Poytaxti — Rim sh.
Davlat tuzumi. Italiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1947-y. 22 dek. da qabul qilingan va 1948-y. 1 yanv. dan kuchga kirgan. Davlat boshligi — prezident (1999-y. maydan K. A. Champi). U parlament ikkala palatasining qoʻshma majlisida viloyatlar vakillari ishtirokida 7 y. muddatga saylanadi. Qo-nun chiqaruvchi organ deputatlar palatasi va senatdan iborat parlament. Ijrochi xrkimiyatni Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Prezident Vazirlar Kengashi raisi va uning taklifiga binoan vazirlarni tayinlaydi.
Tabiati. Mamlakatning qirgʻoq chizigʻi (7,5 ming km) Apennin ya. o. ning jan. da pasti-baland boʻlsa, boshqa qismida deyarli tekis. Hududining 4/5 qismi togʻ va qirlardan iborat. Italiyaning shim. da Alp togʻlari joylashgan: Gʻarbiy Alp togʻlari (Monblan choʻqqisi, 4807 m — I. ning eng baland nuqtasi)ning yon bagirlari tik. Sharqiy Alp togʻlari (eng baland nuqtasi — Ortles togʻi, 3899 m) asta-sekin pasaya borib, sharqda Karst platosiga tutashib ketgan. Alp togʻlari jan. da joylashgan Padan tekisligi sharqda Adriatika dengiziga tomon pasayib boradi. Po daryosining vodiysi botqoqli pasttekislik. Alennin ya. o. boʻylab 1200 km masofada Apennin togʻlari joylashgan. Bir necha soʻngan va soʻnmagan vulkanlar (Amiata — 1734 m, Vezuviy — 1277 m) bor. I. orollarining relyefi, asosan, togʻlik, orollarda Etna (3340 m), Stromboli, Vulkano vulkanlari bor. Italiyaning oʻrta va jan. qismlarida tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi.
Italiyada toshkoʻmir, bitumli slanes, neft, gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, temir rudalari, boksit, oltingugurt va osh tuzi konlari bor. Italiya simob rudasi zaxirasi boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinda. Toskanada marmar qazib olinadi. Maʼdanli va issiq (t-rasi 100—200°) bulok, koʻp.
Iqlimi Oʻrta dengizga xos subtropik, Padan tekisligida moʻtadilroq. Alp toglari shim. dan keladigan so-vuq shamolni toʻsib turadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha t-rasi togʻ etaklari va tekisliklarda 20—28°, baʼzan issiq shamol esganda 40—45° ga koʻtariladi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi Alp togʻlari etaklari va Padan tekisligida 0°, Apennin ya. o. va orollarda 1 — 12°. Sharqiy Alp va Shim. Apennin toglari Italiyaning eng seryogʻin (yiliga 3000 mm) joylaridir. Mamlakat ich-karisida yiliga 600—800 mm, Sitsiliya va Sardiniya o. larida 500 mm yogʻin yogʻadi. Alp togʻlarining Italiya hududidagi qismida 800 dan ortik, muzlik bor.
Eng yirik daryosi — Po va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Daryolar Italiyaning shim. qismida koʻproq. Daryolari yomgʻir, qor va muzliklardan suv oladi. Ulardan sugʻorish va gidroenergiya olishda foydalaniladi. Yirik koʻllari: Garda, Komo, Lago-Majore, Bolsena va b. Ularda kema qatnaydi, sohillarida kurort koʻp.
Alp togʻlarining 1800 m balandlikkacha boʻlgan qoʻngʻir-oʻrmon tuproqli yon bagʻrida keng bargli va igna bargli oʻrmonlar, undan yuqoridagi togʻ-oʻtloqi tuproqlarda butazorlar, subalp va alp oʻtloklari bor. Apennin ya. o., Sitsiliya va Sardiniya o. larida (tuprogʻi jigarrang) 500—600 m balandlikda doim yashil tosh dub va poʻkak dublari, piniya, halab qaragʻaylari, butalar usadi. 1500 m balandlikkacha jigarrang va qoʻngʻir togʻ tuproqli yerlarda dub, qora qayin va kashtan oʻrmonlari, 2000 m dan balandda igna bargli, keng bargli oʻrmonlar, togʻ tepalarida subalp oʻtloklari bor.
Italiyada yovvoyi hayvonlar, asosan, togʻlarda uchraydi. Alp va Apennin togʻlarida serna, yovvoyi mushuk, togʻ va oʻrmon suvsari, sassiqkoʻzan, qoʻngʻir ayiq, quyon, tiyin yashaydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi, sudraluvchilar bor. Ovlanadigan baliq turi koʻp. Italiyada noyob oʻsimlik, hayvon va geologik obyektlarni saqlash uchun qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Stelvio, Granparadizo, Abrusso, Kalabriya, Chircheo va b. — jami mayd. 200 ming ga.
Aholisining 98% dan koʻprogʻi italyanlar; qolgan qismi retoromanlar, tirollar, fransuzlar, sloven va xorvatlar, shuningdek, albanlar, katalonlar va b. Rasmiy tili — italyan tili. Asosiy din — katolik dini. Aholining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Rim, Milan, Neapol, Turin, Genuya, Palermo.
Tarixi. Italiya hududida paleolit davrida odamlar yashagan. Apuliyaning Kastro sh. yaqinidagi Romanelli goridan, Liguriyaning Grimaldi qishlogʻi yaqinidagi Barma-Grande gʻoridan, Emiliyaning Savinyano manzilgoqidan topilgan arxeologiya yodgorliklari shundan dalolat beradi. Shim. Italiyada jez davrita mansub arxeologiya mada-niyati, oʻrta Italiyada unga turdosh boʻlgan madaniyatlar nishonalari juda koʻp. Temir davrshxa Italiya hududida paydo boʻlgan bir qancha madaniyatlar koʻpgina arxeologiya yodgorliklarini qoldirgan. Ular orasida villanlar madaniyati yetakchi boʻlgan. Mil. av. 2—1ming yilliklarda qoz. Italiya hududida ligurlar, et-rusklar yashagan, asta-sekin italiklar (shu jumladan, lotinlar) koʻchib kelib joylasha boshlagan. Italiklar gu-ruhiga mansub boʻlgan sabinlar b-n birga lotinlar Rimga asos solganlar (mil. av. 754—53-y. lar). Mil. av. 5—3a. larda Italiya hududi qad. Ashning asosiy qismi boʻlgan. Mil. 5-a. gacha, yaʼni I. Rim davlati tarkibiga kirgan davrgacha boʻlgan Italiyaning shundan keyingi tarixi va uning qududida quldorlik tu-zumi shakllanganligi haqida Qad. Rim maqolasiga qarang.
Mil. 3-a. da, asosan, Italiya hududidan iborat boʻlgan Rim imperiyasida quldorlik tuzumi inqirozga uchragan. Quldorlik jamiyati zamirida feodalizm unsurlari vujudga kela boshladi: yirik yer egaligi bilan birga mayda xoʻjalikning mavjudligi, natural xoʻjalik xukmronligi Rim imperiyasi davrida butunlay barxam topmagan yer egalarining siyosiy hokimiyati oshib borgan edi. 4—5-a. da Italiyaga bostirib kirgan german qabilalari va b. varvar qabilalar Rim imperiyasiga sezilarli zarba berdilar. 5-a. boshlarida Italiyaga kirib kelgan vestgotlar 413-y. da Rimni ishgʻol qildilar. 455-y. da Rim vandallar tomonidan tor-mor qilindi. Mil. 5-a. da german, vestgot, vandal va b. kabilalarning hujumi, qullar hamda kolonlarning qoʻzgʻolonlari natijasida Gʻarbiy Rim imperiyasi yemirilgach, 476-y. Odoakr boshchiligida qirollik hoki-miyati oʻrnatildi. 488-y. da Teodorix boshchiligida ostgotlar qirolligi bu-nyod etildi. 554-y. I. ni Vizantiya, bo-sib oldi va Vizantiya imperatori Yustinian I 554-y. Pragmatik sanksiya chiqardi, bu qujjat Rim imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini qayta tiklashga qaratilgan edi. 568-y. da Shim. Italiyaga langobardlar kelishdi. Langobardlarning istilosi quldorlik tartibiga uzil-kesil zarba berdi. Ular quldorlarning aksari qismini qirib tashladilar va haydab yubordilar. Ulardan musodara qilingan yerlar istilochi zamindorlar oʻrtasida taqsimlandi. Erkin dehqon vaq-tincha asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi. Ammo Rimdagi yirik yer egaligining bir qismi (qullar va kolonlar bilan birga) baribir saqlanib qolgan edi. Rim xususiy mulkchiligi taʼsirida langobardlar jamoasining parchalanishi kuchaydi, karam dehqonlar sinfi va zamindorlar sinfining shakllanish jarayoni tezlashdi. Ilk feodal davlati vujudga keldi. Italiyaning bir qismi Vizantiya hukmronligi ostida qola berdi. 751-y. da langobardlar Ravenna ekzarxatini bosib oldi, soʻngra franklar uni langobardlardan tortib olishdi. 556-y. da franklar qiroli Pipin Pakana Ravenna ekzar-xati, Rim dukati va Pentapolisni papaga sovgʻa qilgach, papalarning te-okratik davlati (Papa viloyati) tarkib togshi. 773—74 y. larda Italiyani franklar qiroli Buyuk Karl bosib oldi. Italiyaning franklarga tobe boʻlishi unda zamindorlik munosabatlarining rivojlanishini tezlashtirdi. 781-y. da Italiya qirolligi tashkil topdi. Buyuk Karlning oʻgʻli Pipin uning qiroli boʻldi. Franklar istilosidan soʻng Italiyada mulkdorlik munosabatlari tez rivojlana boshladi. 887-y. Buyuk Karl sulolasidan boʻlgan Karl III agʻdarilgach, yirik zodagonlar oʻrtasida Italiya taxti uchun kurash avj oldi. 9-a. da Italiyaga jan. dan arablar, shim. dan vengerlar hujum qildi. 10-a. ning 2-yarmidan 12-a. boshlarigacha Italiyaning koʻp qismi german imperatori Otton I taʼsirida boʻldi. 10—11-a. larda Italiyaning Milan, Venetsiya, Genuya, Piza va b. shaxarlari yepiskop-senyorlar iskanjasidan qutulib, mustaqil shaharlarga aylandi. 11 — 12-a. larda Italiya shaharlarida hunarmandlar va savdogarlar korporatsiyalari—sexlar vujudga keldi. Kommunalar gʻalaba qozongach, hokimiyat senyordan konsullar hayʼati qoʻliga oʻtdi, shahar zoda-gonlarining, boy savdogarlarning namoyandalari shu hayʼat tarkibiga kirardi. Hunarmandlar bilan mayda savdogarlar hokimiyatga yoʻlatilmas edi. Xalq yigʻinining ahamiyati unchalik katta emas edi. Siyosiy va iqtisodiy huquqlarning kommunaga oʻtishi zamindorlarning qudratini puturdan ket-kazdi va Italiya iqtisodiyotining rivojlanishi h. amda atrofdagi mayda shahar va qishloqlar hududida boʻysundirish yoʻli bilan shahardavlatlarning tashkil topishi uchun turki boʻldi, bu shahar-davlatlarda oʻsha davr uchun gʻoyat ilgʻor boʻlgan yangi davlat shakli — respublika tuzumi oʻrnatildi. Shaharkommunalar tovar-pul munosabatlari rivojlangan qudratli markazlarga aylandi; salib yurishlari esa bu yerda port shaharlar (Venetsiya, Genuya, Piza, Ankona) ravnaq topishiga, ularni Yevropa bilan Sharq oʻrtasidagi asosiy savdo vositachilariga aylantirdi. Shim. va Oʻrta Italiya dagi shaharlarning iqtisodiy ustunligi Italiyaning shu qismida 11 —12-a. larda yirik zamindorlarning yerlarni dehqonlar, ritsarlar, savdogarlar va baʼzan shaharlarning yuqori tabaqasiga ijaraga berishiga olib keldi. 12—13-a. larda Italiya shaharlarining qoʻllab-quv-vatlashi b-n qishloq kommunalari vujudga kela boshladi, ular oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berilishini talab qildilar. Qishloq kommunalari zamindorlar hukmronligidan ozod boʻlishlari b-noq qoʻshni shaharlarga qaram boʻla bordilar. 12—13-a. da Paviya, Milan va b. shaxarlarda hunarmand, savdogar va mayda ritsarlar yirik zodagonlarga qarshi kurashdilar. Shu davrdagi shaharlar aholisi Italiyaga bostirib kirgan german zamindorlariga qarshi qahramonlarcha kurashdi. 1158-y. da imperator chiqargan Ronkal qaroriga bino-an Italiya kommunalari siyosiy mustaqillikdan mahrum boʻldi. German zamindorlariga qarshi kurash davrida Italiya shaharlarida gvelflar va gibellinlarning siyosiy partiyalari vujudga keldi. 1162-y. da german bosqinchilariga qarshilik koʻrsatishning asosiy markazi boʻlgan Milan vayron qilindi. 1167-y. da Shim. Italiya shaharlari birlashib, «Muqaddas Rim imperiyasi» imperatorlariga zarba berish uchun Lombardiya ligasini tuzdilar. German zamindorlariga qarshi kurash italyan xalqining milliy oʻzligini anglash unsurlari paydo boʻlishiga koʻmaklashdi. 1183-y. Konstansa sulhiga binoan Italiya shaharlari imperatordan haqiqiy mustaqillikni yana tiklab oldilar.
11-a. da Jan. Italiya va Sitsiliyani normannlar bosib olgan edi, bu yerlarda zamindorlik munosabatlari Shim. va Urta Italiya dagidan sustroq rivojlandi. 13-a. da ham yarim dehqonlarning katta qatlami bor edi. Sitsiliya qiroli va «Muqaddas Rim imperiyasi» imperatori Fridrix II Shtaufen Sitsiliyani markazlashgan byurokratik monarxiyaga aylantirdi, oʻz xukmronligini bu-tun Italiyaga yoyishga behuda urindi. 13-a. 60-y. larda Jan. Italiya oʻziga Anjuy sulolasini boʻysundirib oldi. 1282-y. dagi xalq qoʻzgʻoloni tufayli Sitsiliya kirolligi parchalandi. 13-a. oxiri — 14-a. boshlarida Sitsiliyani, 15-a. oʻrtalarida Jan. Italiyani ham Aragon sulolasi qoʻlga kiritib oldi. Shu tariqa Italiya jan. is-panlar xukmronligi ostiga oʻtdi.
13-a. da Italiya shaharlarining ilk rivojlanishi tufayli Shim. va Oʻrta Italiya dagi ilgʻor shaqar-davlatlarda dastlabki tovar-pul munosabatlari nishonalari vujudga keldi: bank ishi rivojlandi, dengiz orti savdosi, movut toʻqish ravnaq topdi (Florensiya, Venetsiya, Genuya, Piza, Bolonya). Bank va savdo sarmoyasidan sanoatni rivojlantirish uchun foydalanildi. Hunarmandchilikning kengayishi shahar-davlatlarning oʻziga qarashli hududlarda dehqonlarning servaj (krepostnoy qaramlik) dan ozod qilishiga imkon berdi. Deh-qonlarning koʻpchiligi shaharlarga koʻchib, ustaxonalardagi yollanma ishchilar safini toʻldirdi. Shim. va Oʻrta Italiya shaharlarida savdogarhunarmandlar bilan zamindorlar oʻrtasida shiddatli kurash natijasida zamindorlar siyosiy huquqlaridan mahrum boʻldilar.
Shim. va Oʻrta Italiya shahar va qishloklarida i. ch. kuchlarining jadal rivojlanishi tufayli 14—16-a. larda dunyoda birinchi marta ilk tovar-pul munosabatlari paydo boʻlishi va rivojlani-shiga olib keldi. 14-a. Shim. va Oʻrta Italiyaning ayrim yirik shaharlarida yollanma ishchilar necha oʻn minglab ki-shiga yetdi, asosan movut toʻqimachiligida manufaktura paydo boʻldi. 14—15-a. larda xalq qoʻzgʻolonlari kuchayib borishidan choʻchigan «semiz» popolanlar shaxarlarda respublika idora usulini tiraniya b-n almashtirdilar. 15-a. da Florensiya, Milan, Bolonya, Ferrara, Urbino va b. joylarda tiraniya mu-stahkam qaror topdi. 16-a. 2-yarmida Italiyada reaksiya kuchayishi, mulkdorlik munosabatlarining inqirozi va savdo-sanoat munosabatlarining keng ildiz otishi Italiyada maʼrifatparvarlik oqimini keltirib chiqardi. Savdo-sanoatning rivojlanishi va maʼrifatparvarlik xarakati Italiya tarixida yangi davr — chet el hukmronligiga qarshi kurash boshlanishiga sabab boʻldi. 1789 — 94 y. larda Fransiyada boʻlib oʻtgan inqilob I. dagi inqilobchilar faoliya-tini kuchaytirdi. Fransiyadagi kabi Italiyada ham yakobinchilar harakati paydo boʻldi. 1796—97 y. lardagi Napoleon yurishidan soʻng I. Respublikasi (1797) tuzildi. 1799-y. A. V. Suvorov armiyasi fransuz armiyasini Italiyadan surib chikardi. Lekin 1800-y. Napoleon armiyasi Italiyaga yana bostirib kirdi. Pyemont, Liguriya, Toskana, Papa viloyatlari Fransiyaga qoʻshib olindi, Sizalpin (1802-y. dan Italiya) Respublikasi Italiya qirolligiga aylantirildi (Napoleonning oʻzi imperator edi). Shunday qilib, butun Italiya (Sardiniya va Sitsiliya o. laridan tashkari) Fransiya qoʻl ostida birlashtirildi. 1814-y. dan Italiyada Fransiya hukmronligiga karshi kurashuvchi tashkilotlar tuzila boshladi. Napoleon imperiyasi yemirilgach, Vena kongressi (1814—15) mamlakatning Avstriyaga karamligi va koʻplab qirolliklarga boʻlinganligini rasmiylashtirdi. 19-a. 40-y. laridan Lombardiya, soʻngra Pyemontda sanoat inkilobi boshlandi.
1848—49 y. larda inqilob sodir boʻldi. Fransiya, Avstriya hamda Italiya zamindorlari til biriktirib, inqilobni bostirdi, oldingi tartiblarni tikladi. 1860-y. may oyida J. Garibaldi uyushtirgan harbiy yurish Italiyani birlashtirishda muhim rol oʻynadi. Avstriya zulmidan ozod qilingan yerlar Pyemontga birlashtirildi, 1861-y. dan Pyemont birlashgan Italiya qirolligi deb yuritildi. 1870-y. ga kelib Italiya birlashtirib boʻlindi va u bosqinchilik yoʻlini tuta boshladi. Italiya Germaniya va Avstriya-Vengriya bilan birga Uchlar ittifoqini tuzdi (1882). Italiya qoʻshinlari 1889—90 y. larda Somali va Eritreyani bosib oldi, lekin Efiopiyada qaqshatqich zarbagaduch keldi. 1911 — 12 y. lardagi Italiya turkiya urushi natijasida I. Liviyani bosib oldi. 1916-y. 27 avg. da I. Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. Urush mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. Urushning ogʻir oqibatlari va iqtisodiy tanglik Italiyada gʻalayonlar boshlani-shiga olib keldi. Ayniqsa, Turin ishchilarining qoʻzgʻoloni juda kuchli boʻldi. Inqilobiy kuchlarning tarqoqligidan foydalangan aksilinqilobchi unsurlar hokimiyat tepasiga 1922-y. 31 dek. da B. Mussolinini keltirib qoʻydi. Mussolini hukumati demokratik kuchlarga qarshi kurash boshladi. 1929—33 y. lardagi jahon iqtisodiy boʻhroni Italiya iqtisodiyotini mushkul ahvolga solib qoʻydi. Shunga qaramay, Mussolini hukumati mamlakatni harbiylashtiraverdi va yangi urushga hozirlik koʻra boshladi. 1935-y. 3 okt. da Italiya urush eʼlon qilmasdan Efiopiyaga hujum boshlab, 1936-y. ning may oyida uni va 1939-y. da Albaniyani bosib oldi. I. Millatlar Ittifoqidan chiqib, «Antikomintern pakti»ga qoʻshildi (1937) va gitlerchilar Germaniyasining asosiy ittifokchisiga aylandi. 1940-y. okt. da I. Gretsiyaga, 1941-y. apr. da Yugoslavi-yaga hujum qildi. 1941-y. 22-iyunda Italiya sobiq SSSRga urush eʼlon qildi, shar-qiy frontga italyan ekspeditsion korpusi (1942-y. dan armiya)ni yubordi. Lekin 1943-y. I. qoʻshinlari sobiq Sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilindi. Sitsiliyaga Angliya-Amerika qoʻ-shinlari bostirib kirdi. Bu vokealar Mussolini siyosatining inqirozga uch-rashiga va hukumatning marshal P. Badolyo koʻliga oʻtishiga sabab boʻldi (1943-y. 25 iyul). Badolyo Angliya-Amerika qoʻmondonligi b-n yarash (soʻzsiz taslim boʻlish) shartnomasiga yashirincha imzo chekdi. Bundan xabardor boʻlgan Germaniya Italiyaning katta qismini bosib olib, Mussolini boshliq qoʻgʻir-choqhukumat tuzdi. 1943-y. kuzidan italyan xalqi ozodlik uchun kurash boshladi. Nihoyat, 1944-y. apr. da barcha antifashist partiyalarning vakillaridan iborat yangi hukumat (Badolyo boshliq) tuzildi. Umumxalq qurolli koʻzgʻoloni natijasida 1945-y. apr. da mamlakat fashistlardan ozod boʻldi. 1946-y. 2-iyunda respublika eʼlon qilindi.
Italiya —1945-y. dan BMT aʼzo-si. 1992-y. 10 yanv. da OʻzR suve-renitetini tan oldi va oʻsha yil 24-martda diplomatiya munosabati oʻrnatdi. Milliy bayrami — 2 iyun — Respublika eʼlon qilingan kun (1946); 1977-y. dan 2000-y. gacha iyunning birinchi yakshan-basida nishonlangan.
Trir shahri devorlarining shi-moliy darvozasi (qurilish 180-y. da boshlangan, ammo nihryasiga yetmagan).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. «Olgʻa, Italiya» partiyasi, 1993-y. siyosiy uyushma sifatida tuzilgan, 1996-y. partiyaga aylantirilgan; I. liberal partiyasi, 1848-y. da asos solingan, 1944-y. da kayta tiklangan, 1994-y. martida oʻzini oʻzi tugatgan va oʻsha yil iyulda qayta tashkil etilgan; I. Xalq partiyasi, tugatilgan Xristi-andemokratik partiya negizida 1994-y. 18 yanv. da rasmiy ravishda tuzilgan; Kommunistok qayta qurish partiyasi, 1991-y. tashkil etilgan; I. respubli-kachilar partiyasi, 1832-y. dan faoliyat koʻrsatadi; I. sotsial-demokratik partiyasi, Sotsialistok partiya parchalanishi natijasida 1947-y. da tuzilgan, 1966-y. da Sotsialistok partiya bilan qoʻshilgan, 1969-y. dan yana mustakil partiya; I. sotsialistlari, Italiya so-sialistik partiyasining boʻlinishi natijasida 1994-y. tuzilgan; I. sotsialistok partiyasi, 1892-y. da Italiya mehnatkashlar partiyasi nomi bilan tuzilgan. Italiya umumiy mehnat konfederatsiyasi, 1906-y. da tuzilgan; I. mexnatkashlari kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1948-y. da tashkil etilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi aʼzosi. Italiya mehnat ittifoqi, 1950-y. da tuzilgan.
Xoʻjaligi. Italiya — yuksak rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Dunyoda eng rivojlangan 10 davlatning biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 31,6%, q. x. ulushi 2,9%, xizmat koʻrsatish soqasi 65,5% (1997). Italiyada 12 mln. dan ziyod aholi xizmat koʻrsatish sohasida, 6,5 mln. kishi sanoatda, 1,5 mln. kishi q. x. da band.
Sanoatida ogʻir sanoat ustun. Jumladan, mashinasozlik, metallurgiya, avtomobilsozlik, toʻqimachilik, elektroenergetika, neftni kayta ishlash, neft kimyosi rivojlangan. Sanoat mahsulotining anchagina qismi eksport qilinadi. Italiyada xom ashyo va energetika zaxiralari kam, borlari xam notekis joylashgan. Neft va gaz (asosan, Padan tekisligi, Po daryosi etaklari, Adriatika dengizi sohiliga yaqin joylar va Sitsiliya o. da), qoʻrgʻo-shin, rux (asosan, Sardiniya o. da), temir rudalari (Aostada va Sardiniya o. da), boksit, kinovar (simob ruda-si), pirit (Toskana viloyatida), ol-tingugurt, tuz (Sitsiliya o. da), qoʻngʻir koʻmir, binokorlik materiallari va b. qazib olinadi. Issiklik elektr st-yalari elektr energetikaning asosini tashkil etadi. Atom elektr styalari va geotermal st-yalar qurilgan. Yiliga oʻrtacha 222 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Metallurgiya sanoati, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. Qora metal-lurgiyaning eng yirik korxonalari Genuya, Neapol atrofida, shuningdek, Pyombino va Tarantoda; rangli metallurgiya korxonalari Venetsiya, Bolsa-no, Mori, Milan sh. lari va Sardiniya o. da joylashgan. Neftni qayta ishlash korxonalari (chetdan keltirilgan xom ashyo asosida), asosan, dengiz sohilidagi joylar (Genuya, Neapol, Venetsiya, Spetsiya, Augusta) da va neft mahsulotlari eng koʻp ishlatiladigan shaharlar (Milan va b.)da. Sanoatning yetakchi sohasi boʻlgan mashinasozlik tarmoklari: avtomobilsozlik (Turin), kemasozlik (Genuya, Livorno, Neapol, Venetsiya, Triyest), stanoksozlik (Milan, Breshna, Turin), priborsozlik (Ivrea), elektrotexnika (Milan, Varese, Bergamo, Turin, Genuya) va elektron (Milan atrofi) sanoati rivojlangan. Neft kimyosi, plastmassa, maʼdanli oʻgʻit, sunʼiy tola, farmatsevtika va rezina mahsulotlari, sintetik kauchuk i. ch. yuqori darajaga yetgan. Lombardiya va Pyemont — anʼanaviy toʻqimachilik markazlari. Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoklari — un, makaron, pishloq, qand-shakar, kon-serva, zaytun yogʻi, uzum vinosi (yiliga 70 mln. gektolitr) i. ch. dir. Yengil sanoat, xususan, poyabzal i. ch. rivoj topgan. Hunarmandchilikka ayniqsa katta eʼtibor beriladi.
Qishloq xoʻjal i gi ning yetakchi tarmoklari — dehqonchilik (58%) va chorvachilik (42%). Unumdor yerlarning 34,3% (19,6 mln. gektar) haydalib, ekin ekiladi, 11% bogʻ, tokzor va zay-tunzor, 19,2% maysazor va yaylov. Asosiy don ekinlari — bugʻdoy, makka-joʻxori, suli, arpa, sholi. Qand lav-lagi, uzum, zaytun, sitrus mevalar va sabzavot ham yetishtiriladi. Vino i. ch. hajmi jihatidan Italiya dunyoda yetakchi oʻrinlardan birida turadi. Italiya yiliga 6 mln. tonnaga yaqin turli xil hoʻl meva beradi, uning salkam 60% mamlakat shim. dagi ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladi. Jan. viloyatlarda bodom, yongʻoq, fundukzorlar koʻp. Uzum hosili yiliga 10 mln. tonna (uning 90% kayta ishlanib, vino qilinadi), sitrus mevalar xrsili yiliga 3,3 mln. tonna, pomidor hosili 5,5 mln. tonna. Chorvachiliqsa qoramol (8,8 mln. bosh), choʻchqa (9,6 mln. bosh) va qoʻy (12,2 mln. bosh) boqiladi. Mamlakat shim. da sut va goʻsht chorvachiligi ustun. Baliqchilik yaxshi rivojlangan.
Transporti. Yoʻlovchilarning 90% dan koʻprogʻi, yuklarning 80% dan ortigʻi avtomobil transportida tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. —304 ming km, t. y. uz. — 19,6 ming km. Chetga yuboriladigan va chetdan olinadigan yuklarning aksariyati dengiz transporti orqali tashiladi (eksport kjlarining 60—65%, import yuklarining 80-90%). Asosiy dengiz portlari: Genuya, Triyest, Venetsiya, Neapol.
Italiya — xalqaro sayyohlikning eng katta markazlaridan biri (yiliga 50 mln. dan koʻproq sayyoh kelib ketadi).
Tashqi savdosi. Italiya iqtisodiyoti koʻp jihatdan tashqi savdoga bogʻliq. Italiya chetga sanoat mashina-uskunalari, transport vositalari, yozuv va hisob mashinalari, kimyo va q. x. mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzal, neft mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan neft, koʻmir, temir rudasi, qora va rangli metallar, paxta, shuningdek, mashinalar, yogʻoch, qogʻoz, oziq-ovqat keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa iqtisodiy hamja-miyati mamlakatlari, AQSH, Rossiya. Pul birligi — lira.
Tibbiy xizmati. Italiyada davlat davolash muassasalaridan tashqari xususiy shifokorlik ham keng tarqalgan. Shifokorlar un-tlarning 27 tibbiyot ftida tayyorlanadi. Kurortlar, ayniqsa, maʼdanli suv va loy-balchikdar vositasida davolovchi sanatoriy koʻp. Eng mashhurlari: Montekatini-Terme, Fyuji, Salsomajore, Kastellammare-di-Stabiya, AbanoTerme, Kapri.
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. Italiya dagi zamonaviy xalq taʼlimi tizimi 19-a. ning 2-yarmidan tarkib topa boshlagan. 1859-y. da 6—9 yoshdagi bolalarning majburiy taʼlimi toʻgʻrisida qonun (Kazati qonu-ni) qabul qilingan edi. Italiyada 6—14 yoshdagi bolalar uchun majburiy 8 y. lik taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan birga, asosan, diniy tashkilotlar taʼminotidagi xususiy maktablar ham mavjud. Xalq taʼlimi tizimiga quyidagilar kiradi: 3—5 yoshli bolalar uchun majburiy boʻlmagan maktabgacha tarbiya muassasalari, majburiy maktablar (6 — 11 yoshli bolalar uchun 5 y. lik boshlangʻich va 3 y. lik quyi oʻrta maktab), majburiy maktab negi-zida oʻrta umumiy taʼlim va hunar taʼlimi beradigan toʻliqoʻrta umumiy taʼlim maktablitseylari (5 y. taʼlim beradigan mazkur oʻquv yurtini bitirganlar un-tga kirish huquqini oladi), oʻrta ped. oʻquv yurtlari (boshlangʻich maktab muallimlarini tayyorlovchi 4 y. lik oʻqituvchilar in-tlari va maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilarini tayyorlovchi 3 y. lik ped. maktablari), hunar oʻquv yurtlari (malakali ishchilarni tayyorlovchi 3 y. lik hunar in-tlari, oʻrta texnika maʼlumotli xodimlarni tayyorlovchi texnika in-tlari), oʻrta badiiy va musiqa oʻquv yurtlari, oliy oʻquv yurtlari (un-t va oliy maktablar). Italiyada 27 ta un-t, 50 dan ortiq davlat va xususiy oliy maktablari hamda xususiy un-tlar bor. Yirik un-tlari: Bolonya un-ti, Rim unti, Neapol un-ti, Milan, Bari, Genuya va b. shaharlardagi un-tlar. Italiyada 150 yirik kutubxona, jumladan, Rimda 31, Milanda 19, Neapolda 19, Florensiyada 9, Turinda 6 kutubxona bor. 170 dan ortiq muzey va rasm galereyalari mavjud. Eng mashhurlari: Rimdagi Milliy muzey, Julia muzeyi va villasi, Borgeze muzeyi va galereyasi, antik sanʼat galereyasi, zamonaviy sanʼat milliy galereyasi, Florensiyadagi Milliy muzey, arxeologiya muzeyi, rasm galereyasi (jumladan, Uffitsi galereyasi), Messina, Neapol, Palermo, Peruja, Venetsiyadagi muzeylar.
Tadqiqotlar milliy kengashi (1923) atom energiyasi masalalaridan tashqari barcha fan sohalarini boshqaradigan va unga rahbarlik qiladigan asosiy davlat tashkilotidir. Unga i. t. institut va tadqiqot markazlari, lab. lar boʻysunadi. Kengash Italiyaning xalqaro ilmiy aloqalarini amalga oshiradi. Atom energiyasi Milliy komiteti atom energiyasi sohasidagi tadqiqot ishlarini boshqaradi. Italiyada bir necha akademiya, jumladan, Dei Linnei milliy akademiyasi, Milandagi tabiiy fanlar va adabiyot akademiyasi (1803), Palermo, Turin, Rim va b. shaharlarda Tibbiyot FAlari bor. Un-tlar qoshida ilmiy muassasalar ishlaydi. Yadro fizikasi milliy in-ti mamlakatda shu sohada olib boriladigan barcha tadqi-qot ishlarini birlashtiradi. 20 dan ziyod in-tda q. x. fanlari sohasida tad-qiqot olib boriladi. Sogʻliqni saklash vazirligi biol., kimyo, farmakologiya, gigiyena va b. sohalardagi ishlarni na-zorat qilib turadi. Italiyada ayrim xalqaro tadqiqot markazlari — Neapolda Genetika va biofizika in-ti, Triyestda Nazariy fizika markazi, Udineda Mexanika markazi, Isprada Yadro tad-qiqotlari markazi mavjud.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Italiyada bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Eng yiriklari: «Messajero» («Xabarchi», kundalik gaz., 1878-y. dan), «Korryere della sera» («Kechki xabarnoma», kundalik gaz., 1876-y. dan), «Stampa» («Matbuot», kundalik gaz., 1868-y. dan), «Diskussio-ne» («Bahs», haftalik jur., 1953-y. dan), «Mondo operayo» («Ishchi dunyo-si», haftada 2-marta chiqadigan jur., 1948-y. dan), «Panorama» (haftalik jur., 1962-y. dan), «Unita» («Birlik», kundalik gaz., 1924-y. dan), «Repubbli-ka» («Respublika», kundalik gaz., 1976-y. dan). Italiyada 1924-y. dan radioeshittirish, 1954-y. dan telekoʻrsatuvlar olib boriladi. Italiya radioeshittirish va tele-koʻrsatuvlar xizmati — RAI-TV 1924-y. da tashkil etilgan. Ajensiya Natsionale Stampa Assochata (ANSA) axborot agentligi 1945-y. dan, Ajensiya Jornalistika Italia (AJI) axborot agentligi 1950-y. dan beri ishlaydi.
Adabiyotining ilk namunalari oʻrta asrlarda lotin tilida yaratilgan (asosan, liniy qasidalar, afsonalar, voqeiy qissalar toʻqilgan). Italyan adabiyotida antik yunon va rim adabiyoti anʼanalari va sharq madaniyatining taʼsiri kuchli boʻlgan. 12—13-a. larda xalq tilida diniy va dunyoviy adabiyot namunalari («Novellino», «Yetti do-nishmand kitobi» va b.) yaratildi. 13-a. da tashkil topgan «Yoqimli yangi us-lub» falsafiy sheʼriyat maktabi namoyandalari (G. Gvinitselli, G. Kavalkanti, Chino da Pistoya, D. Freskobaldi) chin muhabbatni kuyladilar. Italiya adabiyotining buyuk vakili Dante ijodi shu maktab taʼsirida shakllan-di va rivoj topdi. Uning ijodi italyan adabiyoti va adabiy tilini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Italiyada gumanistik dunyokarash va yangi adabiyot erta vujudga keldi. F. Petrarka, J. Bokkachcho, L. Ariosto va b. adiblar istibdodni, diniy jaholatni fosh etdilar. U rta asrlarda Italiyada komediya janri rivojlandi. Bu janrda B. Bibbiyena, N. Makiavelli, P. Aretino ajoy-ib asarlar yaratishdi.
16-a. boshlarida milliy adabiy til shakllandi, adabiyotda gumanistik dunyoqarash hukmronlik qildi, yangi adabiy janrlar paydo boʻldi. Ammo 16-a. 2-yarmida mamlakatda roʻy bergan umumiy tanazzul taʼsirida reaksiya kuchaydi. Mikelanjelo Buonarroti, J. Bruno, T. Tasso va b. adiblar gumanizm anʼanalarini davom ettirdilar. 17-a. da formalistik oqimlar, barokko uslu-bi qaror topdi. 18-a. da «niqoblar ko-mediyasi»ninghimoyachisi K. Gossi yangi asarlari bilan maydonga chikdi. K. Goldoni milliy realistik komediya janri nazariyasini va oʻnlab ajoyib komediyalarni yaratdi.
18-a. oxiri va 19-a. boshlarida Italiya adabiyotida inqilobiy klassitsizm oqimi ustunlik qildi. V. Alfyeri jangovar tragediyalar («Brut I», «Brut II», «Saul» va h. k.) yaratdi. Napoleon yurishlari davrida vatanparvarlik ruhidagi adabiyot yuzaga keldi (U. Foskoloning roman, tragediyalari). A. Mandzoni romanlari («Ozodlik tantanasi», «Beshinchi may» va b.)da mehnatkash xalq vakillarining mardonavor kura-shi, shoir J. Leopardi asarlari («Italiyaga», «Axloqiy lavhalar» kabi toʻp-lamlar)da Italiya xalqining musibatli qayoti tasvirlandi. 19-a. 30-y. laridan adabiyot milliy ozodlik kurashi goyalarining targʻibotchisi boʻlib xizmat qildi. Budavrda, ayniqsa, tarixiy roman, romantik drama, sheʼriyat keng rivoj topdi.
Italiya milliy mustaqillikka erishgandan soʻng ham adabiyotda milliy ozodlik uchun kurash anʼanalari davom etdi (R. Jovanyolining «Spartak» romani va b.). Verizm (I. naturalizmi) oqimining namoyandalari — J. Kaduchchi, J. Verga, M. Serao, G. Deledda, L. Pi-randello va b. oʻz asarlarida mehnat-kash xalq hayotini haqqoniy aks ettirdilar. 19-a. oxirlarida Italiya adabiyotida tushkunlik ruhidagi neoromantizm, futurizm oqimlari paydo boʻldi. 1-jahon urushidan keyin mamlakatda fa-shistlar diktaturasi oʻrnatilgach, de-mokratik adabiyot va matbuot taqiqlanib, fakat «sof sanʼat» ruhidagi asarlar nashr etildi. 30-y. lar oxiridan Italiya demokratik adabiyoti yana rivojlana boshladi. 2-jahon urushi yillarida Qarshilik koʻrsatish harakati milliy madaniyat va adabiyot rivojiga madad berdi.
Urushdan keyingi yillarda Italiya adabiyotida bir qator yosh shoir va adiblar (I. Kalvino, M. Venturi, J. Vas-sani, D. Pea va b.) paydo boʻldi. Neorealizm yetakchi oqimga aylandi. 60—90 y. larda realistik adabiyot yangi bosk,-ichda rivojlandi. Uning yirik vakillari — V. Pratolini, A. Moravia, I. Kalvino, L. Shashi, M. Venturi, L. Malebra, S. Kvazimodo, E. Montale, D. Fo va b. I. adabiyoti rivojiga sal-mokli hissa qoʻshdilar. K. Goldoni («Ikki boyga bir malay»), K. Gossi («Baxtli gado»), R. Jovanyoli («Spartak»), Sh. Perro («Qizil qalpoqcha»), J. Rodari («Salom bolalar»), Dante, J. Bokkachcho va b. ning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Meʼmorligi. Etrusklar va Qad. Rim meʼmorlik ansambllari va uy-joy binolari Italiyaning eng kad. meʼmoriy obidalaridir (q. Rim). Ilk oʻrta asrlardan Rimdagi bazilika (Santa-Mariya Majore, 5-a., Santa Anessa, 7-a.,) va markazi gumbazli cherkovlar (San-Stefano Rotondo, 5-a.), shuningdek, Ravenna yodgorliklari majmuasi va b. yodgorliklar saklangan. 11 —13-a. larda roman uslubida barpo qilingan binolar vujudga keldi (Milandagi Sant-Ambrojo bazilikasi, 11a., Aressodagi Santa-Mariya della Pyove cherkovi, 12-a. va b.). Ayrim insho-otlarda Vizantiya meʼmorligining taʼsiri seziladi (Venetsiyadagi avliyo Mark sobori, 11-a., Palermodagi sobor). 11 —12-a. larda Pizadagi sobor maydoni majmuasi kad. meʼmorlik anʼanalari uslubida barpo etilgan. Shaharlarning tez surʼatlar bilan rivojlanishi mahobatli diniy-maʼmuriy binolar bilan bir qatorda shahar devorlari, darvoza, minora, turar joy binolari, ratushalar qurishni ham taqozo etdi. 13—14-a. larda gotika rivoj top-di (Milan, Orvyeto, Florensiya soborlari). Katta shaharlar vujudga kela boshlagach, qurilishning yangi tamo-yillari paydo boʻldi (jamoat va mada-niyat binolariga alohida ahamiyat bilan qarala boshladi). B. Mikelanjelo, D. Bramante, J. Vinyola va b. atokli meʼmorlar Rim va Venetsiyada mahrbatli binolar barpo qildilar. Barokko meʼmorlari (16-a.) koʻp shaharlarda badavlat xonadonlar uchun ulkan ansambllar, shaxsiy qoʻrgʻonlarni xiyobonli, kolonnadali va favvorali qilib qurdilar. Binolarning hashamiga, saloba-tiga alohida ahamiyat berildi (L. Ber-nini, F. Borromini). Rimdagi avliyo Pyotr sobori bilan Navon maydoni (16 — 17-a. lar) goʻzal meʼmoriy ansambllardan hisoblanadi. 18-a. dan klassitsizm rivoj topib, bu uslub Milan va Neapol sh. laridagi ansambl va teatr bi-nolarida iz krldirdi. 20-a. da modernizm (Turindagi koʻrgazma zali), neoklassitsizm (Rimdagi sport markazi), 60-y. lardan esa organik meʼmorlik ta-moyillari shakllandi. Zamonaviy maʼ-muriy inshoot va binolar qurishda sathning kengligi va qulayligiga, yangicha yechimlarga alohida ahamiyat berildi (Rimdagi Termini vokzali, sport saroyi, Paduyadagi Italiya banki binosi).
Tasviriy sanʼati. Italiya hududidagi eng qad. yodgorliklar paleolit va neolit davrlariga mansub (Apuliyadagi koya rasmlari, Liguriya va Emiliyadagi ayollar haykalchalari). Jez davrida (mil. av. 2ming yillikning 2-yarmi) badiiy sopol buyumlar yasaldi. Mil. av. 8 — 2-a. lardan etrusklar yodgorliklari maʼlum. Mil. av. 8—6-a. lardan I. Kds. Yunon, mil. av. 5-a. dan mil. 5-a. gacha Kdd. Rim madaniyati va sanʼatini shakllantirish markazlaridan biriga aylandi. Oʻrta asrlarda diniy afsonalar asosidagi asarlar paydo boʻldi. Venetsiya va Sitsiliyada Vizantiya sanʼatiga yaqin mozaika rasmlari yaratildi. 12-a. oxiridan boshlab diniy dastgoh rassomligi va diniy ruxdagi manzarali hay-kaltaroshlik tarqaldi. 13—14-a. larda Florensiya, Piza, Siyena va b. shaharlar sanʼatida realistik tamoyillar rivoj topa boshladi. 15-a. dan Uygʻonish davri realistik sanʼati taraqqiy etdi. Rassomlar tabiatga, insonga koʻproq murojaat qila boshladilar: Rassom va haykaltaroshlar anatomiya va optikani ilmiy asosda oʻrganib, ajoyib sanʼat namunalarini yaratdilar (Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rafael, Jorjone, Titsian va b.). 15—16a. larda moyboʻyoq rassomligi, gravyura, amaliy bezak (mebel, keramika, zargarlik), teatr dekoratsiyasi sanʼati yuksak pogʻonaga koʻ-tarildi. 16-a. oxiri va 18-a. da serhasham va dabdabali barokko uslubi (haykal-tarosh L. Bernini, rassomlardan Pyetro da Kortona, L. Jordano) qaror topdi. 16-a. oxirlarida paydo boʻlgan akademizm (aka-uka Kar-rachchi) va manyerizm (haykaltarosh B. Chellini va rassomlar F. Parmijani-no,. A. Bronzino) sanʼati hukmronlik qildi. 18-a. Venetsiya rassomligida (J. B. Tyepolo, A. Kanaletto, F. Gvardi) hayotiy kuzatishlar kuchliligi bilan koʻzga tashlanadigan mazmundor asarlar yaratildi. 18-a. 2-yarmida klassitsizm (A. Ka-nova) va romantizm (F. Ayes, D. Mo-relli) vujudga keldi, keyinchalik maishiy janr va manzara rassomligi rivojlandi. Haykaltarosh V. Vela, rassomlardan J. Fattori, T. Sinyorini, S. Lega, J. Segantini va b. mehnatkash xalq hayoti, ozodlik uchun kurash mav-zularida ijod qildilar. 2-jahon uru-shidan keyin syurrealizm, abstrakt sanʼat avj olib ketdi. Lekin didsizlik va formalizmning bu ashaddiy na-munalariga qarshi kurashda realistik sanʼat namoyandalarining ijodi ka-mol topdi. Haykaltaroshlardan F. Mes-sini, J. Mansu, rassom R. Guttuzo, G. Mukki, K. Levi, K. Meloni va ularning izdoshlari italyan xalqining real his-tuygʻularini, mehnatini, hayotini ifodalovchi asarlar yaratdilar.
Musiqasi. Italiya — mashhur ashulachilar, opera, zamonaviy nota yozuvi va fortepiano vatani. Uvertyura, simfoniya, kantata va b. musika janrlari Italiyada yara-tilgan. Barkarola, gondolyera, frotol-la, vilanella kabi qoʻshiq turlari, galyarda, sitsiliana, tarantella raqslari folklor asosida paydo boʻlgan. Xalq musiqasining boy manbalari cherkov va Italiya professional musiqasiga zamin boʻlgan. Uygʻonish davrida dunyoviy musiqa rivojlandi. 14-a. da Are Nova maktabi, 15—16-a. larda musika akademiyalari yuzaga keldi. 16—17-a. larda vokal-cholgʻu musiqaning oratoriya, kantata singari yangi turlari paydo boʻldi. Florensiya va Neapolda gomofoniya uslubi taraqqiyoti taʼsirida opera sanʼati shakllandi. Ya. Perining «Dafna» (1594) operasi mazkur janrning ilk namunasidir. K. Monteverdi tarixda birinchi boʻlib ommaviy opera teatrini ochdi (1637). 18-a. da opera va milliy ashula sanʼati keng rivojlandi, belkanto uslubi paydo boʻldi. Florensiya, Bolonya, Neapol teatrlarida J. Pergolezi, A. Salyeri, J. Paiziyello va b. ning rang-barang operalari sahnalashtirildi. 18-a. da buff opera shakllandi, yangi opera teatrlari ochildi. A. Vivaldi, D. Skarlatti, J. Tartini kabi sozanda kompozitorlar konsert, sonata janrlariga asos soldi. N. Paganini oʻzining noyob ijrochilik mahorati va romantik asarlari bilan mashhur. 19-a. opera sanʼati ijtimoiysiyosiy karashlar taʼsirida rivojlandi. J. Rossini, V. Bellini, G. Donitsetti, J. Verdi operalarida xalqning ozodlikka intilishi oʻz ifodasini topdi. 19a. oxirida R. Le-onkovallo, Sh. Puchchini va b. kompozitorlarning operalarida hayotni haq-qoniy ifodalashga yoʻnalgan verizm uslubi yuzaga kelgan. O. Respigi, A. Kazella va b. ning ijodida musiqiy impressionizm hamda neoklassitsizm uslublari rivoj topgan. 2-jahon urushidan soʻng Italiya musiqasida tinchlik, ozodlik uchun, fashizmga karshi kurash mavzulari muhim oʻrin oldi. 50-y. lardan avangardizm taʼsiri kuchaydi. L. Dalla-pikkola, L. Berio, L. Nono asarlarida ichki ziddiyat oxanglari yangraydi, yuksak gʻoyaviy ifoda vositalarining murakkabligi, toʻqimaliligi bilan qoʻshilib ketadi.
Zamonaviy italyan kompozitorlari orasida R. Vlad, J. F. Gedini, I. Montemessi, G. Petrassilar alohida ajralib turadi. Mashhur dirijyorlari: A. Toskanini, P. Arjento, V. De Saba-ta, G. Kantelli, V. Ferrero, K. Sekki, K. Abbado; xonandalari: J. Simonato, R. Skotto, A. Stella, R. Tebaldi, J. Bekki, T. Gobbi, E. Karuzo, M. Del Monako, L. Pavarotti va b. Teatrlaridan «La Skala» (Milan), «San-Karlo» (Neapol), «Feniche» (Venetsiya), Rim operasi va b. jahonga mashhur. 1970-y. lardan Italiya estrada sanʼati namoyandalari jahon miqyosida tanilgan (T. Kutunyo, A. Chelentano, A. va R. Pauer, J. Morandi, R. Kara, Pupo, R. Fogli, F. Papetti va b.). Yangi musika korporatsiyasi (1923-y. dan), Musiqashunoslar jamiyati, 14 ta konservatoriya, koʻpgina musiqa litseylari, maktablari, ilmiy in-tlari (jumladan, Verdi merosini oʻrganish in-ti) bor. Venetsiya, Florensiya, Verona kabi shaharlarda har yili musiqa festivallari oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston teatrlarida Italiya kompo-zitorlari (J. Rossini, J. Verdi, J. Puchchini, R. Leonkavallo, V. Bellini va b.)ning operalari («Sevilya sar-taroshi», «Traviata», «Rigoletto», «Aida», «Otello», «Chiochio-San», «Masxarabozlar», «Luchiya de Lamermur» va b.) muvaffaqiyatli sahnalashtirilgan.
Teatr sanʼatining kurtaklari xalq marosimlari, karnaval bayramlari va oʻyinlariga borib taqaladi. Oʻrta asrlarda katolik cherkoviga manzur boʻlgan liturgik drama, misteriya, lauda janrlari ustun edi. Uygʻonish davrida dunyoviy pyesalar, komik janr rivojlandi. 16—18-a. larda professional teatr vujudga keldi, sahnalarni dekoratsiya b-n bezash tartib-qoidalari ishlab chiqildi. Xalq ijodi taʼsirida «niqoblar komediyasi» rivoj topdi. 18-a. da teatr sanʼatiga maʼrifatparvarlik gʻoyalari singdirildi. K. Goldonining dramaturgiyadagi isloqotchilik faoliyati katta roloʻynadi. 18-a. oxirlarida inqilobiy harakatning avj olishi natijasida jahon dramaturglari ning eng yaxshi asarlari sahnalashtirildi. E. Rossi, T. Salvini, E. Duze, A. Ristori kabi atoqli artistlar yeti-shib chikdi. 19-a. da va 20-a. boshlarida Italiya adabiyotidagi, ayniqsa dramaturgiyadagi oqim va tamoyillar teatrda oʻz ifodasini topdi. Fashistlar diktatu-rasi yillarida Italiya teatri butunlay tush-kunlikka uchradi. Fashizm tor-mor etilgach, demokratik kuchlar taʼsirida Italiya teatri yana jonlandi. L. Viskonti, E. De Filippe, J. Streler, L. Sku-arsina gumanistik ruxdagi asarlarni sahnalashtirdi. Dastlabki doimiy teatr («stabile»)lar vujudga keldi. Rim, Milan, Genuya, Turin teatrlari jahon klassikasi va maxalliy mualliflarning asarlarini koʻrsata boshladi. Kuchma truppalar ham mavjud. V. Gasman, J. Le Lullo, F. Dzefirelli kabi rej. lar, A. Proklamer, G. Mauri, P. Stoppa, V. Marikoni va b. aktyorlar mashhur.
Kinosi. 1895-y. «Milan vokzaliga kelgan poyezd» nomli birinchi xujjatli film (rej. I. Pakkyoni) yaratildi. 1901 i. Florensiya va Rimda dastlabki kinoteatrlar ochildi. Ammo 1904 i. Turinda hujjatli-xronika filmlari studiyasi ochilganidan keyin ha-qiqiy italyan kinematografiyasi vujudga keldi. 1905-y. da F. Alberini bilan D. Santoni Rimda oʻz kinostudiya-sini tashkil etdi (1906-y. dan u «Chi-nes» deb atala boshladi). 1905—06 y. lardan Turin va Milandagi kinofirmalar badiiy filmlar i. ch. ga kirishdi. 1905-y. da «Chines» ommaviy sahnalarga boy boʻlgan birinchi italyan filmi — «Rimning ishgʻol qilinishi», soʻng-ra Italiyaning birlashtirilishiga bagʻishlangan turkumli kartinalarni yaratdi. 1909—10 y. larda «Kitilina», «Makbet», «Anita Garibaldi», «Don Karlos», «Otello», «Beatriche Chenchi» va b. filmlar ekranga chiqarildi. Italiya kinosi 1913-y. da yuksak pogʻonaga koʻtarildi, uning 497 filmi xorijiy kino bozorini toʻldirib yubordi. Bu davrda M. Kazerini, E. Benchivenga, D. Le Liguoro, E. Guassioni, L. Maji, B. Negroni, D. Pastrone kabi rej. lar ijod qildilar. Fashistlar xukmronligi davrida (1922—43) Italiya kino sanʼati natsizmning tashvikrt vositasiga aylandi. Shunga karamay, A. Blazetti va M. Kamerini suratga olgan filmlarda Italiya hayotidagi illatlar fosh qilindi. 2-jahon urushidan soʻng Italiya kino sanʼatida haqiqiy voqelikni aks ettiradigan progressiv yoʻnalishdagi filmlar yaratila boshladi. L. Viskonti, J. D. Santis, P. Jermi, Ch. Dzavet-tini, E. de Filippo va b. I. xalqining fashizmga qarshi kurashini, oddiy insonning hayotini kinotasmalarda real aks ettirdilar («Rim, soat II», «Zaytunlar ostida tinchlik yoʻq», «Chochara» va b.). Keyingi yillarda «Ita-lyancha nikoh», «Italyancha ajralish», «Har kimniki oʻziga…», «Sakko va Van-setti», «Ular Sharqqa boradilar», «Kungaboqar» kabi filmlar yaratildi. Italiya dagi 40 dan ortiq kinofirma yiliga 200 dan ziyod film ishlab chiqaradi. Kinoaktyorlar orasida A. Manyani, J. Mazina, S. Loren, J. Lol-labrijida, K. Kardinale, S. Sandrelli, M. Mastroyanni, J. M. Volonte, F. Nero, A. Sordi, U. Tonyassi, M. Vitti, M. Plachido va b. mashhur. 1970—90 y. lardagi eng yaxshi filmlardan «Peshayvon» (rej. E. Skola), «Gul ki-shining fojiasi» (rej. B. Bertoluchchi), «Ayollar shahri» (rej. F. Fellini), «Uch oga-ini» (rej. F. Rozi) ni koʻrsatish mumkin.
Oʻzbekiston — I. munosabatlari. I. Oʻzbekiston suverenitetini tan olganidan soʻng ikkala mamlakat oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyishga kirishildi. «OʻzR bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisida» 1996-y. Florensiyada imzolangan bitim oʻzaro munosabatlarning huquqiy negizini yaratdi. 1996-y. iyunida va 2000-y. noyab. da OʻzR Prezidenta I. Karimovning Italiyaga, 1997-y. mayda Italiya prezidenta, 1997-y. sent. da I. Bosh vazirining OʻzRga tashriflari yakunida iqtisodiy, madaniy va ilmiy sohalardagi hamkorlik, ikkiyoklama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik, transport sohasidagi hamkorlik, say-yohlikni rivojlantirish, investitsi-yalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himo-yalash toʻgʻrisida muhim bitim va shartnomalar imzolandi. Italiya rahbarlariga hamroh boʻlib kelgan savdo-sanoat do-iralarining namoyandalari Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyati b-n tanishdilar va oʻzbek tadbirkorlari uchun biznes-seminar oʻtkazdilar.
Mazkur tadbirlarning samarasi oʻlaroq ikki mamlakat urtasida oʻzaro mol yetkazib berish 1992-y. gi 19 mln. 461 ming 800 dollardan 2000-y. da 112,8 mln. dollarga yetgan. I. Oʻzbekiston bilan tovar aylanmasi hajmi jihatidan 10-oʻrinda, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida Germaniya va Buyuk Britaniyadan soʻng 3-oʻrinda. Eng muhimi — aksariyat yillarda Oʻzbekiston Italiya bilan savdoda ijobiy saldoga ega boʻlib keldi, yaʼni xarid qilganidan koʻra koʻproq mahsulot sotdi.
Oʻzbekiston Italiyaga paxta tolasi, rangli metallar va ulardan yasalgan buyumlar, ipak, ip gazlama, kalava ip va b. maxsulotlar sotsa, Italiyadan asbob-uskuna, mebel, plastmassa, goʻsht va baliq mahsulotlari, sariyogʻ va oʻsimlik yogʻi, kiyim-kechak va b. larni sotib oladi.
Savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish sohasidagi qoʻshma tadbirlar faol amalga oshirildi. 1994-y. da Italiya Tashqi savdo in-ti va Tashqi savdo uyushmasi rahbar va mutaxassislari OʻzR Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Fargʻona, Namangan viloyatlari rahbarlari bilan amaliy uch-rashuv oʻtkazdilar. 1994-y. iyunda Oʻzbekiston viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimlarining Italiyaga tashriflari chogʻida ular Italiya savdo palatalari va uyushmalari, sanoat korxonalari rahbarlari bilan uchrashdilar. Uchrashuvlarda meva-sabzavot mahsulotini qay-ta ishlash, tabiiy tosh qazib olish va qayta ishlash, toʻqimachilik, oltinni qayta ishlash, zargarlik buyumlari i. ch. sohalaridagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
Oʻzaro hamkorlikka Italiya firma va kompaniyalari gʻoyat qiziqib qaraydi. Chunonchi, Oʻzbekiston va Italiya sayohatchilarini oʻzaro kutib olish, joʻnatish, ularga xizmat koʻrsatish sohasida shar-tnoma tuzilgan. «Oʻzbekiston havo yoʻllari» milliy aviakompaniyasi oʻzaro qatnovni yoʻlga qoʻygan. «Qoraqalpoq-qurilish materiallari» aksiyadorlik birlashmasi «Pedrini» firmasidan marmar taxtachalar ishlab chiqaradigan liniyalar va «Ravelli» firmasidan tabiiy toshdan buyumlar ishlab chiqaradigan texnologiya liniyalari sotib oldi. «Tekint» kompaniyasi b-n «UzDE-UA v t o» oʻrtasida yengil avtomobillar uchun yassi oyna i. ch. zavodini qayta qurish haqida bitim tuzildi.
«Oʻzbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi neft konlarini qidirib topish va ishlatish, turli texnologiya asbob-uskunalarini neft va gaz korxonalariga keltirib oʻrnatish borasida italyan firmalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Jumladan, Shoʻrtan, Koʻkdumaloq korxonalarida noyob italyan asbobuskunalari oʻrnatildi. Shahrisabz, Gʻazalkent konserva z-dlarida «Sasib Fud» firmasining tomat pastasini yangicha qadoklaydigan liniyalari ishga tushirildi. «Oʻzmevasab-zavotuzumsanoatxolding» kompaniyasining «Jefit S. R. L.» konserni bilan im-zolagan bitimiga koʻra, qoʻshma i. ch., tijorat, vositachilik, marketing, lizing ishlari oʻtkazib turiladi.
«Oʻzbekmebel» davlat aksiyadorlik birlashmasi yangi texnologiya va asbob-uskunalar xarid qilish yuzasidan Italiya firmalari bilan yaqin aloqa oʻrnatgan. 1994-y. da «Kosta» firmasidan parket va duradgorlik buyumlari ishlab chiqaruvchi texnologiya liniyasi sotib olindi. 1995-y. da «Nichem», «Fravol» firmalaridan xarid qilingan qurilmalar Oʻzbekistondagi mebel firmalari mahsulotining sifatini oshir-di, mehnat unumdorligini koʻtardi.
OʻzR Qishloq va suv xoʻjaligi, Sogʻliqni saklash vazirliklari, «Oʻzoziqovqatsanoat», «Oʻzeltexsanoat» uyushmalari, «Oʻzfarmsanoat» konserni, «Oʻzbeksavdo» kompaniyasi, «Yogʻmoytamakisanoat» uyushmasi ham italyan firmalari bilan amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.
OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Italiyaning 14 banki bilan vakillik munosabati oʻrnatgan. Mazkur banklar Oʻzbekistondagi koʻpgina kurilishlarga moliyaviy mablagʻ ajratgan.
OʻzRda italyan kapitali ishtirokidagi 49 ta korxona va Italiya kapitali 100% boʻlgan 5 ta korxona roʻyxatga olingan. Bu korxonalar alkogolsiz ichimliklar, vino, upa-elik, trikotaj mahsulotlari, xalq isteʼmol mollari, muzqaymoq i. ch., paxta chiqitlarini qayta ishlash, savdo-sotiq va vositachilik ishlari bilan shugʻullanadi. OʻzR Tashqi iq-tisodiy aloqalar agentligi huzurida 4 ta italyan firmasining vakolatxonalari ham rasmiylashtirilgan.
Oʻzbekiston bilan Italiya oʻrtasida madaniy va maʼrifiy sohalarda ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. 1997-y. mayda Italiya prezi-dentining OʻzRga rasmiy tashrifi vaqtida madaniy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik haqida imzolangan bitim ikkala mamlakat xalqlarining tili va adabiyotini oʻrganishga, oʻquv va i. t. institutlari, olimlar va tadqiqotchilar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga, sanʼat, musiqa, raqs, teatr va kino ustalarining oʻzaro muloqotlariga, arxeologiya hamda badiiy merosni oʻrganish va saqlash sohasidagi koʻmaklashuvga yordam beradi.
1998-y. apr. da Toshkentda boʻlib oʻtgan zamonaviy musiqa 3-festivalida qatnashgan italyan artistlari «Ilhom» teatrida konsertlar berishdi va konservatoriyada namunali dars oʻtkazishdi. Shu yili iyunda A. Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatrida J. Verdining «Rigoletto» operasi Se-bastyano Mariya Salvato tomonidan sahnalashtirildi, noyab. da A. Navoiy nomidagi teatrda oʻtkaziladigan Verdi festivalida qatnashish uchun kelgan italyan xonandasi Nunsii San-todirokko «Rigoletto» operasida Jilda rolini ijro etdi.
I. Tashqi ishlar vazirligi italyan tili va adabiyotini oʻrganuvchi oʻzbek talabalariga oʻquv stipendiyalari ajratgan. Oʻzbekistonlik 7 talaba I. akademiya va konservatoriyalarida taʼlim oldi. Samarkand chet tillar in-ti va Oʻzbekiston jahon tillari untida italyan tilidan dars berish uchun Italiyadan malakali muallimlar kelishdi.
1998-y. 13—27-mayda Toshkentdagi Sanʼat muzeyida, 2—12-iyunda Samarqanddagi chet tillar intida rassom Karlo Karr asarlari koʻrgazmasi, shu yili 25—26 okt. da Buxoroda, 31 okt. da Toshkentda italyan pianinochisi Pomeransning konsertlari boʻlib oʻtdi. 21— 30 okt. da Milandagi Katolik un-t olimlaridan iborat delegatsiya Oʻzbekistonda boʻldi.