HINDISTON (hindcha Bharat) , Hindiston Respublikasi — Jan. Osiyolagi davlat. Hududi shim. dan jan. ga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km ga choʻzilgan. Shim. da Himolay togʻlari, garbda Arabistom dsngizi, sharqda Bengaliya qoʻltigi bilan oʻralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv o. lari, Bengaliya qoʻltigʻidagi Andaman va Nikobar o. lari ham kiradi. Mayd. 3,3 mln. km2. Aholisi 1 mlrd. 49,5 mln. kishi (2002). Poytaxti — Dehsh sh. Maʼmuriy jihatdan 28 shtat (z(a(ye) va 7 ittifoq hudud ((yegp(ogu)ga boʻlinadi.
Davlat tuzumi. Hindiston — federativ respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1950-y. 26 yanv. dan kuchga kirgan; keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligi — – prezident (2002-y. dan A. P. J. Abdul Kalam). U parlamentning ikki palagasi va shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari aʼzolaridan iborat saylovchilar hayʼati tomonidan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident pa ikki palata — Shtatlar kepgashi (Raja sabxa) hamda Xalq palatasi (Log sabxa)dam iborat parlament, ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchili-gidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati. Hindiston qirgʻoqlari kam parchalangan, past, qumli. Asosan, Hindiston ya. o. va Hindgangtekisligida joylashgan; Himolay va Qoraqurum togʻlarining bir qismini oʻz ichiga olali. Hindiston hududining 3/4 qismi tekislik va yassitogʻlik. Hindiston ya. o. ning deyarli hammasini Dekan yassitogʻligi egallagan (sharqqa tomom 900 m dan 300 m gacha pasayib boradi). Hindis-tom ya. o. shimolida allyuvial Hindgang tekisligi joylashgan. Yer sharidagi eng baland togʻ tizmasi — Himolay (H. da balandligi 8126 m, Nangaparbat togʻi) va Qoraqurum togʻlari Hindistonni shim. dan toʻsib turadi. Hindistonda foydali qazilmalardap toshkoʻmir, temir rudasi, titam, oltin, tabiiy gaz, marganes, xromit, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, meft, slyuda, qoʻrgʻo-shin konlari bor. Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shim. da tropik mus-sonli iqlim. Iyun — okt. da issiq va nam, noyab. — fev. da quruq, salqin, mart — mayda juda issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yogʻinning 70—90% yogʻadi. Yillik yogʻin Gʻarbiy Gat va Himolay togʻlarining shamolga roʻpara yom bagʻirlarida 5000 — 6000 mm, Shillong platosida 12000 mm (Yer yuzidagi eng seryogʻin joy), Hindgang tekisligida 100 mm, Hindiston ya. o. ning markaziy qismida 300—500 mm. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi tekisliklarda 15° (shim. da), 27° (jan. da), may oyiniki hamma joyda 28 — 35°, ayrim vaqtlarda 48°. Togʻlarda oʻrtacha t-ra yanv. da — G, —8°, iyulda 18—23°. Asosiy daryolari: Gang, irmogʻi Jamna, Hind (gʻoqori oqimi), Braxma-putra (quyi oqimi), Narmada, Goda-vari, Krishna. Daryolari yozda sersuv (musson yomgʻirlari davrida toshadi), sugʻorishda keng foydalaniladi, ayrimlarida kema qatnaydi. Tuproqlari Hindiston hududining aksari qismida qizil, Dekan yassitogʻligida qora, Hindgang tekisligi va dengiz boʻyi pasttekisliklarida jigarrang tuproq. Himolay togʻlari yom bagʻrida togʻ-jigar rang, sariq, togʻ qoʻngʻir-oʻrmon. podzol, togʻ-oʻtloqi tuproqlar pastdan yuqoriga almashinib boradi. Oʻsimliklardan akatsiya, bambuk, kokos va xurmo palmasi keng tarqalgan. Mamlakatning 25% oʻrmon. Himolay togʻlarinish quyi yon bagʻirlarida terak, yuqorida tik, sandal, himolay kedri, qoraqaragay, oqqaragʻay oʻsadi. Gʻarbiy Gat togʻlari yon bagʻri, Gang va Braxmaputra del-talari, Sharqiy Himolay togʻ oldi doim yashil oʻrmonlardan iborat. Hindistonda oʻsimliklarming 21 ming turi tarqalgan. Unda Yer yuzida mavjud boʻlgan barcha oʻsimlikning yarmidan koʻpini uchratish mumkin.
Hayionot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchi hayvonlarning 350 turi, qushlarning 1600 dan ziyod turi bor. Hindiston hududida fil, maymun, karkidon, sher, qoplon, yoʻlbars, mangusg va b. hayvonlar yashaydi, ilomning deyarli barchaturi mavjud. Mamlakatda 75 milliy bogʻ va 420 dam ortiq qoʻriqxona mavjud. Iirik milliy bogʻlari: kaziranga, Manas, Dachigan, Dadva, «Gullar vodiysi» (UttarPradesh), Sariska va b.
Aholisi. Hindiston — dunyoda eng koʻp millatli mamlakatlardan biri. Hindistonda turli tillarda soʻzlashuvchi bir necha yuz millat, elat va qabila yashaydi. Aholisining 72% hind-yevropa tillarining hindoriy tillari guruhida soʻzlashuvchi xalqlar — hindustoniylar, marathlar, bengallar, bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxonilar, panjobilar tashkil etadi. Kashmirilar dari til guruhiga mansub. Hindiston janubida, asosan, dravid tillarida, shim. va shim.-sharqida tibetbirma tillarida soʻzlashuvchi xalqlar yashaydi. Shahar aholisi 30%. Rasmiy tillar — hind va ingliz tillari. Aholining koʻpchiligi (83%) hinduiylik diniga eʼtiqod qiladi; islom (10%), xristian (2%), sikhizm (2,5%) va b. dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Kalkutta, Bom-bay, Dehli, Chennay, Bangalor, Ahmadobod, Haydarobod, Puna, Kan-pur, Nagpur, Jaypur, Lakhnau.
Tarixi. Arxeologik topilmalar Hindistonda odamlar tosh davridayoq yashaganligidan dalolat beradi. Mil. av. 3-ming yillikning 2-yarmi — 2-ming yillikning 1-yarmida Hind daryosi vodiysida yuksak darajada rivojlangan sha\ar madaniyati vujudga kelgan (q. Xarappi madaniyati). Mil. av. 2-ming yillikning 2-yarmida shim.-gʻarbdan Hindistonga oriylar kirib kslib, avval Pan-job, keyinchalik Gang daryosi nodiysida joylashdilar. Mil. av. 6-a. da shimoliy Hindistonning sharqiy qismida, Gang va Jamna daryolari havzalarida Maga-y\»adavlati boʻlgan. Mil. av. 6—4-a. larda iqtisodiy taraqqiyot qad. hind jamiyatida turmush sharoitlarini ancha oʻzgartirdi. Kullar va yollanma ishchilarning mehnatidan dehqonchilik, hunarmandchilik va konchilik ishlarida foydalanildi. Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi diniy-sektantlik harakatini paydo qildi, oqibatda buddizm va jaynizm dinlari vujudga keldi. Mil. av. 4-a. oʻrtalarida Nandalar sulolasi davrida qariyb butun Hind daryosining vodiysi magadha davlati tasarrufida boʻlgan. magadha davlati ravnaq topgan davrda Hind daresi havzasining bir qis-mini Axomaniilar bosib oldi. Mil. av. 327—325-y. larda Hindistonga Iskandar Maqduniy bostirib kirdi. Magadha davlatining bosqinchilik urushlari Mauriylar imperiyasi davrida ham davom etdi. Podsho Ashoka hukmronligida qariyb butun Hindiston va hoz. Afgʻo-nistonning bir qismi Mauriylarga qarashli edi. Mil. 1-a. da Hindiston shim. ning katta qismi kushonlar qoʻl ostiga oʻtdi (q. Kushon podsholigi). Kushonlar davlati yemirilgach, 4-a. da Hindiston shim. da yana Magadha dalvati ravnaqtopdi. Keyinchalik Guptalar sulolasi davrida shimoliy Hindistonning talaygina qismi — sharqda Bengaliya qoʻltigilan garbda Panjob va Katxiyavar ya. o. gacha boʻlgan hudud Magadha davlati tarkibiga kirdi. Xuddi shu davrda Dekapda Vakata-ka, Pallavlar, Vanga kabi davlatlar mavjud boʻlgan. 2—4-a. larda bu yerda quldorlik tuzumi yemirila boshlagan. 6 — 12-a. larda Hindistonda bir necha davlat mavjud boʻlgan. 7-a. ning 1-yarmida mahalliy podsholardan biri Harsha Hindiston shim. dagi bir necha davlatlarni zabt etib, Harsha imperiyasiga asos soldi. Bu imperiya 30 y. hukm surdi. 8-a. boshlarida arablar Sindni bosib oldilar. 11-a. boshlarida Mahmud Gʻaznaviy H. shim. ga bir necha marta hujum qilib, Panjobning bir qismini oʻz davlati tarkibiga qoʻshib olgan. 12-a. oxiri — 13-a. boshlarida Hindiston shim. ni Gʻuriylar davlati hukmdori Muhammad Gʻuriy zabt etdi. Uning oʻlimidan soʻng Gʻuriy noiblaridan biri Qutbiddin OyboqDe^li sultonligiga asos soldi. 14—15-a. larda hind rojalarining hokimiyati saqlangan Rajputana (q. Rojasthon) dan tashqari H. shim. da mustaqil Jaunpur, Bengaliya, Gujarot, Malva hamda Dekanning shim. da Baxmoniy sul-tonligi paydo boʻldi. Afgʻonlarning Loʻdiylar sulolasi hukmronligi davri (1451 — 1526)da Gang daryosi vodiysining talaygina qismi sultonlikka qoʻshib olindi. 15-a. oxirida Hindistonga dastlabki yev-ropalik mustamlakachilar — portugallar kirib keldi va 16-a. ning 1-yarmida ular dengiz sohiliga joylashib oldilar. 1526-y. apr. da Zahiriddin Muhammad Bobur panipatdagi jangda Ibrohim Loʻdiyni yengib, Dehli sultonligini egalladi va Hindistonda Boburiylar davlatiga asos soldi (bu davlat 1858-y. gacha mavjud boʻldi). 17-a. boshlarida Hindistonga Angliya va Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyalari suqilib kirdi va portugallarni Hindiston bilan olib borayotgan dengiz savdosidan mahrum qilib, mamlakatda qator faktoriya (savdo-sotiq punktlari) ocha boshladi. 1664-y. fran-suzlarning Ost-Indiya kompaniyasi ham tashkil etildi. Boburiylar oʻrtasidagi oʻzaro ichki kurash ingliz va fransuzlarning Ost-Indiya kompaniyalariga Hindistonda harbiy ekspansiya uyushtirish imkonini berdi. Hindistonda ustunlikka erishish uchun bu ikki kompaniya oʻrtasida Jaiubiy Hindistonda boʻlib oʻtgan janglar (1756—63) natijasida Angliyaning OstIndiya kompaniyasi gʻolib chiqib, Bengaliyani zabt etdi, Karnatik va Aud xonliklarini oʻz vassallariga aylantirdi. 1803-y. Dehli bosib olingach, boburiy podsholar inglizlar Ost-Indiya kompaniyasiga mutlaq qaram boʻlib qoldi. 1833-y. Ost-Indiya kompaniyasi savdotashkiloti sifatida gugatilib, unga Hindistonni mustamlakachilik asosida boshqarish vazifasi yuk-latildi. Hindiston sskin-asta Buyuk Britani-yaga q. x. xom ashyosi yetkazib beradigan bazaga aylanib qoldi. 19-a. oʻrtalarida mustamlakachilarga qarshi xalq qoʻzgʻo-lonlari boʻlib oʻtdi. 1857— 59 y. larda boʻlib oʻtgan mashhur sipohiylar qoʻzgʻo-loni (q. Hindiston xalq qoʻzgʻoloni) H. ning keyingi taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. 1858-y. Ost-Indiya kompani-yasi tugatilib, Hindistonni bevosita Buyuk Britaniya idora qila boshladi. 19-a. ning 80-y. laridan mamlakatda xalqning norozilik namoyishlari, mitinglar, ish tashlashlar avj oldi. 1885-y. qator millii tashkilotlar birlashib, Hindiston milliy kongressi (HMK)ga uyushdi. 20-a. boshlari unda B. Tilak boshchili-gida soʻl demokratik oqim shakllandi. 1905-08 y. larda milliy ozodlik harakati yanada avj oldi. Ayniqsa, 1908-y. gi Bombay ish tashlashi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Buyuk Britaniya hukumati milliy ozodlik harakatini diniy jamoa belgilari boʻyicha boʻlib tashlashga harakat qildi va 1906-y. Musulmonlar ligasi partiyasining paydo boʻlishiga koʻmaklashdi. Unga qarshi hindularning Hindu maxasabxa (hindularning buyuk ittifoqi) siyosiy tashkiloti tuzildi. 1-jahon urushi davri (1914 — 18)da Hindiston metropoliya tomonida urushda qatnashdi. 1918-y. dan mustamlakachilikka qarshi kurash yanada avj oldi. Bu davrda HMK rahbarlaridan biri boʻlgan M. K. Gandi mustamlakachilarga qarshi kurashning satʼyagraxa (kuch ishlatmasdan qarshilik koʻrsatish) shaklini targʻib qildi. Gandi taʼlimoti — gandizm HMK partiyasining rasmiy mafkurasiga aylandi. Ingliz mustamlakachilarining Amritsar qirgʻini (1919-y. apr.)dan soʻng dek. da HMK itoat qilmaslik kampaniyasini avj oldirdi. 1918—22 y. larda ishchilar harakati kuchaydi. 1920-y. Bugun Hin-distop kasaba uyushmalari kongressi tashkil etildi. 1923—27 y. larda milliy ozodlik harakati vaqgincha susaydi. 1927-y. Neru va S. Ch. Bos rahbarlik qildilar. 1929—30 y. lardagi jahon iqtisodiy boʻhroni antiimperi-alistik harakatni yangi bosqichga koʻtardi. 1930-y. HMK M. Gandi rah-barligida yana boʻysunmaslik kam-paniyasini boshlab yubordi. 1931-y. martda HMK rah-barlari mustamla-kachi hukmron doi-ralar bilan muzokara boshladi. Har ikki tomon kelisha olmagach, boʻysun-maslik kampaniyasi davom ettirildi (1934-y. gacha). 1935-y. Angliya parla-menti Hindistonni boshqarish toʻgʻrisida hujjat (qonun) qabul qildi. Bunga koʻra, viloyatlarning muxtor huquqlari bir oz kengaytirildi, ularda mahalliy hukumat tuzildi, lekin hokimiyat ilgarigidek ingliz mustamlakachilari qoʻlida qolaverdi. Mamlakatda bu reaksion hujjatga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtdi. 1936-y. HMK imperialistik kuchlarga qarshi yagona front tuzish vazifasini ilgari surdi. 2-jahon urushi (1939—45) davrida Hindiston antifashistik koalitsiya tomonida boʻldi. Urush soʻnggida Hindiston bilan Angliya imperializmi oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar keskin kuchaydi. 1946-y. boshida armiya, flot va aviatsiyada inglizlarga qarshi ommaviy chiqishlar boʻlib oʻtdi. 1946-y. 18—23 fev. da Bombaydagi harbiy dengizchilar qoʻzgʻoloni inqilobiy harakatning yuqori choʻqqisi boʻldi. Angliya huku-mati milliy harakat rahbarlari bilan muzokara boshlab, 1946-y. bahorda Hindistonga dominion maqomini berishga qaror qilganligini eʼlon qildi. 1946-y. avg. da J. Neru boshchiligida muvaqqat huku-mat tuzildi. Milliy ozodlik haraka-tining avj olib ketishi natijasida ingliz mustamlakachilari Hindistondan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1947-y. 15 avg. da Hindiston hududida ikki mustaqil davlat — H. (asosan, hindulardan iborat) va Pokiston (asosan, musulmonlardan iborat) dominionlari vujudga keldi. Hindistonning birinchi bosh vaziri HMK yetakchisi J. Neru boʻldi. 1950-y. 26 yanv. da Hindiston suveren respublika deb eʼlon qilindi. Mamla-katda agrar islohotlar oʻtkazila boshlandi. Sanoatda davlat sektorini yaratish va uni rivojlantirish, q. x. da zamindorlik yer egaligini tugatish yoʻllari bel-gilandi. 1964-y. mayda J. Neru vafotidan soʻng 1965-y. kuzda Hindiston — Pokiston mojarosi yuz berdi. 1966-y. Toshkent uchrashuvisya imzolangan Toshkent deklaratsiyasi ikki mamlakat oʻrtasidagi nizolarni hal qilinishiga asos boʻldi. 1966-y. yanv. da L. B. Shastri vafotidan soʻng J. Neruning qizi — I. Gandi H. Bosh vaziri boʻldi. 1977-y. martda parlamentga oʻtkazilgan saylovda Janata parti (partiyasi) gʻolib chiqdi. Bu HMKning keyingi 30 y. (1947 — 77) mobaynidagi birinchi yirik magʻ-lubiyati edi. Janata parti yetakchisi M. Desai H. Respublikasining toʻrtinchi Bosh vaziri boʻldi. 1977-y. martdagi magʻlubiyatdan keyin HMK partiyasi inqiroz davrini boshidan kechirdi. Partiyaning bir qancha koʻzga koʻringan rahbarlari Janata partiga oʻtib ketdi. 1978-y. yanv. da sobiq Bosh vazir I. Gandi va uning bir qancha tarafdorlari HMK dan chiqib, yangi partiya — (HMKI)ni tuzdilar. 1980-89, 1991-96 y. lar va 2004-y. dan HMK [1978-y. dan HMK (I)] hokimiyat tepasida. H – 1945-y. dan BMT aʼzosi. 1991-y. 26 dek. da UzR suverenitetini tan olgan va 1992-y. 18-martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 26 yanv. — Respublika kuni (1950) va 15 avg. — Mustaqillik kuni (1947).
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyush-malari. Hindiston milliy kongressi (I) partiyasi, HMK (1885-y. 28 dek. da tashkil etilgan)dagi boʻlinishdan keyin 1978-y. yanv. da tuzilgan; Bxaratiya janata parti, Janata parti (1977-y. tuzilgan) ning boʻlinishi natijasida 1980-y. apr. da tashkil etilgan; Janata dal partiyasi, 1988-y. 11 okt. da tuzilgan; H. Kommunistik partiyasi, 1925-y. 26 dek. da asos solingan; H. Kommunistik partiyasi (marksistik), 1964-y. noyab. da tuzilgan. Umumhindiston kasaba uyushmalari kongressi, 1920-y. tuzilgan; H. kasaba uyushmalari milliy kongressi, 1947-y. asos solingan; Hind kasaba uyushmalari markazi, 1970-y. tashkil etilgan.
Xoʻjaligi. Hindiston — agrar-industrial mamlakat. Sanoat i. ch., jalb qilinayotgan xorij sarmoyasi hajmi jihatidan dunyodagi rivojlangan oʻnta davlat qatoriga kiradi. Yalpi ichki mahsulotda q. x., oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash 25%, sanoat 30%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 45% ni tashkil etadi. Iqtisodiyoti koʻp ukladli. Yalpi milliy mahsulotining 28% ni tashkil etuvchi davlat sektori harbiy sanoat tarmoqlari, atom energetikasi, transport va aloqada yetakchi oʻrin egallaydi.
Qishloq xoʻjaligida mayda dehqon xoʻjaliklari ustunlik qiladi. Mamlakatda 8 mln. dan ortiq fermer xoʻjaligi bor. Ishlanadigan yerlar (165 mln. gektar) mamlakat hududining 2/3 qismini tashkil etadi; shundan 141 mln. gektari faqat ekinzor (35 mln. gektaridan yiliga ikki marta hosil olinadi). Q. x. maydonining 20% sugʻoriladi. Mamlakatda aholi soni koʻp boʻlishiga qaramay, uning q. x. mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondirilibgina qolmay, koʻp qismini eksport ham qiladi. Q. x. dehqonchilikka ixtisoslashgan. Asosiy ekinlari — sholi, bugʻdoy, tariq, duk-kakli don ekinlari va moyli oʻsimliklar. H. shakarqamish, yer yongʻoq, choy, jut, kanakunjut, paxta yetishtirish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Shuningdek, kauchuk, kofe, makkajoʻxori, tamaki, qalam-pir, ziravorlar (murch, kardamon, mushk, dolchin va h. k.) yetishtiriladi. Xda kokos palmasi, banan, sit-rus va b. mevali daraxtlar ham oʻsti-riladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, yilqi, tuya, par-randa boqiladi. Pillachilik rivojlangan. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. Oʻrmon xoʻjaligida qimmat-baho yogʻoch tayyorlanadi.
Sanoatida marganes, slyuda (du-nyoda oldingi oʻrinlardan birida), toshkoʻmir, titan, temir rudasi, ol-tin, tabiiy gaz, xromit^ neft, bok-sit va b. qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 380 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (uning 4/5 qismi issiqlik elektr st-yalarida, 1/7 qismi GESlarda); AESlar ham bor. Yetakchi sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik (aso-san, jut va ip-gazlama), oziq-ovqat (qand-shakar, tamaki), teri-poyabzal sanoati. Neftni qayta ishlash, se-ment, qogʻoz, shisha-oyna i. ch. korxonalari mavjud. Qora va rangli metal-lurgiya, kimyo sanoati, mashinasozlik rivojlangan. Dunyodagi axborot texnologiyalari yoʻnalishidagi korxonalarning yarmidan koʻpi Hindistonda joylashgan. Yadroviy texnologiyalar va koinotni zabt etish boʻyicha yetakchi oʻrinda. Hindistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarining 40% ga yaqinini mayda va hunarmandchilik korxonalari beradi.
Transportida t. y. transporti muhim rol oʻynaydi. T. y. lar uzunligi 75 ming km (15% elektrlashtirilgan). Avtomobil yoʻllari uz. 3 mln. km dan ortiq. 1984-y. Kalkutta sh. da met-ropoliten ishga tushgan. Mamlakatda kemalar qatnaydigan daryo yoʻllari soni 14 ta. Mamlakat tashqi savdo aylanmasining 90% dengiz yoʻllari orqali amalga oshiriladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 10366 ming t ded-veyt. Yirik dengiz portlari: Bombay, Kalkutta, Kochin, Vishakhapatnam, Chennay. H. ning koʻp shaharlari jahondagi yirik shaharlar bilan havo yoʻllari orqali bogʻlangan. Asosiy aeropor-tlari Bombay, Dehli, Kalkutta, Bangalor, Chennay, Bxubaneshvar, maduray sh. larida joylashgan. Mamlakat ichkarisida xizmat qiladigan 90 ta aeroport mavjud.
Tashqi savdosi . H. chetga mashina va jihozlar, kiyim-kechak, teri va undan tayyorlangan buyumlar, kimyoviy tovarlar, ip-gazlama matolar, jutdan tayyorlangan buyumlar, temir rudasi, choy, kofe, ziravorlar, kon-serva, baliq va baliq mahsulotlari, brilliant, qimmatbaho toshlar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, i. ch. vositalari, isteʼmol mollari va b. oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, BAA, Belgiya, Italiya, Rossiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni va b. davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Hindiston rupiyasi.
Tibbiy xizmati. Mamlakatda sogʻliqni saqlash amaliyotida xalq tabobati ham keng qoʻllaniladi. Tibbiyot xodimlari 100 dan ortiq tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida, 16 tish vrachlari kollejlarida va 12 boshqa tibbiyot bilim yurtlarida, oʻrta tibbiyot xodimlari 480 tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Mamlakatda koʻplab tibbiyot markazlari, zamonaviy shifoxona va ambulatoriya tarmoqlari mavjud. Asosiy kurort maskanlari: Gujarot shtatidagi Titxal, Ubxrat, Diu, Daman, Maharashtra shtatidagi Madha, Marv, Karnatakadagi Ullal, Udili, Mangamuru va b.
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. Hindiston mustaqillikka erishgan naytda mamlakat aholisining 96% savodsiz boʻlgan. 1949-y. da qabul qilingan konstitutsiya boʻyicha 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepud majburiy talim joriy etildi. 2005-y. da savodxonlik darajasi 52% ga yetdi. Mamlakatda katta yoshdagi aholi oʻrtasida savodsizlikni tugatish maqsadida maxsus maktablar ochilgan boʻlib, ularda 120 mln. kishi shugʻullanadi. Hindistonda xalq taʼdimi tizimi maktabgacha taʼlim muassasalari, boshlangʻich va kichik asosiy maktab, toʻliqsiz oʻrta va toʻliq oʻrta maktabdan iborat. Mala-kali ishchilar hunar bilim yurtlarida tayyorlanadi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish muddati 5—6 y. va oʻqish pulli. Davlat oʻquv yurtlari bilan birga xusu-siy oʻquv yurtlari ham mavjud. mamlakatda 219 un-t va in-t hamda 7 mingdan ziyod kollej bor. Yirik va qad. oliy oʻquv yurtlari: Bombay un-ti, Kal-kutta un-ti, Chennay un-ti va b. asosiy kutubxonalari: Kalkuttadagi milliy kutubxona (1902-y. tashkil etilgan), Dehlidagi ommaviy kutubxona (1951), Chennaydagi ommaviy markaziy kutubxona (1896) va b. Mamla-katda 460 dan ortiq muzey faoliyat yuritadi. Yiriklari: Chennaydagi davlat muzeyi (1851-y. tashkil etilgan), Dehlidagi hoz. zamon sanʼati milliy galereyasi (1954), Yangi Dehli (Nyu-Deli)dagi Milliy muzey, Varanasi sh. dagi Sanʼat muzeyi, Kalkuttadagi Hindiston muzeyi (1814), Birla Texnologiya muzeyi, Bombaydagi Gʻarbiy Hindiston muzeyi, Dehlidagi J. Neru (1964), M. Gandi (1948) memorial muzeylari.
Hindistonda ilmiy tadqiqotlar un-t va maxsus markazlar-da, ilmiy jamiyat va assotsiatsiyalarda, fanlar aka-demiyalarida olib boriladi. Hindiston milliy fanlar akademiyasi eng yirik ilmiy muassasa hisoblanadi. I. t. larga Ilmiy va sanoat tadqiqotlari ksngashi, Atom energiyasi boʻyicha komissiya, Q. x. tad-qiqotlari boʻyicha Hindiston kengashi, Tibbiyot tadqiqotlari boʻyicha Hindiston kenga-shi, Un-tlarni mablagʻ bilan taʼminlash komissiyasi, Mudofaa tadqiqotlari tashkiloti rahbarlik qiladi. Hindiston ilmiy kongressi assotsi-atsiyasi Hindistonning eng ommaviy ilmiy jamiyatidir. Hindistonda 130 maxsus i. t. muassasasi, 700 dan ortiq ixtisoslashgan laboratoriya i. t. lar olib boradi. Mamlakatda i. t. bilan 2,5 mln. kishi shugʻullanadi.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Hindistonda 84 tilda umumiy adadi 51 mln. nusxadan iborat 19 ming gaz., 35 mln. nusxadan iborat 18 ming jur. nashr etiladi. Yiriklari: «Indian ekspress» («Hind eksprsssi», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1932-y. dan), «Xindustan tayms» («Hindiston vaqti», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1923-y. dan), «Tayms of In-dia» («Hindiston vaqti», ingliz tilidagi kundalik gaz, 1838-y. dan), «Steytsmen» («Davlat arbobi», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1875-y. dan), «Neshnl gerald» («Milliy xabarchi», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1938-y. dan), «Nav bharat tayms» («Yangi Hindiston vaqti», hind tilidagi kundalik gaz., 1947-y. dan), «Naya patx» («Yangi yoʻl», oylik adabiy-badiiy va ijtimoiy-siyosiy jur., 1954-y. dan), «Forin affers riports» («Xalqaro munosabatlar xabarchisi», ingliz tilidagi oylik jur., 1952-y. dan), «Hayot» (urdu tilidagi haftanoma, 1963-y. dan), «Hin-du» (ingliz tilidagi kundalik gaz., 1878-y. dan), «Hindustan» (hind tilidagi kundalik gaz., 1933-y. dan), «Blits» («Chaqmoq», ingliz, urdu, hind, marathiy tillaridagi haftalik jur., 1941-y. dan). Press Trast of Indiya, Hindiston dagi eng yirik axborot agentligi (PTI), 1947-y. tashkil etilgan; Yunayted Nyus of Indiya (YUNI), H. matbuot axborot agentligi, 1961-y. tuzilgan. Umumhindiston radiosi 1936-y. dan, Umumhin-diston televideniyesi 1976-y. dan ishlaydi. Radioeshittirishlar 1927-y. dan, telekoʻrsatuvlar 1959-y. dan boshlangan.
Adabiyoti. Hind adabiyotining 3 ming yildan koʻproq anʼanasi vedalar — sanskrit tilidagi diniy gimnlardan boshlanadi. Mil. av. 10—4-a. larda xalq ogʻzaki ijodida yirik epik dos-tonlar — «Mahabharata» va «Ramaya-na» shakllandi. Qad. hind adabiyoti yodgorliklari — puranlar muqaddas matnlari bu dostonlar matnlariga yaqin. Qad. hind ertaklari toʻplamlaridan «Panchatantra», «Xitopadesha», «Vetalapanchavinshati», «Shuksaptati» mashhur. Mualliflik adabiyoti mil. 1-a. boshlarida paydo boʻldi. Sanskritadabiyotining buyuk shoiri va dramaturgi Kalidasatr. Bxasa (3—4-a.) va Shudraka (5—6-a.) ham mashhur dramaturg boʻlishgan. Sanskrit adabiyotida Bxo-vabxugi (8-a.) ham sezilarli iz qoldirdi. Dandin (7-a.)ning «Oʻn shahzoda sar-guzashti» romani sanskrit badiiy nasrining choʻqqisi hisoblanadi. Mil. ning dastlabki asrlaridan dravid tillari (q. Dravidlar)da, jumladan, tamil tshshtgi adabiyot (q. Tamil adabiyoti) rivojlandi. Taxm. 7-a. dan oʻrta asrlar adabiyotining tarixi boshlanadi. Sanskrit va tamil tilidagi adabiyot bilan bir qatorda boshqa tillarda ham adabiyot vujudga keldi. Yangi hind adabiyoti dravid va yangi hind-oriya tillarida 1-ming yillik oxiridan rivojlana boshladi. Keyinroq esa kashmir va sindh adabiyoti, shuningdek pushtu tilidagi adabiyot shakllana boshladi. Musulmon davlatlarining paydo boʻlishi va islom dinining keng tarqalishi natijasida Hindistonning fors tilidagi adabiyoti yuzaga keldi (Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil va b.). Shoirlardan Vali (17 — 18-a.), Mir Toqiy, Mirzo Gʻolib va b. urdu sheʼriyatining eng yaxshi namunalarini yaratdilar. 19-a. ning 2-yarmida milliy ozodlik hara-katining rivojlanishi natijasida adabiyotda \ind maʼrifatparvarlik davri boshlandi. Bu davr adabiyotida Dinobondxu Mittro, Premchand Mit-tro, Bonkimchondro Choddopaddqay va Bengaliyaning boshqa yozuvchilari samarali ijod qildilar. Ayni vaqtda ingliz tilida ijod qilgan dastlabki shoirlar (G. L. V. Derozio, K. G\ osh, T. Datt)ning sheʼrlarida ingliz romantizmining taʼsiri seziladi. 20-a. ning 20-y. larida mustaqillik uchun kurash \ind adabiyotining markaziy mavzusi boʻlib qoldi. Bu davrning buyuk yozuvchisi bengaliyalik R. Tagor boʻldi. Fors va urdu tillarida ijod qilgai shoir M. Iqbol oʻz asarlarida yuksak badiiylikka erishdi. 1930-y. larning oʻrtalarida taraqqiypar-nar yozuvchilarning \arakati vujudga keldi. 20-a. ning 30-y. larida Hindistonda ingliz tilidagi nasr paydo boʻldi (M. R. Anand, N. K. Narayan, X. Chattopa-dxaya va b.). 1936-y. Iremchand, M. R. Anand va Sajjod Zohirlar tashabbusi bilan Hindistop taraqqiyparvar yozuvchilar assoniatsiyasi tuzildi. Gan-dizm adabiyotga chuqur taʼsir koʻrsatdi. Inqilobiy romaitik oqim shakllana boshladi (Joʻsh Malihobodiy). Sheʼriyat shakllari yangilandi, nasr tez rivojlana boshladi. Ayni vaqtda deka-dentlik oqimlari \am paydo boʻldi (I. Joʻshi, M. Varma). Hindistonning mustaqillikka erishishi (1947) ilgʻor adabiyo-tning rivojlanishiga yordam berdi. Mustamlakachilik qoldiqlarini yoʻqo-tish uchun kurash va iqtisodiyotning yuksalishi ilgari qoloq boʻlgan bir qator adabiyotlarning rivojlanishiga qamda yangi adabiyotlarning shakllanishiga imkoniyat tugʻdirdi. Hindistonning milliy tillaridagi adabiyotlar bilan bir qatorda ingliz tilidagi adabiyot \am rivojlangan. 1940—60 y. larda Hindistonda \ ind progressiv adabiyot namo-yandalari A. S. Jafri, S. K. Chouxan, Xoʻja Ahmad Abbos, Yashpal, A. N. Kas-mi, A. Nagar va b. oʻz asarlarida mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy muam-molarni koʻtarib chiqib, jamiyatdagi eng lolzarb masalalarni \al etishga daʼvat etdilar. Milliy adabiyot vakillaridan B. Bxattachoriya, M. R. Anand, M. Bondopaddxay, T. Bondopaddxay, G. Singx, R. V. Desai, R. Krishnamur-ti, R. A. Maxadevan, Vshʼchatxol va b. oʻz asarlarida mamlakatda iqtisodiy istiqlolga erishish, qashshoqlikni bar-taraf etish, savodsizlikni tugatish, xalqning maʼnaviy darajasini oshirish kabi muammolarni koʻtarib chiq-dilar. Progressiv yozuvchilar Sh. Chou-xan, X. Dvidedining gʻoyaviy estetik qarashlari mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy \odisa va jarayonlar bilan cham-barchas bogʻlangan. Yozuvchi I. Joʻshi \ind adabiyotida «psixologik adabiyot» vakili sifatida namoyon boʻldi. Yozuvchi va dramaturg V. Prabxakara oʻz asarlarida mustaqil Hindistonning ijtimoiy muammolarini \aqqoniy tarzda tasvirladi. 1980—90-y. larda M. Rakesh, Kamleshvar, B. Saxni, J. Kumar, Dug-gal, A. Pritam, K. Azmi, Saksena, Vimal va b. adiblar samarali ijod qildilar (yana q. Xsh«) adabiyoti).
Meʼmorligi. Hindistonda mil. av. 3—1ming yilliklar-dayoq mudofaa, xoʻjalik va turar joy binolari, bogʻ va suv \avzalari boʻlgan yirik sha\arlar (Sang\ ol, Lot\al, Mathura, Pataliputra) qurilgan. Mil. av. 4—2-a. larda ulkan qalʼa, saroylar (Patali-putradagi podsho Ashoka saroyi), diniy ashyolarga moʻljallangan inshoot — stupalar, memorial ustun (stambxa)lar, gʻor ibodatxonalari (Karlida, mil. av. 1-a. ; Ajantat, mil. av. 2-a. — mil. 7-a.) va monastirlar, ehromlar yaratilgan. Milod boshlarida budda ibodatxonalarining yangi turlari (Sangida yer ustiga qurilgan toʻrt kolonnali peshay-vondan iborat kub shaklidagi ibodatxona, 5-a. ; Ellorda yaxlit qoyatoshni oʻyib ishlangan ibodatxona, 8-a.) paydo boʻldi. 6—7-a. larda ibodatxonalarning silliq minora shaklidagi shim. (Madya-Pradesh shtatida joylashgan Kxajuraxo ibodatxonalar majmuasidagi Kandarya Maxadeo va Bxubaneshvar sh. dagi Mukteshvara ibodatxonalari) va zinasimon minora shaklidagi jan. (Ma-xabalipuramdagi Dxarmarajaratxa ibo-datxonasi) turlari shakllandi. Shu davrda Banoras sh. da \indular ibodatxonalari qurildi; shaqarda 1500 ga yaqin ibodatxona bor. 13-a. dan Dexli sultonligi davrida yirik saroy ansambllari, masjid, gumbazsimon maqbara, minoralar (Dexdidagi Qutb Minor deb atalgan minorali Quvvatul-Islom masjidi, 1 193-y. dan qurila boshlangan) \ amda musta\kam qalʼa devorlari bilan oʻralgan shaqarlar (Siri, Jaqonpa-no\, Tugʻlaqobod, Feruzobod; \ammasi 14-a. da \oz. Deqli xududida) qurildi. Boburiylar davlati tashkil boʻlgach, Hindiston meʼmorligi yuksak choʻqqilarga erishdi: sha\ar va qalʼa qurilishi sanʼatining ajoyib namunalari yaratildi (Agra, Ajmer, Ollo\ oboddagi qalʼalar, «Fate\pur-Sekri» sha\ar-qalʼasi, 1569—84), qubbasimon maqbaralar (De\lidagi Xumoyun maqbarasi, 1565; Agra sh. yaqinidagi Tojmahal) qurildi.
Qurilishda marmar eng koʻp ishlatiladigan qurilish materialiga ailandi. Ayni paytda Hindistonning ayrim hududlarida meʼmorlikda mahalliy kolorit saqlanib qoldi (Asarvdagi Dadagarir buloq pavilyoni, 16-a. da., Datiyadagi Bir Singx Deo saroyi, 17-a. boshi). 16-a. da yaratilgan Haydaroboddagi Chor Minor Zafar arki, uning yaqinidagi Makka masjidi, Ahmadoboddagi chayqalib turadigan minoralar ulkan tarixiy obidalardir. 17-a. da «Marvarid» nomi bilan atalgan masjid, Jahongirshohning marmardan qurilgan maqbarasi, Dehlidagi Rang Mahal saroyi, durlar bilan bezatilgan masjid, sikhlarning Amritsardagi sajdagohi — Oltin ibo-datxona bunyod etildi. Baromi (Roja-sthon), Kanarak (Orissa), Kajuraxo (Madhya-Pradesh) dagi ibodatxonalar hind meʼmorligining bebaho yodgorliklariga aylandi. 19-a. da eski shaharlar (Kalkutta, Madras, Bombay) rivojlandi va Yevropa meʼmorligi uslubidagi inshootlar bunyod etildi. Mustaqillikka erishgach, mamlakatni industrlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan qurilishlar avj oldi. Yangi shaharlar qurildi (Chandigarx, 1951—56, Le Korbyuzye boshchiligidagi meʼmorlar guruhi; Bxilai, 1963-y. dan qurila boshlangan, hind meʼmorlari guruhi). Zamonaviy binolardan yiriklari: Kalkuttadagi bank (1969, meʼmor A. Gupta), M. Gandi muzeyi (1960—63, meʼmor Ch. Korrea), Kanpur sh. dagi Texnologiya in-ti (1963, meʼmor A. Kanvinde), Bombaydagi «Tojmahal» mehmonxonasi (1975).
Tasviriy sanʼati. Hindiston janubida tosh davriga oid gʻorlardagi rasmlar, qiz-dirilgan loydan tayyorlangan buyumlar, zargarlik bezaklari saqlangan. Mohenjodaro, Xarappa va Hind daryosi havzasining markazlarida mil. av. 3—2-ming yillikda ilk sinfiy jamiyat sanʼati rivojlandi (hayvon va mifologik obrazlar tasvirlangan boʻrtma muhrtumorlar, haykalcha va b.). Mil. av. 4—2a. larda toshdan yodgorliklar tayyorlandi (Didarganjadan topilgan maʼbudalar haykali, Sarnatxadan topilgan «Sherali kaptel»). Mil. 1 — 5-a. larda Kushon podsholigi davrida Gandxara badiiy maktabiga mansub buddaviy haykallar yasash rivojlandi. 5—7-a. larda devoriy rassomlik gul-lab yashnadi (Ajantadat gʻor ibodatxonalar). 10 — 12-a. larda bronza haykal-taroshligi keng tarqaldi [raqs tushayo-tgan Shiva (Natarajan) haykalchasi]. 13-a. dan Dehli sultonligi va keyinchalik Boburiylar davlati davrida amaliy bezak sanʼati va kitob mini-atyurasi taraqqiy etdi. Oʻrta asrlarda Hindistonda miniatyura sanʼati rivojlandi. Dastlabki hind miniatyura maktablaridan gujarot maktabi mashhur boʻlgan. 16-a. da miniatyura sanʼatining boburiylar maktabi vujudga keldi. Bu maktab vakillari tasvirning haqqoniy boʻlishiga intildi; tarixiy risolalarga bezaklar yaratish, portret va ani-malistik janrlar keng tarqaldi. mustamlakachilik davrida Hindiston professional sanʼati deyarli rivojlanmadi, xalq hunarmandchiligi (gilam toʻqish, kash-tachilik, toʻqish, fil suyagi va yogʻoch oʻymakorligi, qadama naqsh, tanga zarb qilish va b.) taraqqiy etdi. 19-a. oxi-ridan zamonaviy rassomlik vujudga keldi (R. R. Varma). 20-a. boshlarida, «Bengaliya uygʻonish davri»da koʻp ras-somlar milliy anʼanalarni saqlab qoldilar (rangtasvirchilar A. Tagor, N. Bos, S. Ukil; haykaltarosh V. P. Kar-markar va b.). H. tasviriy sanʼatida turli oqim va maktablar, jumladan modernistik oqim rivojlangan. Ras-somlar D. P. R. Choudxuri, B. N. Jija, S. N. Banerji, haykaltaroshlar K. Sen, Ch. Kar, P. D. Gupta, grafiklar X. Das va b. milliy sanʼat anʼanalarida asarlar yaratdilar. Hindistonda amaliy bezak sanʼati ham rivojlangan.
Musiqasi 4 ming yillik tarixga ega boʻlib, dunyoda eng qad. va oʻziga xos shakllardan tashkil topgan. Uning ildizlari xalq bayram va diniy marosimlari, Xarappa madaniyati (ayniqsa, Mohenjodaro taraqqiyot davri) bilan bevosita bogʻliq. Hindistonning qad. yozma yodgorliklari («Vedalar» — «Rigveda», «Samaveda», «Atharvaveda» va «Yajur-veda»; mil. av. 2—1 ming yilliklari)da diniy madhiyalar oʻz aksini topgan. Musiqashunoslar Hindistonda mumtoz musi-qaning yuzaga kelishini bevosita «Sa-maveda» bilan bogʻlashadi. Uning falsafiy-estetik va nazariy mezonlari Bharataning sanskrit tilida yozilgan «Natyashastra» risolasida asoslab berilgan (taxm. mil. 3—4-a. lar), Matanganing «Brihadeshi» risolasida (5 — 7-a. lar) hind mumtoz musiqasi haqida batafsil maʼlumotlar berilgan. sharangadevaning S«angitaratnakar» 7 jildli toʻplamida (13-a.) hind ragalari, ularning parda va ritmik tuzilishi, milliy musiqa sozlari va b. masalalar yoritilgan. Ramamatyaning «Svaramelakalanidhi» (16-a.) hamda hind olimlarining boshqa risolalarida musiqiy tovushlar (thath) tizimi koinot quvvati sifatida yuzaga kelgan tovush (nada)lar hamda olam taraqqiyoti mahsuli boʻlmish usullar birlashuvi maʼnosida talqin etiladi. Kosmologik tasavvurlar asosida Kuyesh tizimining 7 ta sayyorasiga nisbat berilgan 7 ta asosiy parda, ular negizida 22 yarim tondan kam boʻlgan interval (shrutilar) tizimi yuzaga kelgan.
13-a. dan boshlab Shim. Hindiston musiqa madaniyati Markaziy va Urta Osiyo xalqlarining badiiy anʼanalari, musulmon sanʼati taʼsirida rivojlanib borgan. Buning natijasida hind mumtoz musiqasida 2 asosiy uslub qaror topdi: shim. («hindustani») va jan. («karnatak»). Jan. Hindiston musiqa uslubi (karnatak) asosan anʼanaviy xonan-dalik sanʼati bilan ajralib turadi, unda ragalar negizida diniy qoʻshiqchilik janrlari — kirtan, pada (bastakorlar Purandaradasa, 15—16-a. lar; Kshetrayn, 17-a.), kriti (mumtoz ashulaning asosiy turi; Shyam Shastri, Muttusvami Dikshitar, Tyagaraja ijodida ravnaq topgan, 18—19-a. lar), yengil mumtoz musiqa janrlari — tillana (18-a.), javalli (19-a.) va b. keng oʻrin olgan.
Shim. Hindiston mumtoz musiqasida eng muhim lirik janrlardan «dhrupad» (Svami Haridas, Miyan Tansen, 16—17a. lar), xonandalikda, soʻngra sozandalikda ham ishqiy va shirin kayfiyatni aks ettiruvchi, virtuozli «xayal» (manbalarda uning asoschisi Amir Xus-rav Dehlaviy hisoblanadi) janrlari keng oʻrin olgan. Mumtoz musiqa sohasida «thumri», «gʻazal», «kavalli», soʻfiyona «kalam», shuningdek, «dad-ra», «tappa», «tarana»lar ham mavjud.
Hind mumtoz musiqasi, musiqiy folklor, raqs sanʼati shakllari asosida anʼanaviy musiqiy teatr turlari — jatra, yakshagana, tamasha va b. tashkil topgan. Mumtoz raqs turlariga bharat natyam, kathakali, kath-ak, manipuri, odissa va b. kiradi.
Hind xalq musiqa ijodi turlarining boyligi va rang-barangligi Hindistonda turli millat vakillarining istiqomat qilishi, ular koʻp tillarda soʻzlashuvi bilan belgilanadi. Xalq musiqa cholgʻularidan urma dhol, dholak, damaru, udukkai, puflama kombu, singh, tiruchinnam, karnay, murali, mohori, nagasar, torli-chertma ekta-ra, dutara, tuntune, jantar, torlikamonli kamaycha, banam, sarinda va b. keng oʻrin olgan. Professional musiqa sozlaridan vina, setor, sarod, tampura, sarangi, nay, bansuri, sur-nay, shohnay, nagasvaram, fisgarmoniya, pakhovaj, tabla, mridanga, gha-tam va b. ommalashgan.
Hindistonda milliy ozodlik harakati va mustamlakachilikka qarshi kurashning kuchayishi (19-a. ning 1-yarmi va 20-a. ning oʻrtalari) milliy musiqa madaniyatining rivojlanishida muhim davrni boshlab berdi. Rabind-ranat Tagorning ijodi yorqin sahifa boʻlib qoldi. Faol ziyolilar orasida milliy musiqa merosini oʻrganishga qiziqish kuchaydi. Yangi oʻquv yurtlari ochildi, jamoa tashkilotlari tashkil etildi: Madras (hoz. Chennay)da musiqa akademiyasi (1928), Kerala sanʼat markazi (1930), Xalq sanʼatini saqlash Bengaliya jamiyati (1932), Dehlidagi Gandharva Mahavidyalay musiqa instituti (1939) va b. Vishnu Narayyana Bhatkhande, Vishnu Digam-bar Paluskar, Chinnasvami Mudalyar, Subbarama Dikshitar kabi musiqashunos olimlar hind musiqa madaniyatini rivojlantirishda oʻz ilmiy asarlari bilan katta hissa qoʻshdilar.
Hindiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach (1947), hind musiqasining rivojlanishida yangi davr boshlandi. Teatrlarda yangi musiqali spektakllar qoʻyildi (Shila Vatsning «Qotgan yer», Gʻulom Haydarning «Boʻysunmas Pan-job», S. Shankarning «Poyezd», G. D. Madgulkarning «Ram haqida qissa» va b.). Kino musiqasi kompozitorlik ijodini rivojlantirishda muhim omil boʻlib qoldi, unda milliy va Gʻarbiy Yevropa maktablarining uslubiy omillari uygʻunlashgan. natijada kompozitorlar tomonidan kino uchun xalqqa manzur kuy va qoʻshiqlar yaratildi. 1960—90 y. larda A. Vishvas, H. Kumar, S. Choudhuri, R. Barman, Ravi, Naushad, Xayyom, Madan Mohan kabi kompozitorlar kinomusiqa janrida ijod qilishgan, hozirgi kunda Shankar va Jeykishan, Lakshmikant Pyarelal, S. D. Barman, Anu Malik kabi kompozitorlar bu sohada faol ijod qilmoqda. Ular bastalagan kuy va qoʻshiqlarni Talat Mahmud, Gita Datt, Shamshod Begum, Manna Dey, Lata Mangeshkar, Muham-mad Rafi, Mukesh, Asha Bhonsle, Usha Mangeshkar, shuningdek, Kumar Sanu, Alka, Yagnik, Anuradha Paud-val, Sonu Nigam, Udit Narayyan, B. Subramaniam, Kavita Krishna Murthi, Ar Rahmon Hariharan, Adnan Sami va b. ijro etishgan.
Mumtoz musiqa ijrochiligida Ravi Shankar (setor), Bismilloh Xon, Ali Akbar Xon, Amjat Ali (sarod), Hariprasad Chaurasiya (nay), Pandit Ram Narayyan (sarangi), Pandit S. R. Vyas va Malikarjun Mansur (xonanda-raga), Subbulakshmi, Kishori Amonkar, Sandhya Mukerji (xonanda-raga), Mukesh Sharma (sarod), Irshad Xan (setor va surbahor), ustad Zokir Huseyn va Ilmas Huseyn Xon (tabla), Jagjit Singh (xonan-da-gʻazal), Gʻulom Ali (xonanda-gʻazal), Gulfam Ahmad (sarod va rabab) va b. mashhur.
Hindistonda musiqa maktablari va kollejlari, un-tlarda musiqa f-tlari mavjud. Musiqa sanʼati sohasidagi i. t. ishlari, sanʼatkorlarning ijrochilik faoliyatini muvofiklashti-ruvchi tashkilotlar, musiqa sanʼatiga oid konferensiya, forum, festivallarni tashkil etuvchi idoralar faoliyat koʻrsatmokda; bular orasida — Dehli musiqa, raqs va drama akademiyasi (Sangit Natak Akademi), Bombay ijrochilik sanʼati milliy markazi, Chennay musiqa akademiyasi mashhur. Milliy musiqa madaniyatining turli xil shakllarini targʻibot etishda Umumhindiston radiosi bosh vazifani bajarmoqda.
Teatri. Hindistonda xalq teatr tomoshalari qadim zamonlardayoq paydo boʻlgan. Ular qabilalarning turli urf-odatlari, oʻyin va raqslari asosida vujudga kelgan. Xalqteatrining asosiy shakllari \ozirgacha yetib keyagan. Aksariyat teatr tomoshalarining asosini qad. \ind epik dostonlar — «Ramayana» va «Ma-habharata»tn olib oʻynaladigan sa\-nalar tashkil qilgan. Uning eng koʻp tarqalgan syujeti dostonlar qahramonlari — Rama va Krishna hayotidan olingan lavhalardan iborat. Anʼanaviy teatrlarning yorqin va taʼsirli vositalaridan biri raqsning bharat-natyam, kat\akaliy, kathak, manipuriy kabi turlaridir. Janubiy Hindiston dagi koʻp geatrlarning xoreografik asosini bharat-natyam va kathakaliy, Shimoliy Hindiston dagi tsatrlar xoreografik asosini kathak va manipuriy tashkil qiladi. Gʻarbiy Bengaliya va Oris-sada jatra lirik dramasi mashhur. Bunda tomoshalar ochiq joyda oʻtkazilgan, sahna va dekorapiyalar boʻlmagan. Xalq teatrlari Hindistonning boshqa r-nlari — Maharashtra (tomosha), Kashmir (joshi), Rojasthon (svangi) da ham boʻlgan. Hind mumtoz teatri taraqqiyo-tida xalq teatrlarining taʼsiri kuchli boʻldi. Uning gullagan davri Bxasa, Kalidasa va Shudraka ijodi bilan bogliq. 12 — 13-a. larda Hindiston mumtoz dramasi tanazzulga uchradi. 16-a. da Mala-bar sohillarida spektakllar tunda bayramlarda qoʻyiladigan diniy mavzudagi teatr paydo boʻldi. Bu teatrning sodda turi — tulal 18-a. gacha saqlandi. 19-a. ning 2-yarmida milliy ozodlik harakatining kuchayishi, milliy ongning oʻsishi Yevropa tipilagi teatrni vujudga keltirdi. Bengal, hind, marath tillarida dramaturgiya yaratildi. 1872-y. bengal dramaturgi G. Ghosh Milliy teatrga asos soldi. U hind teatr sanʼati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. 19-a. ning 2-yarmi — 20-a. ning 1-yarmida hind teatrida yangi shakllarning paydo boʻlishi hind yozuvchisi R. Tagor nomi bilan bogʻliq. 20-a. ning 40-y. lari professional va havaskor teatr jamoalari vujudga keldi; ular Xalq teatrlari assotsiatsiyasi (1943-y. asos solingan) ga birlashdilar. Mustamlakachilik tuzumining soʻnggi yillari mustamlakachilikni qoralovchi teatr tomoshalarining turli shakllari paydo boʻldi. Hindiston mustaqillikka erishgach, milliy madaniyat, jumladan, teatr sanʼati rivoj topdi. 1953-y. da Musiqa, raqs va drama akademiyasining ochilishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Kalkuttada «Bohurupiy», «Star», «Rangmahal», «Mi-nerva», Teatr markazi, «Tarun opera», Dehlida «Yangi teatr», Bombayda «Dramatik Vint» teatrlari mashhur. Shuningdek, Ollohobod, Chennay, Bano-ras, Puna va b. shaharlarda ham doimiy teatrlar mavjud. Qoʻgʻirchoq teatri ham teatr tomoshalarining eng qad. turlaridan biridir. Soya teatri keng tarqalgan.
Kinosi. Hindistonda birinchi film 1912-y. da ishlangan («Roja Xarishchandra», rej. D. G. Pxalke). Dastlabki ovozli kino 1931-y. ekranga chiqdi («Dunyo nuri», rej. A. Iraniy). 1930-y. larda, milliy ozodlik harakati avj olgan davrda ilgʻor ijtimoiy goyalar bilan sugʻorilgan «Devdas» (1935, rej. P. S. Baruat), «Kutmagan edilar» (1936), «Qoʻshnilar» (1939, ikkalasining rej. V. Shantaram) kabi s|>ilmlar yaratildi. 1947-y. Axborot va radioeshittirish vazirligi huzurida kinematografiya boʻlimi tashkil etildi. Xalq hayetini haqqoniy aks ettirgan fil-mlar paydo boʻldi («Yer farzandlari», 1946, rej. Xoʻja Ahmad Abbos; «Maz-lumlar», 1949, rej. N. Ghosh). 1950-y. larda zamonning muhim ijtimoiy masalalariga bagishlangan «Daydi» (1951, rej. R. Kapur). «Ikki bigha yer» (1953, rej. B. Roy), «Yoʻldosh» (1953, rej. X. A. Abbos) yaratildi. Rej. S. Reyning «Yoʻldagi qoʻshiq» (1955), «Yengilmaganlar» (1957), «Apulning dunyosi» (1959)dan iborat kinotrilogiyasi jahon kino sanʼatida muhim voqea boʻldi. Usha davrda rej. G. Datt «Qogʻoz gullar», «Chanqoqlik», «Oy nuri» filmlarini yaratdi. 1960-y. larda koʻngilochar musiqali filmlar yara-tadigan Bombay studiyasidan farqli oʻlaroq real voqelikni aks ettiruvchi filmlar tayyorlaydigan Kalkutta kino maktabi vujudga keldi («Xor», 1975; «Parashuram», 1978, ikkalasining rej. M. Sen; «Raqib», 1970; «Uzoq momaqaldiroq» 1973, ikkalasining rej. S. Rey; «Mantxan», 1977, rej. Sh. Benegal). 1970-y. larda rej. Ya. Chop-raning «Shoʻla», «Qayerdadir, qachon-dir», prodyuser R. Kapurning «Bob-bi», rej. R. Reddining «Dafn marosi-mi» filmlari ekranga chiqdi. 1980-y. larda rej. M. Kumarning «Inqilob», rej. B. R. Chopraning «Yonayotgan poyezd», rej. A. Gopalakrishnanning «Yuzma-yuz», rej. G. Aravindoning «Oridad» filmlari shuhrat qozondi. 1990y. larda rej. A. Chopraning «Dsvona dil», prodyuser M. Kumarning «Be-tob», «Yarador» kabi vatanparvarlik goyalari bilan sugorilgan filmlari ekrapga chiqli. Kino aktyorlaridan B. Saxni, D. Ananl, D. Kumar, M. Ku-mari, Raj, Rishi va Karishma Kapurlar (q Kapurlar tiasi), S. Nirgis, A. Bachchan, Amirxon, Shohruhxon, Sal-manxon, R. Mukerji, A. Patel, M. Dikshid va b. mashhur. Hindistonda hujjatli filmlar ham chiqarilali. 1960-y. Puna sh. da Kinematografiya inti ochilgan. 1954-y. dan Bombayda xar yili Butun Hindiston kinofes-tivali oʻtkaziladi. Hiid kino sanʼ-ati vakillari Osiyo, Afrika va Lo-tin Amerikasi mamlakatlarining Toshkentdagi kinofsstinallarida faol qatnashib, koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritganlar. Hindistonda yiliga 1000 dan ortiq film yaratiladi va u jahonda yaratilayotgan filmlarning 14% ni tashkil etadi.
Oʻzbekiston — H. munosabatlari. Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi munosa-batlar bir necha ming yillik tarixga ega. 1991-y. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, H. Oʻzbekiston mustaqilligini tan olib, 1992-y. diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi va ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar yoʻlga qoʻyildi. OʻzR bilan Hindiston oʻrtasida munosabatlarning huquqiy asosini turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni tartibga solib turuvchi davlat, hukumat va muassasalararo hujjatlar tashkil etadi. 2005-y. gacha ikki davlat oʻrtasida 60 ga yaqin rasmiy hujjat imzolandi. 1992-y. Toshkentda Hindistonning Bosh konsulxonasi (1988-y. tashkil etilgan), 1994-y. Dehlida OʻzR konsulxonasi (1992-y. tashkil etilgan) elchixonaga aylantirildi. Shu davr mobaynida OʻzR Prezi-denti I. Karimov 4-marta (1991, 1994, 2000, 2005) rasmiy tashrif bilan Hindiston la boʻldi. 1993-y. rasmiy tashrif bilan H. Bosh vaziri Narasimxo Rao OʻzRga kelgan. Ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy mumosabatlar ikki tomonlama shartnomaviyhuquqiy asoslar-pi tashkil qilgan bir qator iqtiso-diy bitim va hujjatlar, jumladan, «Savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim», «Investitsiyani oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash toʻgrisidagi bitim», «Ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgrisidagi bitim» bilan muvofiqlashtiriladi. 1993-y. da ikki mamlakat oʻrtasida tuzilgan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiya doimiy faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 1993 — 2005-y. larda bu komissiyaning 5 ta yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 2003-y. 24—26 mar-tda Toshkentda Hindiston savdo koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi; unda Hindistonning yirik korxona va kompaniyalari ishtirok etdi. OʻzR Prezidenti I. Karimovning 2005-y. apr. dagi Hindistonga tashrifi chogida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, Taʼlim va madapiyat sohalarida hamkorlik boʻyicha huku-matlararo hujjatlar imzolandi. mudofaa vazirliklari oʻrtasida harbiy va harbiytexnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim, Oʻzbekiston Tashqi iqtisoliy aloqalar agentligi bilan Hindiston davlat savdo korporatsiyasi oʻrtasida anglashuv memorandumi, «Oʻzbekturizm» milliy kompaniyasi bilan Hindiston sayyohlikni rivojlantirish korporatsiyasi oʻrtasida angla-shuv protokoli, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Hindiston sav-do-sanoat palatalari federatsiyasi hamda Hindiston eksport tashkilotlari federatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar, Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Hindiston davlat banki hamda Hindiston eks-port-import banki oʻrtasida hamkorlik memorandumlari, «Oʻzsanoatma-shimpeks» davlat aksionerlik tashqi savdo kompaniyasi bilan Hindistonning «Kompetent» kompaniyalari guruhi oʻrtasida Savdo uyi tashkil etish toʻgʻrisida memorandum, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya un-ti bilan J. Neru un-ti hamda Toshkent sharqshunoslik in-ti bilan Mirzo Gʻolib in-ti oʻrtasida anglashuv memoran-dumlari imzolandi. 2004-y. mamlakatlar oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 160 mln. AQSH dollarini tashkil qildp. Hindistondan Oʻzbekistonga qogʻoz va karton, dori-darmon, uskupa, organik va kimyoviy birikmalar kelti-riladi. Oʻzbekiston Hindistonga rangli metallar va ularlan yasalgan buyumlar, ayrim xizmat turlari, poliz mahsu-lotlari, ipak va kimyoviy tolalarni yuboradi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonla Hindiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 40 ga yaqin qushma korxona hamda Hindiston dagi 4 kompaniyaning vakolatxonasi faoliyat koʻrsatmoqda.
Ikki mamlakat oʻrtasida axborot texnologiyalari, kon sanoati, madaniyat, fan, texnika va taʼlim sohasida hamkorlik rivojlanmokda. Ikki mamla-kat olimlari ishtirokida ilmiy sim-pozium, seminar va anjumanlar oʻtka-zish odat tusiga kirgan. Mamlakatlar tarixi, musiqa, adabiyot, arxeologiya, meʼmorlik, tibbiyot, biol., kosmik fazoni oʻrganish, geol. va b. koʻplab sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. 1991-y. Hindistonda buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiyning 550-yilligiga bagʻishlangan Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati kunlari oʻtkazildi. 1992-y. okt. da Oʻzbekiston mustaqilligining bir yilligiga bagʻishlab Dehli sh. da oʻzbek madaniyati va sanʼ-ati festivali boʻlib oʻtdi. Shu yil noyab. oyida oʻzbekistonlik taniqli rassom Akmal Nuriddinovning koʻrgazmasi namoyish etildi. 1993-y. Zahiriddin Muhammad Bobur taval-ludining 510-yilligi Hindiston va Oʻzbekistonda keng nishonlandi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikning rivojlanishida 1994-y. Hindistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzurida faoliyatini boshlagan Hindiston madaniy markazining hissasi kagta.
Temur Gʻiyosov.