ASTROFIZIKA

ASTROFIZIKA (ostro… va fizika) — astronomiyaning eng katta boʻlimlaridan biri. Osmon jismlarining fizik tuzilishi va xususiyatlarini, kimyoviy tarkibini, paydo boʻlishi, rivojlanishi va taqdirini, yuza va ichki qatlamlarida roʻy berayotgan fizik jarayonlar tabiatini hamda ular orasidagi muhitning fizik xususiyatlarini oʻrganadi. 19-a. ikkinchi yarmida fotografiya, fotometriya va spektral tahlilning rivojlanishi va astronomik kuzatishlarda qoʻllanishi Astrofizikaning jadal rivojlanishiga imkon berdi. Astrofizika amaliy va nazariy qismlardan iborat. Amaliy Astrofizika osmon jismlari va ular orasidagi muhitni tadqiq etish usullari va vositalarini ishlab chiqish va ularni astronomik kuzatishlarga tadbiq etish, osmon yoritqichlari yorugʻligini va spektrini oʻlchashlardan olingan maʼlumotlarni tahlil qilish va yoritqichlarning fizik koʻrsatkichlarini topish va rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganish kabi masalalar bilan shugʻullanadi. Nazariy Astrofizika kuzatuv maʼlumotlari asosida erishilgan fundamental natijalarning fizik tabiatini tushuntirish, oʻrganilayotgan obyekt modelini tuzish, fizik parametrlarining vaqt davomida oʻzgarish qonuniyatlarini topish bilan birga model bilan real obyektni bir-biriga mos keltirishga intiladi. Hoz. zamon A. si koʻp toʻlqinli fan boʻlib, u elektromagnit nurlanish spektrining barcha diapazonlarda (gamma, rentgen, ultrabinafsha, optik, infraqizil va radiotoʻlqinlarda) tadqiqotlar olib bormoqda.

Astrofizika tadqiqot obyektlari, vosita va usullariga koʻra quyidagi boʻlimlardan tashkil topgan: Quyosh fizikasi, sayyoralar fizikasi, meteor, asteroidva kometalar fizikasi, oʻzgaruvchan yulduzlar fizikasi, yulduzlar evolyutsiyasi va «fizikasi, Galaktika astronomiyasi, yulduzlararo muhit fizikasi, Galaktikadan tashki astronomiya, plazma A. si, relyativistik Astrofizika, gamma astronomiya, rentgen astronomiyasi, ultrabinafsha astronomiya, infraqizil Astrofizika, ast-rofotometriya, astrokolorimetriya, astrospektroskopiya, neytrino astronomiyasi va b. Oxirgi bir necha oʻn yil mobaynida Astrofizikaning eng katta yoʻnalishi hisoblanib kelingan radioastronomiya kuchli radioteleskoplar yordamida fundamental ahamiyatga ega boʻlgan turli radiomanbalar (pulsarlar, kvazarlar, radiogalaktikalar va h. k.)ni topib, ularning tuzilishi va radionurlanish mexanizmlarini oʻrganib chiqdi. Hozir u A. dan ajralib, astronomiya boʻlimlaridan biriga aylangan. Astrofizika fani fizika, mexanika, geofizika, kimyo bilan va shuningdek astronomiyaning boshqa boʻlimlaridan yulduzlar astronomiyasi, kosmogoniya hamda kosmologiya b-n boglikdir. Astrofizika fizikaning turli xil muammolarini hal qilishga yordam beradi. Mas, umumiy nisbiylik nazariyasida bashorat qilingan noʻrning gravitatsion maydonda egilishi yoki relyativistik tezliklarda fazo va vaqtning hamda modda xususiyatlarining oʻzgarishi, ele-mentar zarralarning hosil boʻlishi va oʻzaro toʻqnashuvlari, yadroviy reaksiya va b. koʻplab masalalar shular jumlasiga kiradi. Osmon yoritqichi nuri Yer atmosfera orqali oʻtayotganda u miqdoriy va sifatiy oʻzgarishlarga duchor boʻladi. Bu oʻzgarishlarni hisobga olishda Astrofizika geofizik maʼlumotlarga tayanadi.

Koinot moddasi asosan plazma holatda. Kosmik sharoitda plazmaning ionlanish darajasi juda yuqori boʻlib, Kuyosh toji, yulduzlar yadro qismida, qaynoq gaz tumanlarida deyarli toʻla ionlanish holatida boʻladi. Kosmik plazma evolyutsiyasi avvalambor magnit maydon tuzilishi va kuchlanganligiga bogʻliq. Kuyosh dogʻlari, uning atmosferasidagi toj tuynuklari, pulsarlardan kelayotgan impuls davri ularning oʻz oʻki atrofida aylanish davrlariga tengligi, zichligi katta hamda oʻlchami esa kichik qator kompakt yulduzlar yaqinida sodir boʻlayotgan faol jarayonlar va b. jicmning magnit maydoni tabiati bilan tushuntiriladi. Barcha yulduzlarning kimyoviy tarkibi deyarli bir xil, yaʼni 70% vodoroddan, 27% geliydan tarkib topgan. Kimyoviy elementlarning paydo boʻlishi Koinot rivojlanishining dastlab-ki bosqichlari va yulduzlarda roʻy beradigan falokatli jarayonlar bilan bogʻliq. A. Koinotning kimyoviy evolyutsiyasi bilan ham shugʻullanadi.

Astrofizikada kuzatishlar rasadxonalarda olib boriladi. Astrofizikada keyingi bir necha oʻn yillarda qilingan eng buyuk kashfiyotlar: 1963-y. «chaqaloq» galaktikalar — kvazarlar, 1967-y. oʻz oʻqi atrofida aylanish davri 2 sekunddan kichik boʻlgan radiomanbalar — pulsarlar, 1965-y. Koinotning kengayishi bilan bogʻliq reliktiv nurlanish, 1973-y. «Skaylab» nomli kosmik st-yada (AQSH) oʻrnatilgan rentgen teleskop yordamida Quyoshning rentgen nurlanishi, 1975 i. qoʻshaloq yulduzlarda maʼlum davr bilan kuchli rentgen chaqnashi xususiyatiga ega boʻlgan barsterlar kashf etilgan. Umu-man olganda 70-y. larda oʻnlab kosmik rentgen nurlanish manbalari ochildi. Ularning koʻpchiligi aynan qoʻshaloq yulduz tashkil etuvchilaridan biri ekanligi aniqlandi. Mas, Oqqush X—I (Oqqush yulduz turkumiga kiradigan birinchi rentgen nur manbai) yoki Chayon X—I. Rentgen nur manbalari Galaktikamiz markazida juda kup va zich joylashgani aniqlandi. Gamma nur manbalarni axtarish davom etmoqda. Kosmik apparatlar Quyoshning ultrabinafsha nurini oʻrganishga yordam beradi. Quyosh spektrining bu qismida kuchli emission chiziqlar borligi kashf etildi. Ular orasida vodorodning Layman alfa chizigʻi, ionlangan geliyning rezonans chiziqlari va S, N, O va Si ionlarining chiziqlari bor. Keyingi 20 yilda Kuyoshni tekshirishlar eng salmoqli boʻldi. 70-y. lar oxirida Quyosh shari qobigʻining 5 min. li davr bilan siqilib-kengayib turishi, yaʼni pulsatsiyalanishi kashf etildi. Bu kashfiyot Kuyoshning ichki qatlamlarini oʻrganishga keng imkoniyatlar ochib berdi. 80-y. lar oxirlarida Kuyoshning toʻla energiyasi Kuyosh faolligi bilan sinxron holda 11 yillik davr bilan oʻzgarib turishi kashf etildi. Bu oʻzgarishlar Kuyosh yuziga uning ichki katlamlaridan chiqibbotib turadigan magnit may-donlar bilan bogʻliqyaigi aniqlandi. Bu kashfiyotlar yulduzlarda ham shunday jarayonlar bormikan, degan muammoni qoʻydi. Quyosh singari faollikka ega bir necha yulduzlarning pulsatsiyalanishi Astrofizikaning tekshirish rejalarida turibdi. Kosmonavtika A. ni fazoda eksperimentlar ham oʻtkaza oladigan fanga aylantirdi.

Oʻzbekistonda Astrofizikaning Kuyosh fizikasi va oʻzgaruvchan yulduzlar fizikasi, Galaktika astronomiyasi, yulduzlar evolyutsiyasi va fizikasi hamda Galaktikadan tashki astronomiya boʻlimlari boʻyicha i. t. lar olib boriladi. Astrofizik tadqikrtlar asosan Oʻzbekiston FA Astronomiya insitutida, OʻzMU Astronomiya kafedrasi va Toshkent pedagogika unversitetida bajariladi. Kuzatuv maʼlumotlari esa asosan Kitob astronomik rasadxonalari majmuasining Maydanak togʻ rasadxonasida, Astronomiya in-ti Kumbel filiali styasi va Toshkent hududida bajariladi. Quyosh atmosferasidagi dogʻlar va ularning guruhlari, turli chaqnashlar hamda toj tuynuklari tabiati oʻrganiladi. Quyosh fizikasining gelioseysmologiya yoʻnalishida uning ichki tuzilishi muammosi boʻyicha IRIS va TON xalqaro dasturlari doirasida i. t. olib boriladi. Yulduzlar fizikasi yoʻnalishlarida esa oxirgi chorak asr davomida bajarilgan kuzatishlar natijasida Somon yoʻlida qator «chaqaloq» yulduzlar va ularning guruh sifatida paydo boʻlgan joylari topilib tadqiq qilingan hamda bir qancha zich qoʻshaloq yulduzlarning fizik xususiyatlari oʻrganilgan. Galaktika astronomiyasi sohasida 20 ga yaqin turli yulduzlar toʻdalarining kinematikasi va tuzilishiga oid tadqiqotlar hamda Galaktikamiz tashkil etuvchilarining evolyutsiyasi va benda koʻrinmas massa effekti oʻrganilgan. Galaktikadan tashqi astronomiya yoʻnalishida galaktikalar global evolyutsiyasining kollaps davri uchun birinchi bor nochiziqli nostatsionar modellari tuzilib, ularning gravitatsion beqarorligi, spiral va elliptik galaktikalarning paydo boʻlishi muammolari oʻrganilmoqda hamda zaryad yigʻuvchi kuchli matritsa yordamida Maydanak rasadxonasida kvazarlar monitoringi bajarilmoqda.

Ad. Masevich A. G. Dutukov Astrofizika, Evolyutsiya zvyozd. Teoriya i nablyudeniya, M., 1988; Nuriddinov S. N., Somon yoʻli fizikasi, T., 1989.

Salohiddin Nuriddinov, Isroil Sattorov.


Lotin alifbosida maqola: ASTROFIZIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ADABIYOTSHUNOSLIK
AHOLI
ARMANISTON
ARIFMETIKA
Ozodbek Nazarbekov - Binafsha


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты