ASBEST SANOATI

ASBEST SANOATI — asbest rudasini qazib olish va asbest tolasi ishlab chiqarish sanoati. Qad. Xitoy, Hindiston, Yunonistonda asbestdan turli buyumlar tayyorlangan. Asbestning oʻtga chidamli boʻlishi (1550° da eriydi), elastikligi, adsorbsiya qobiliyati, kam miqdorda issiqlik va elektr tokini oʻtkazishi, yuqori mexanik qattiqligi kabi xususiyatlari uni texnik maqsadlarda 19 – a. ning 80-ylaridan koʻp sanoat tarmoqlarida keng qoʻllanishiga olib keldi. Hoz. kunda Asbest sanoati qoʻshilgan mahsulotlarning 2 mingga yaqin xili energetika va elektrotexnika sanoatida, t. y. transporta, aviatsiya, traktor, avtomobil ishlab chiqarishda va b. da qoʻllaniladi. Aning fizik va kimyoviy xususiyatlari uni qurilish materiallari i. ch. da foydalanishiga keng imkoniyat yaratadi. Oʻzbekistondagi uch korxona: «Bekobodsement», «Quvasoy-sement» va «Ohangaronsement» aksiyadorlik jamiyatlari har yili oʻrtacha 3,5 mln. dona katta oʻlchamli asbotsement shifer (toʻlqinli va yassi) va 525 km asbotsement quvurlar ishlab chiqaradi. Ularning jami i. ch. quvvati esa yiliga 11,4 mln. dona katta oʻlchamli shifer va 1671 km quvurdan iborat. Mamlakatimizda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan Asbest sanoati konlari ochilmaganligi sababli, hoz. ga qadar ushbu xom ashyo Qozogʻiston va Rossiya korxonalaridan keltiriladi. Importni kamaytirish maqsadida mumkin boʻlgan joylarda asbest mahsuloti oʻrniga bazalt va b. mineral tolalar ishlatilmoqda, mas, Ohangaron korxonasida shifer tarkibidagi Asbest sanoatini 30% gacha mineral tolaga almashtirildi. Asbestning atrof muxitga salbiy taʼsiri borligi sababli dunyo mikyosida A s. mahsulotlari i. ch. keyingi yillarda kamayib bormoqda.

Mirhamid Toʻrayev.


Lotin alifbosida maqola: ASBEST SANOATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BOLGARIYA
AVIATSIYA
ANDIJON VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты