ATOM YADROSI

ATOM YADROSI — nuklonlardan — protonlar (r) va neytronlar (i)dan tashkil topgan atom oʻzagi. Atom yadrosining xususiyatlarini oʻrganishda yadro kuchlari katta ahamiyatga ega boʻladi. Atom yadrosida gravitatsion va elektromagnit kuchlar taʼsiri kam boʻlsa ham Atom yadrosi xossalariga taʼsiri boʻladi. Yadro kuchlarining taʼsir radiusi juda kichik, 10~13 sm. Yadro kuchlari yadroning spiniga va izotop spiniga bogʻliq. Atom yadrosining butun xususiyatlarini oʻz ichiga oladigan yagona nazariya yaratilgan emas, chunki yadro strukturasi va kuchlari toʻliqoʻrganilmagan. Undan tashqari yadrodagi nuklonlar harakatini aniqlovchi tenglamalarni matematika nuqtayi nazaridan yechish mumkin emas.

Atom yadrosining xossalarini oʻrganishda turli modellar tatbiq qilinadi. Har qaysi model A. ya. ning maʼlum xossalarini aks ettirgan holda baʼzi xossalarini tushuntirishda qaramaqarshiliklarga olib keladi. Mas, Atom yadrosining yemirilish xususiyatini gidrodinamik model bilan yaxshi tushuntirilsa, magik yadrolar holatlarining xususiyatlarini tushuntirish mumkin emas, aksincha, krbiklar modeli bilan magik yadrolar holatlarini yaxshi tushuntirilsa, yemirilish hodisasini tushuntirish mumkin emas va h. k. (q. Yadro modellari). A. ya. tuzilishi va xossalarini tajriba yerdamida oʻrganish uchun xilma-xil yadro hodisalari: zarralarning Atom yadrosidan elastik va elastikmas sochilishlari, yadro reaksiyalari, tabiiy va sunʼiy radioaktiv nurlanish, yadro yemirilishi va h. k. lardan foydalaniladi.

Oʻzbekistonda ham atom yadrosini oʻrganishga doir i. t. ishlari olib boriladi. Toshkentda R. B. Bekjonov, A. I. Moʻminov, T. I. Moʻminov, Q. Sh. Azimov va b. ning mos tushishlar, gamma-nurlarning dopplercha kengayishi, gammachiziqlarining shakl oʻzgarishi, yadro holatlarini rezonans uygʻotish, gamma-nurlarining gʻalayenlangan va gʻalayonlanmagan gammagamma burchak korrelyatsiyalari va qutblanishi usullaridan foydalanib oʻtkazgan yadro sathlari orasidagi elektromagnit oʻtishlar ehtimolliklariga oid tajribaviy tadqiqotlari atom yadrosining tuzilishi haqida keng maʼlumotlar olishda juda samarali boʻldi. Natijada yadro holatlarining 10~6 — 10~17 s oralikdagi yashash vaqtlari va parsial kengliklari oʻlchandi, spin, juftlik, magnit va elektr momentlari, deformatsiya parametrlari aniqlandi. Oqibatda atom yadrolarining tuzilishiga tegishli maʼlumotlar olindi.


Lotin alifbosida maqola: ATOM YADROSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BERUNIY
ATOM FIZIKASI
ALGEBRA
AMIR TEMUR
ANDIJON VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты