ABDULLAXON II

ABDULLAXON II (toʻlik ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon) (1534; Miyonkol, Ofarinkent qishlogʻi — 1598.8.2, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) — oʻzbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqkan eng yirik hukmdori (1583—98), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, maʼrifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton (vafoti 1528Gʻ29) Karmana va Miyonkol hokimi (1512Gʻ13 y. dan) boʻlgan. Otasi Iskandar sulton oʻgʻli tugʻilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik, aftidan aka-ukalaridan biri vafot etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini kanta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chogʻidan qattiq kurash olib borgan. Toshkent hokimi Navroʻz Ahmadxon (Baroqxon) bilan Koson yonida (1548). Moʻgʻuliston xoni Abdurrashidxon va shayboniylardan Doʻstum sultonlar koʻshiniga karshi Forob yonida (1554) jang qilgan. Yosh Abdulla sulton oʻzining hukmdor sifatidagi butun gʻayratshijoatini 1551-y. Karmanada namoyish etgan; viloyatga Toshkentdan Navroʻz Ahmadxon va Samarqanddan Abdullatifxon hujum qilganlar, Iskandar sulton Amudaryo ortiga kochgan. Abdulla sulton otasi vazifasini oʻz zimmasiga olib bu hujumni muvaffaqiyatli qaytargan. Keyingi yillarda (1552—56) oʻz mulkini gʻarbga — Buxoro tomonga va jan.-sharq — Qarshi va Shahrisabz tomonga kengaytirishga intilgan. Bu saʼyharakat dastlab vaffaqiyatsiz chiqqan, hatto 1556-yili ota meros mulkini tashlab Maymanaga qochishga majbur boʻlgan. U amakisi, Balx hokimi Pirmuhammaddan harbiy yordam olib va piri Joʻybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom koʻmagida Navroʻz Ahmadxon, keyinchalik uniig oʻgʻillari Darveshxon va Bobo sultonlarga qarshi uzoq muddat kurash olib borgan. Navroʻz Ahmadxon vafot etgach (1556), darhol Karmana va Shahrisabzda oʻz hukmronligini tiklaydi, 1557 i. mayda Buxoroni qoʻlga kiritadi va uni oʻz poytaxtiga aylantiradi. 1561-y. otasini davlat boshligʻi—xon deb eʼlon qilib, uning nomidan mamlakatni oʻzi boshqara boshlaydi. Markaziy xokimiyatga boʻysunishdan bosh tortgan shayboniy sultonlar bilan kurashib Balx (1574), Samarqand (1578), Toshkent, Sayram, Turkiston (1583) va Fargʻona (1583) ni egallaydi. 1582-y. Dashtga yurish qilib Ulugʻtopga qadar borgan. 1583-y. otasi Iskandarxon vafot etgach, mamlakatni uz nomidan boshqara boshlaydi. Markaziy hokimiyatga qarshi koʻtarilgan Maymana va Garchiston (1583), shuningdek Badaxshon (1585) dagi gʻalayon, tartibsizliklarni bostirgan. Xorazmga ikki marta yurish (1594 va 1596) qilib, u yerda markaziy hokimiyat hukmronligi qayta tiklagan. Abdullaxon II mamlakat hududi yaxlitligini tiklash yoʻlida qoʻshni xorijiy davlatlar b-n ham kurash olib borgan. Mas, Turkiya Movarounnahrda oʻz taʼsirini kuchaytirish niyatida Abdullaxon IIga qarshi kurashda Bobo sultonga yordam bergan. Bobo sulton turk askarlari yordamida Nasaf yonida Abdullaxon IIga qarshi jang qilgan. Abdullaxon II safaviylar bilan Xuroson, Gilon uchun kurashib ularni oʻz tasarrufiga kiritgan. Sharqiy Turkistonga qilingan yurishda Qashqar va Yorkend viloyatlarini olgan. Boburiylar ham Badaxshon, Shim. Afgʻoniston va Xuroson uchun Abdullaxon IIga qarshi kurashganlar. Abdullaxon II bunga qarshi Sind (1583), Kashmir (1586)ni egallab, davlatning jan. chegaralarini mustahkamlagan.

Abdullaxon II davrida mamlakat hududi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha boʻlgan yerlardan iborat edi. Abdullaxon II hayotining soʻnggi yillarida oʻgʻli Abdulmoʻmin (q. Abdulmoʻminxon) bilan chiqishmay qolgan. Abdulmoʻmin 1582-y. kuzidan Balxni otasi nomidan boshqarayotgan edi. Iskandarxon davrida Abdullaxon II haqiqiy, amaldagi hukmdor boʻlgani kabi, Abdulmoʻmin ham keksaygan otasiga nisbatan shunday mavqeni egallamoqchi boʻlgan. Faqat ulamolarning aralashuvi tufayligina otabola oʻrtasida ochiq urush harakatlari boshlanmagan va Abdulmoʻmin otasiga boʻyin egishga majbur boʻlgan. Ular oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashganidan xabar topgan qozoq xonlaridan Tavakkalxon Toshkent viloyati va Toshkent—Samarqand oraligʻidagi yerlarga bostirib kirib, unga qarshi yuborilgan qoʻshinni yenggan. Unga qarshi safarga otlangan A. II Samarqandga yetganda vafot etgan.

Abdullaxon II faol tashki siyosat olib borgan. Bu davrda shayboniylar Eron, Hindiston, Turkiya, Xitoy, Rossiya va b. mamlakatlar bilan keng diplomatik, iqtisodiy, savdo aloqalari olib borganlar. Mas, Abdullaxon II elchilari 1583-y. Moskvadan oʻq dori, ov qushlari, mato olib kelganlar. Bunday elchilik 1589, 1595-y. larda ham qaytarilgan. Abdullaxon IIning mamlakat ichki siyosatidagi, davlat boshqaruv tizimini mustahkamlash, ayniqsa pul islohoti oʻtkazish yoʻlidagi faoliyati natijalari keyingi davrlarda ham saqlanib qolgan. U koʻplab turli inshootlar qurdirgan. Hozirgacha xalq orasida u yoki bu inshoot qurilishi Amir Temur yoki Abdullaxon IIga nisbat beriladi.

Abdullaxon II davrida Buxoro yaqinidagi Sumiton (Joʻybor) mavzesida Joʻybor xojalaridan Abu Bakr Saʼd (970/971-y. vafot etgan) mozori atrofiga Madrasa, mayejid, xonaqoh va chorbogʻ (1558—66), Buxoroda Madrasa (q. Abdullaxon madrasasi), hammom, Govkashon, Fatxulla qushbegi, Mirakan, Xoja Muhammad Porso, yangi Chorsu (1569-70), tim (q. Abdullaxon timi), Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga koʻprik (1582) va b. qurildi. Bunday inshootlar va karvonsaroylar Samarqand, Toshkent, Balx va b. shaharlarda ham qurilgan (mas, Abdullaxon IIning nufuzli amiri Qulbobo Koʻkaldosh sharafiga Toshkentda qurilgan Koʻkaldosh madrasasi va b.). Karvon yoʻllarida sardobalar, rabotlar, kanallar, suv omborlari (q. Abdullaxon bandi), koʻpriklar (mas. Surxondaryoda xalq orasida Iskandar koʻprigi nomi bilan mashhur boʻlgan Gʻishtkoʻprik va b.), chorbogʻlar bunyod etilgan.

Abdullaxon II davrida mamlakatda shaharsozlik, adabiyot, ilm-fan taraqqiy etgan. Buxoro madaniyat, ilm-fan markaziga aylangan Hofiz Tanish Buxoripning Abdullanoma («Sharafnomayi shohiy») (1584—89), Amin Ahmad Roziyning «Haft iqlim» (1583), Mutribiyning dunyo xaritasi ilova qilingan «Tazkiroti shuaro» (taxm. 1593—95) va b. ilmiy asarlar yaratildi. Buxoroda mashhur Abdullaxon kutubxonasi tashkil qilingan. Unda mashhur xattotlar Mir Ali Hiraviy, Ahmad Husayniylar va b. kitob koʻchirish b-n mashgʻul boʻlishgan. Hasanxoja Nisoriynit «Muzakkiri ahbob» asari Abdullaxon IIga bagʻishlangan.

Bu davrda shoir, adib va ilohiyotchi olimlardan Mushfiqiy, Nizom Muammoiy, Muhammad Darvish oxund, qozi Poyonda Zominiy, mulla Amir, Muhammad Alti Zohid, tabiblardan mavlono Abdulhakim va b. yashab ijod etgan. Abdullaxon IIning oʻzi ham isteʼdodli shoir boʻlib, «Xon» taxallusi bilan oʻzbek va fors tillarida sheʼrlar yozgan.

Mamlakatda (Buxoro, Samarqand, Toshkent, Balx va b. da) hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Hunarmandlar turli ipak matolar, uy-roʻzgʻor, zargarlik buyumlari, qurol-yarogʻlar va b. tayyorlardilar. Movarounnahr ustalari tayyorlagan buyumlar ichki va tashqi bozorda juda xaridorgir boʻlgan.

Harbiy sanʼat taraqkiy etgan. Qoʻshin tarkibini nayza, qilich, manjaniq, naftandoz va shotular bilan qurollangan otliq va piyoda qismlar tashkil qilgan. 16-a. ikkinchi yarmidan qoʻshin Turkiya va Rossiyadan keltirilgan pilta miltik va zambaraklar bilan qurollana boshlagan (yana q. Buxoro xonligi) Manbalar: Hofiz Tanish Buxoriy, Abdullanoma, 1-j., T., 1999; Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Ad ..Ahmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. Pismennыye pamyatniki, T., 1985; Bartold V. V., Sochineniya, 11(2) t., M., 1964.

Faxriddin Hasanov.


Lotin alifbosida maqola: ABDULLAXON II haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
ABDULLA QODIRIY
ANDIJON VILOYATI
ABULXAYRXON
AFROSIYOB


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты