ABUJAHL TARVUZI

ABUJAHL TARVUZI — qovoqdoshlar oilasiga mansub yoʻgʻon, tugunaksimon ildizli koʻp yillik oʻt. Poyasi chirmashuvchi yoki yer bagʻirlab yotuvchi, uz. 2—4 m. Barglari, asosan tuxumsimon, chetlari oʻyilgan, gullari sargʻish-oq; changchili gullari (7—15 tadan) poyaning yuqori qismida — shingidda, urugʻchili gullari (5—12 tadan) oʻsimlikning pastki qismida oʻrnashgan. Mevasi qora yoki qoʻngʻir, dumaloq, diametri 7—8 mm. Urugʻi yassi-tuxumsimon, mayda. May — iyulda gullaydi. Oʻrta Osiyo (jumladan Oʻzbekiston)da, Yevropada, Kavkaz, Eron va Skandinaviyada uchraydi. Abujahl tarvuzi — dorivor oʻsimlik; ildizida glikozidlar, kraxmal, oshlovchi modda, smola, mochevina, olma kislotaning tuzlari borligi aniqlangan. Abujahl tarvuzining gullamasdan qazib olingan yangi ildizidan tayyorlangan essensiya gomeopatiyada qoʻllanadi. Ildizining spirtdagi eritmasi xalq tabobatida ogʻriq qoldirish, jarohat, yaralarni davolash, yoʻtalni qoldirish hamda bod ogʻrigʻini yoʻqotish uchun ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: ABUJAHL TARVUZI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Ziyoda - Mayda-mayda
ANDIJON VILOYATI
ARMANISTON
AMIR TEMUR
ANJIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты