AMALIY ASTRONOMIYA — astrometriyannt astronomik kuzatishlar vositasida vaqt, geografik koordinatalar va turli yoʻnalishdagi azimutlarni aniqlovchi, ularning oʻzgarishini oʻrganuvchi boʻlimi. Amaliy astronomiya geodeziya va xaritografiya ehtiyojlari uchun geografik koordinatalarni aniqlash (astronomik geodeziya), navigatsiya (dengiz astronomiyasi), samolyotning havodagi koordinatalari va harakat yoʻnalishini aniqlash (aviatsiya astronomiyasi) bilan shugʻullanadi. Kosmik kemalarning sayyoralararo fazodagi vaziyatlarini aniqlash (q. Kosmik navigatsiya), shuningdek Oy sirtidan turib selenografik koordinatalarni aniqlash usullari ishlab chiqildi. 70-y. larda Amaliy astronomiyadan vaqt xizmati va kenglik xizmati ajralib chiqdi. Yerning sunʼiy yoʻldoshlarini kuzatish orqali geografik koordinatalarni aniqlash usullari muvaffaqiyatli ishlab chiqildi (q. Kosmik geodeziya). A. a. da qoʻllaniladigan usullar sferik astronomiyaning nazariy koʻrsatmalariga asoslangan. Amaliy astronomiyada universal asbob, Kuchma passaj asbobi, zenit teleskop, vertikal doira, prizmali astrolyabiya, dengiz va aviatsiya sekstanta, Yerning sunʼiy yoʻldoshlarini kuzatish uchun fotografik kamera va b. asboblar ishlatiladi. Vaqtni oʻlchash uchun kvars yoki mayatnikli soatlar, dengiz xronometrlari, vaqt signallarini qabul qiluvchi apparatlardan ham foydalaniladi. Aa. asboblarningtuzilishini asbob xatoliklarini tekshirish nazariyasini oʻz ichiga oladi.