ANDIJANSKAYA PRAVDA

«ANDIJANSKAYA PRAVDA» («Andijon haqiqati») — Andijon viloyati xrkimiyatining ijtimoiy-siyosiy gaz. Andijon sh. da rus tilida xaftada 2-marta chiqadi. Dastlab (1916-y. I iyulda) «Turkestanskiy golos» («Turkiston ovozi») nomi bilan nashr etilgan. Uni demokratik qarashlari bilan tanilgan Andijanskaya Pravda Chaykin oʻz mablagʻi hisobiga chiqargan (gaz. ga oʻzi muharrirlik qilgan). Gaz. Fargʻona vodiysidagi hayotni muntazam yoritib, Toshkent, Oʻsh, Petrograd, Moskva va b. shaharlardagi, shuningdek chet ellardagi voqealar bilan aholini tanishtirib borgan. Keyinchalik gaz. turlicha nomlangan (1918—21-y. larda «Izvestiya»). 1954-y. dan hoz. nomda. Gaz. da turli davrlarda R. A. Safarov, N. S. Korkin, P. P. Volkov, G. Kraynov, S. Beznosov kabi tanikli jurnalistlar faoliyat koʻrsatgan. 2000-y. 31-mayda «Andijanskaya pravda» tahririyati «Andijonnoma» gaz. tahririyatiga qoʻshildi. Gaz. viloyatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni, umuman Andijon aholisi hayotini izchil yoritib boradi. Adadi 2 mingga yaqin (2000).


Lotin alifbosida maqola: ANDIJANSKAYA PRAVDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XX asr boshida Turkiston...
ANDIJON VILOYATI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты