ARTRIT

ARTRIT (yun. arthron — boʻgʻim, itis — yalligʻlanish) — boʻgʻimlarning yalligʻlanishi. Asosiy kasallik (mas, spondiloartrit) yoki boshqa kasallik (mas, revmatizm) belgisi boʻlishi mumkin: bir (monoartrit) yoki bir necha boʻgʻim (poliartrit) zararlanadi. Infeksiya (tif, paratif, sil, brutsellyoz va b.), moddalar almashinuvining buzilishi, lat yeyish, surunkali kasalliklar (murtak bezlari, oʻrta quloq, burun yondosh boʻshliqlarining yalligʻlanishi, kasallangan tishlar) va b. sa-bab boʻladi. Intoksikatsiya (zaharlanish), sovqotish, odam organizmida mikroblarga qarshilik koʻrsatish qobiliyatining susayishi natijasida ham Artrit roʻy beradi. Oʻtkir, surunkali, allergik, yuqumli, revmatik (poliartrit), ekssudatli va b. A. farq qilinadi. Artritda boʻgʻimlar ogʻriydi, qizarib shishadi, shakli oʻzgaradi va harakati cheklanadi; yalligʻlangan boʻgʻim sohasida suyuqlik (ekssudat) yigʻiladi. Bemor darmonsizlanadi, harorati koʻtariladi. Kasallik endi boshlanayotganda davo (dori-darmon, davo fizkulturasi, massaj) qilinsa, bemor tezda sogʻayib ketadi.


Lotin alifbosida maqola: ARTRIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SQWOZ BAB, Kyivstoner - Тройничок
BRONXIT
BOʻGʻIM
BURUN
ANGINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты