ANTARKTIKA

ANTARKTIKA — Yer sharining Jan. kutb oblasti. Antarktikaga Antarktida materigi, Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining shu materikka tutash qismlari, shuningdek Antarktida yaqinidagi orollar kiradi. Antarktika tabiiy-geografik chegarasi taxm. 50 — 60° j. k. dan oʻtadi. Antarktika mayd. 52,5 mln. km2. A. da materik sayozligi boshqa materiklarga nisbatan chuqurroq (500 m), tik materik yon bagʻri chuq. 4000 — 5000 m li (eng chuquri 8428 m, Jan. Sandvich novida) keng botikdar shaklida davom etadi. Botiqlar suv osti togʻ tizimlari bilan bulingan. Bu tizmalarning baʼzi choʻqqilari okean yuzasidan koʻtarilib, kichikroq orollarni hosil qilgan (Buve, Kroze, Kergelen, Xerd, Makuori; Jan. Georgiya, Jan. Sandvich, Jan. Orkni o. guruhi).

Antarktika antarktika va subantarktika mintaqasida joylashgan. Antarktika iqlimi uning yuqori kengliklarda joylashganligi, shuningdek okean ustidagi antitsiklonlarning oʻzaro munosabati bilan belgilanadi. Siklonlarning shim. qismida gʻarbiy shamollar, jan. da esa sharqiy shamollar kuchli. Antarktika oblastining atmosfera sirkulyatsiyasi okean sirkulyatsiya tizimini yuzaga keltiradi. Antarktika shim. qismida kuchli Antarktika oqimi, jan. da aylanma siklon oqimlari hukmron. Qitadan shim. ga tomon dengiz muzlari va aysberglar iliq suvlargacha oqib chiqadi va eriydi. Qishda dengiz muzliklari 1000 km kenglikgacha ham tarqaladi, yezda esa qirgʻoq atroflarida harakatlanadi. Yiliga aysberglar koʻrinishida oʻrtacha 2000 km3 chuchuk muzlar okeanga tushadi. Antarktikaning ustki suvlari t-rasi qishda — 1,8° dan 2° gacha, yozda 2° dan 3,5° gacha, shoʻrligi 34% atrofida. Antarktika suvlari jonli organizmga boy. Antarktika oʻsimlik va hayvonot dunyosi alohida Antarktika biogeografik oblastini tashkil etadi. Xalqaro-huquqiy shartnomaga asosan Antarktikadan butun dunyo mamlakatlari umumiy va teng miqyosda, faqat tinchlik maqsadida foydalanishlari mumkin. Harbiy tadbirlarning barchasi (harbiy bazalar qurish, harbiy mashqlar oʻtkazish, yadro qurollarini sinab koʻrish, radioaktiv moddalar tashlash) taqiqlanadi. Shartnoma tufayli bu yerda erkin ilmiy tadqiqot ishlari olib borish mumkin. Antarktika xalqaro boshqaruvdan xolis.


Lotin alifbosida maqola: ANTARKTIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AFRIKA
AHOLI
ARMANISTON
Sardor Mamadaliyev - Hayot davom etadi
Abdurauf Olimov - Chaman ichinda bir gul


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты