AEROMAGNITOMEGR

AEROMAGNITOMEGR — Yerning magnit maydonini samolyot va b. uchish apparatlaridan oʻlchash uchun ishlatiladigan asbob. Ikki turi — induksion va ferrozondli Aeromagnitomegr qoʻllaniladi. Induksion Aeromagnitomegr larda oʻz oʻqi atrofida aylanadigan simlar oʻralgan gʻaltak sezgir oʻlchovchi element vazifasini bajaradi. Bu A. lar yer magnit maydoni kuchlanishining toʻliq qiymatini oʻlchashda qoʻllaniladi. Ferrozondli Aeromagnitomegr larda magnit jihatdan yumshoq qotishmalardan yasalgan temir oʻqida magnit toʻyinish holati hosil boʻlishi natijasida yer magnit maydoni kuchlanishining toʻliq qiymati oʻlchanadi. Oʻqi magnit jihatdan yumshoq qotishmadan yasaladi, oʻzi induksiyalanuvchi gʻaltak sezgir element vazifasini bajaradi. Bu sezgir element oʻlchash vaqtida avtomatik ravishda yer magnit maydonining toʻliq vektori yoʻnalishiga moslanadi. Samolyot magnit taʼsiridan qutulishi uchun Aeromagnitomegr gondolada samolyotga shatak kilinadi. Aeromagnitomegr temir konlarini, neft va gaz konlarini AMM-13 markali ferrozondli aeromagniton izlashda qoʻllailadi.


Lotin alifbosida maqola: AEROMAGNITOMEGR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVIATSIYA
Tushda uchsa nimani bildirishi haqida.
BUYUK BRITANIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты