AYB

AYB (huquqda) — javobgarlikka tortishning zarur sharti. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxs qonuniy tartibda aybi sudda oshkora koʻrib chiqilib, aniqlanmaganiga qadar Ayb li emas, deb hisoblanadi (OʻzR Konstitutsiyasining 26-moddasi). Jinoyat sodir etishda Ayb dor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi (OʻzR JK 4-moddasi). Jinoyat sodir etishda Ayb dor boʻlgan shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi odilona boʻlishi, yaʼni jinoyatning ogʻir-yengilligiga, Aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi, hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas (OʻzR JKning 8-moddasi). Maʼlum yoshga toʻlgan, akli raso shaxs qonunda belgilangan tartibda Aybi isbotlangan va OʻzR JK bilan taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) uchungina javobgar boʻladi, shuningdek qilmishida jinoyat tarki-bining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart(8—10-; 14-; 16—18-moddalar). OʻzR JKda nazarda tutilgan jinoiy qilmishni shaxs qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etishda Ayb li deb topilishi mumkin (20—23-moddalar). Agar shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham boʻlmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga koʻzi yetmagan va ishning holatlariga koʻra koʻzi yetishi mumkin va lozim ham boʻlmagan boʻlsa, bunday qilmish Ayb siz holda sodir etilgan deb topiladi (24-modda). Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish shaxsning javobgarligini va uni Ali deb topishni istisno qiladi. Jinoyatni oxi-riga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari boʻlsa, shu jinoyat uchun javobgarlikka tortilishi va Ayb li deb topilishi mumkin (OʻzR JK 26-moddasining 1—2—3-qismlari). OʻzRJPK 2-moddasi talabiga koʻra, Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalaridan biri Aybi boʻlmagan hech bir shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi shartligi toʻgʻrisida koʻrsatma berishdir. Buning uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligi, uning sodir etilishida kim Ayb dorligini, shuningdek u bilan bogʻliq barcha holatlarni aniqlashi shart (OʻzR JPK 22-moddasining 1-qismi). Gumon qilinuvchi, Ayb lanuvchi va sudlanuvchi jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi oʻtkazilgan ish boʻyicha jinoiy hodisa yuz bermagan boʻlsa, uning qilmishida jinoyat tarkibi boʻlmasa va uning sodir etilgan jinoyatga daxli boʻlmasa, Ayb siz deb topilishi va reabilitatsiya kilinishi shart (OʻzR JPK 83-modda). Gumon qilinuvchining u sodir etgan jinoyat haqidagi koʻrsatuvlari va Ayb lanuvchining oʻz aybiga iqror boʻlishi mavjud toʻgʻri, eʼtirozeiz va xolis dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina uni Ayb lash, sud tomonidan Ayb li deb topish uchun asos boʻla oladi (OʻzR JPK 112-moddasining 1-qismi). Aybni boʻyniga olish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning I 2-moddasi asosida baholanib, u toʻgʻri, haqqoniy, eʼtirozeiz va xolis dalil deb topilgandagina sudlanuvchini Ayb li deb topish uchun asos qilib olinishi mumkin (q. Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz). Shaxsni toʻla yoki qisman reabilitatsiya etilishining mulkiy va b. oqibatlari OʻzR JPKning 302—313-moddalarida batafeil koʻrsatilgan. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov tamomlanib ish Ayb lov xulosasi bilan sudga yuborilganda, sud (sudya) OʻzR JPK 396-moddasining 2-bandi talabiga koʻra, unda Ayb lanuvchining reabilitatsiya etish asoslari mavjud boʻlsa, ishni sudda koʻrish uchun tayinlamasdan uni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi lozim. Reabilitatsiya asoslari ish sudda koʻrish uchun tayinlangandan soʻng maʼlum boʻlsa, ishni tugatish ushbu Kodeksning 401-moddasi talabi asosida hal qilinadi. Sud (sudya) ish boʻyicha ayblov hukmi chiqarsa, ushbu hukmda sudlanuvchini OʻzR Jinoyat kodeksining tegishli moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (jinoyatlarni) sodir etganlikda Ayb li deb topish masalasini hal qilishi lozim (OʻzR JPKning 457-moddasi). Agar sud ish boʻyicha oqlov hukmi chiqarsa, sudlanuvchini Ayb li deb topishi mumkin emas (OʻzR JPKning 464, 470-moddalari). Agar oklangan sudlanuvchi qamoqda boʻlsa, u oqlov hukmi eʼlon qilinishi b-n qamoqdan ozod etilishi lozim (474-modda).


Lotin alifbosida maqola: AYB haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
AQLI RASOLIK
ADVOKAT
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
ARIZA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты