AKRIDIN (dibenzopiridin) , och sariq rangli ignasimon kristallar. Qaynash t-rasi 346°. Organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda erimaydi. Eritmalari havo rang tusda fluoressensiyalanadi. Akridin toshkoʻmir smolasida uchraydi. Kuchli mineral kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Kimyoviy barqaror, 280° gacha konsentrlangan xlorid kislota va oʻyuvchi kaliy ishtirokvda qizdirilganda ham oʻzgarmaydi. Uning baʼzi hosilalari qimmatbaho boʻyoq, ayrimlari (akrixin, rivanol) esa biologik moddalardir.