AKUSHERLIK

AKUSHERLIK — klinik tibbiyotning bir sohasi. Homiladorlik, tugʻruq vaqtida va tugʻruqdan keyin (chilla davrida) ayol organizmida sodir boʻladigan fiziologik va patologik jarayonlarni oʻrganadi. Asosiy vazifasi: tugʻruqqa yordam berish, homiladorlik kasalliklari (mas, toksikozlar)da tugʻruq, tugʻruqdan keyin (tugʻruq vaqtidagi shikastlar, qon ketishi va b.) yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlarning oldini olish, asoratlar paydo boʻlganda esa ayolga, homila va yangi tugʻilgan chaqaloqqa tibbiy yordam koʻrsatishning eng maqbul usullarini ishlab chiqishdan iborat. Bu vazifani kasalxonalar, tugʻruqxonalar yoki qishloq vrachlik punktlarida akusher-vrach yoki akusherka bajaradi. Akusherlik — tibbiyotning qad. sohalaridan biri. Tibbiyotga oid qad. kitoblarda (mas, «Ayurveda») tugʻruqqa yordam berishning ayrim usullari keltirilgan. Abu Ali Ibn Sino oʻzining «Tib qonunlari» asarida xotin-qizlar gigiyenasi va kasalliklariga, jumladan Akusherlikka alohida bob ajratgan. Ilmiy Akusherlik 17—18 – a. lardan boshlab anatomiya, embriologiya, fiziologiya va klinik tibbiyot sohasidagi yutuqlar bilan bogʻliq holda rivojlanmoqda. Akusherlik bilan ginekologiya bir butun fandir. 19 – a. da efir va xloroformdan ogʻriqsizlantirish maqsadida foydalanish, infeksiyaning tarqalish yoʻllari va unga karshi kurash usullarining kashf etilishi Akusherlikning taraqqiy etishiga turtki boʻldi. Akusherlikda jarroxlik usullari keng qoʻllanila boshlandi. 20-a. da kimyo, fiziologiya, bakteriologiya va b. nazariy fanlar yutuqlarining Akusherlikda joriy etilishi Akusherlikning bir qancha masalalarini, mas, homiladorlik fiziologiyasi va diyetetikasi, tugʻruqni ogʻriqsizlantirish, homiladorlarda kechadigan ayrim kasalliklar, toksikozlar, anemiya va b. ni chuqurroq anglash imkonini berdi. OʻzR da Akusherlik ijtimoiy masala darajasiga koʻtarilib, ona va bolalikni muhofaza qiladigan juda koʻp muassasalar ishlab turibdi. Akusherlik oliy va oʻrta tibbiyot oʻquv yurtlarida fan sifatida oʻqitiladi.


Lotin alifbosida maqola: AKUSHERLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BERUNIY
ANDIJON VILOYATI
AMIR TEMUR
ALGEBRA
Yulduz Usmonova - Ayol


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты