ALIXONTOʻRA

ALIXONTOʻRA Shokirxoʻja oʻgʻli (taxallusi Sogʻuniy; 1885. 21.3, Toʻqmoq — 1976.28.2, Toshkent) — din va jamoat arbobi, ulamo. Arabiston (Madina)da va Buxoro madrasalarida tahsil oldi. Chor maʼmuriyatining yerli aholini mardikorlikka olish siyosatiga qarshi chiqqanligi uchun podsho maxfiy politsiyasi taʼqibida boʻldi. 1916-y. qoʻzgʻoloni shafqatsizlarcha bostirilgach siyosiy muhojir boʻlib Qashqar (Xitoy)ga ketdi, keyin Sharqiy Turkiston (Gʻulja sh.)ga bordi. Omma orasida hurriyat gʻoyalarini targʻib qilganligi sababli 1937-y. Xitoy maʼmurlari tomonidan hibsga olinib, umrbod qamoq jazosiga hukm etildi. 1941-y. adliyaviy taftish natijasida ozod qilindi. 1944-y. 12 noyab. da Sharqiy Turkiston jumhuriyati eʼlon qilinib, A. Muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylandi. Milliy qoʻshin tashabbuskori boʻldi va unga qoʻmondon etib tayinlandi. 1946-y. iyunda shoʻro aygʻoqchilari tomonidan maxfiy ravishda tazyiq bilan Gʻuljadan olib chiqib ketilgan Alixontoʻra umrining oxirigacha Toshkentda yashadi. Ahmad Donishning «Navodir-ul vaqoye», Darvish Ali Changiyning «Musiqa risolasi», shuningdek «Temur tuzuklari» kabi asarlarni tarjima qildi. Alixontoʻraning «Devoni Sogʻuniy» sheʼriy toʻplami, «Tarixi Muhammadiy», «Shifo ul-ilal» («Xastaliklar davosi») va b. asarlari bor. A. tarixiy meʼmorlik obidalari va qad. qoʻlyozmalarni saqdab qolishda jonkuyarlik qilgan. Toshkentdagi Shayx Zayniddin bobo qabristoniga dafn etilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Alixontoʻraning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi oʻrta maktabga, Chilonzor tumanidagi mahallaga, Shayxontohur tumanidagi koʻchaga uning nomi berildi.

As: Tarixi Muhammadiy, 2 jild, T., 1991; Tarixi Muhammadiy [2-nashri], T., 1997. Ad.: Vatan tuygʻusi (toʻplam), T., 1997.


Lotin alifbosida maqola: ALIXONTOʻRA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
FRANSIYA
JADIDCHILIK
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты