AMORTIZATSIYA

AMORTIZATSIYA (lot. amortisatio — qoplash) , asosiy kapital (fondlar) amortizatsiyasi — asosiy kapital (mashina, mexanizmlar, jihozlar, binolar, inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarga oʻtib borishi. Asosiy vositalar moddiy yoki jismonan va maʼnaviy eskiradi. Moddiy eskirish mehnat vositalaridan foydalanish jadalligi va uning korxonada ishlatilgan muddatlari bilan belgilanadi. Maʼnaviy eskirish texnika taraqqiyoti natijasida mehnat vositalarining arzonlashuvi hamda iqtisodiy jihatdan mukammal boʻlgan yangi mehnat vositalarining yaratilishi va joriy qilinishi bilan bogʻliq. Amortizatsiya meʼyori asosiy fondlar turiga, xizmat qilish muddatlariga koʻra tabaqalashtiriladi. Amortizatsiya qiymati mahsulotning i. ch. tannarxiga kiritib boriladi. Mahsulot sotilgach, bu qiymat amortizatsiya ajratmalari koʻrinishida eskirgan jihozlar oʻrniga yangisini sotib olish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar summasi tarzida jamgʻariladi.


Lotin alifbosida maqola: AMORTIZATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ASOSIY FONDLAR
AMIR TEMUR
BERUNIY
ANDIJON VILOYATI
AVIATSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты