ANDIJON TEATRI

ANDIJON TEATRI, Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatri — toʻngʻich oʻzbek professional teatrlaridan. 1919-y. noyab. — dek. ida Hamza Hakimzoda Niyoziy boshchiligida «Yagona truppa» nomi bilan rasman ish boshlagan. Truppaning tashkiliy, ijodiy takomilida T. Jalilov, Andijon teatri Azimov (Otash), B. Fayziyev, Orifjon Toshmatov (Orif Garmon), M. Najmiddinov, Isʼhoqqori Karimov kabi sozanda, bastakor va hofizlar, shuningdek S. Ziyoyev, M. Karimov, B. Mashrabiy, A. Isroilov, F. Boybekov singari ijodkorlar munosib hissa qoʻshganlar. 1924-y. teatr «Umid» truppasi nomi bilan Andijon maorif boʻlimi ixtiyoriga olinadi. Truppaga A. Ismatov, Q. Oxunov, Hoji Zunnun kabi aktyorlar qoʻshiladi. Dastlab repertuar asosini maʼrifiy ruhdagi hajman katta boʻlmagan asarlar tashkil ettan. Truppa safida sozanda va ovozli aktyorlarning borligi jamoaga sof drama qatori musiqali drama spek-takllarini yaratish imkonini berdi. «Hind ixtilochilari» (A. Fitrat), «Padarkush» (M. Behbudiy), «Yorqinoy» (Choʻlpon), «Fidoiy muhabbat» (Sh. Rasulzoda), «Erk bolalari», «Yetim va yetima» (Gʻ. Zafariy), «Lolaxon» (K. Yashin) kabi spektakllar musiqaviy ifodaga, xalq qoʻshiqlariga boyligi bilan tomo-shabin eʼtiborini qozondi. Hamzaning «Zaharli hayot», Uygʻurning «Turkiston tabibi» kabi asarlari ham oʻrin oldi. Teatrga tajribali rej. lardan M. Tojizoda, Ali Ardobus, X. Qoriyev — Oʻgʻizlar taklif etidsi. 1920-y. lar re-pertuaridan rus bosqinchiligiga qarshi ohang bilan sugʻorilgan baʼzi pyesalarning uchrashi alohida eʼtiborga loyiq. K. Ramziyning «Vatan qahramo-ni», zanjirband etilgan ona timsolida «olami Turon» obrazini ifoda etuvchi «Ona Vatan», Behbudiyning «Padar-kush» kabi asarlari shular jumlasidan-dir. 1927-y. da teatr Andijon sh. davlat truppasi nomi b-n qayta tuziladi. Unga etnografik — konsert ansamblidan M. Qoriyoqubov, Tamaraxonim, G. Rahimova, Qoʻqon teatri artistlaridan M. Qoʻldoshev, L. Sarimsoqova, S. Xoʻjayev, U. Abdullayev, 1929-y. H. Nosirova, M. Azizova, Sh. Rahimova kabi sanʼatkorlar kelib qoʻshiladi. K. Yashin adabiy emakdosh, T. Jalilov musiqa rahbari etib tayinlanadi. «Halima» (F. Zafariy), «Layli va Majnun» (Xurshid), «Arshin mol olon» (U. Hojibekov), «Ikki boyga bir malay» (K. Goldoni), «Hujum» (V. Yan), «Malikai Turandot» (K. Gossi) kabi spektakllar truppaning professional sahna mahorati oshishida, oʻz ijodiy qiyofasiga ega boʻlishida muhim rol oʻynadi. 1931-y. da teatrga Y. Oxunboboyev nomidagi Ikkinchi oʻzbek davlat drama teatri nomi berildi. Teatrning 30-y. lardagi ijodiy rivojida badiiy rahbar I. Karimov, direktor M. Qoriyoqubov, musiqa rahbari T. Jalilov, adabiy emakdosh S. Abdulla, rej. R. Sultonovlar faoliyati alohida eʼtiborga molik boʻldi. Bosh rollarni oʻynagan A. Bakirov, H. Aminova («Nomus va muxabbat», «Makr va muhabbat»da Gʻulom, Onaxon, Ferdinand, Luiza), A. Ismatov («Rustam»da Rustam), Sh. Rahimova, M. Yunusov, Andijon teatri Ibrohimov («Oyxon», «Gulsara»da) va b. yirik drama akterlari sifatida ijod etdilar. 1937-y. Isʼhoq qori Karimov, R. Sultonov, S. Sayfiy, R. Rahimiy xalq dushmani sifatida qoralanib, hibsga olindilar va 1939-y. ga qadar bironta ham spektakl qoʻyilmadi. 1940-y. V. Azimov sahnaga qoʻygan «Tohir va Zuhra» spektakli teatr hayotida yangi bosqichga aylandi. U. Shekspirning «Romeo va Julyetta» fojiasining ilk bor A. t. da qoʻyilishi teatrning ulkan imkoniyatlarga ega ekanligini koʻrsatdi. «Shohi soʻzana» (A. Qaxxor), «Yurak sirlari» (B. Rahmonov), «Nurxon», «Ravshan va Zulxumor» (K. Yashin), «Qaroqchilar» (F. Shiller), «Chin muxabbat» (O. Yoqubov), «Alisher Navoiy» (Uygʻun, I. Sulton), «Xolisxon» (Hamza) kabi spektakllar oʻnlab isteʼdodli aktyorlar yetishib chiqishida oʻziga xos maktab boʻldi. A. Aminova, M. Ubaydumayeva, 60 — 70-y. larda H. Oxunova, U. Nuraliyev, H. Olimjonov, S. Ulugʻov, M. Qodirov, M. Boymatova va b. aktyorlarning teatrga kelib qoʻshilishi repertuarning boyishiga, jahon dramaturgiyasining yirik namunalariga oʻrin berishga imkon yaratdi. «Qirol Lir», «Richard III» (U. Shekspir), «Mehrobdan chayon» (A. Qodiriy), «Suv keltirgan aziz» (N. Safarov), «Yurakdagi tosh» (3. Muhiddinov), «Ona qizim» (Shuhrat), «Bobur» (3. Muhiddinov), «Boy ila xizmatchi» (Hamza), «Fargʻona tong otguncha» (M. Ismoiliy), «Toshbolta oshiq» (H. Gʻulom), «Temir xotin» (Sh. Boshbekov), «Nodira» (H. Razzoqov), «Chorraha» (A. Jabbor), «Alla» (T. Minullin), «Zebunniso» (Uygʻun) va b. teatrda qoʻyilgan eng yaxshi spektakllardir. Teatrda A. Aminova, H. Olimjonov, O. Saidburhonov, F. Hojiqulov, M. Boymatova, N. Hakimova, M. Yoʻldosheva, S. Umarov, O. Maxmudova, X. Soliyev, X. Yunusov, Sh. To-jiboyeva kabi sanʼatkorlar faoliyat koʻrsatmoqdalar. Teatrning bosh rejissyori va badiiy rahbari — Tolibjon Hamidov (1997).

Sotimboy Tursunboyev.


Lotin alifbosida maqola: ANDIJON TEATRI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
ANDIJON VILOYATI
TOSHKENT
TEATR
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты