ANESTEZIYA

ANESTEZIYA (yun. an — inkor qoʻshimchasi va aisthesis — sezgi, his etish) — sezgini yoʻqotish, ogʻriqsizlantirish. Sunʼiy Anesteziya koʻpincha jarrohlikda va b. hollarda qoʻllaniladigan ogʻriqsizlantirishdir. Umumiy hamda mahalliy turlari bor. Umumiy Anesteziya — umumiy narkoz; kimyoviy moddalar, elektr toki yoki ruhiy taʼsirot yordamida bemorni uxlatib ogʻriqsizlantirish. Mahalliy Anesteziya dorilar, fizik yoki mexanik omillar yordamida periferik nerv sistemasining biror boʻlagiga taʼsir qilib, uni ogʻriq sezmaydigan qilib qoʻyishdir. Nerv tolalarini siqish bilan ham ogʻriqsizlantirish mumkin.


Lotin alifbosida maqola: ANESTEZIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NERV SISTEMASI
NARKOZ
KIMYO
TIBBIYOT
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты