ASKARIDALAR

ASKARIDALAR (Ascarididae) — toʻgarak chuvalchanglar oilasi. Umurtqali hayvonlar va odam ichagida parazitlik qiladi. 9 urugʻni oʻz ichiga oladi. Tipik urugʻi (Ascaris)ra 18 turi kiradi. Odatda odam askaridasi (A. Lumbricoides) va choʻchqa askaridasi (A. suum) koʻp uchraydi. Odam askaridasi erkagining uz. 15 — 25 sm, urgʻochisi 25 — 40 sm. Bir sutkada ichakka 200 mingdan ortiq tuxum qoʻyadi. Tuxumlari axlat bilan tashqi muhit (tuproq yoki suv)ga tushadi. U yerda yetilgan tuxum sabzavot va mevalar orqali yana ichakka tushadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar ichak vorsinkalari orqali qonga, qon orqali oʻpkaga, yoʻtal tutganda u yerdan xalqumga chiqadi va yana yutilib ichakka tushadi, 2 — 2,5 oyda voyaga yetadi. Urgʻochi askarida har 2 — 2,5 oyda tuxum qoʻya boshlaydi. Askaridalar askaridoz deb ataladigan xavfli kasallikni pay-do qiladi. Ichakdagi askaridani tushirish maqsadida surgi dorilar va antigelmintlar ishlatiladi. Askarida tuxumini yuqtirmaslik uchun sanitariya va gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish lozim.

Askaridalar parrandalar (tovuq, kurka, kaptar va b.)da ham uchraydi. Bunda kasallaygan tovuqlarning tuxum qilishi kamayadi, oʻsishi sekinlashadi. Davosi: don bilan piperazin tuzi qoʻshib beriladi, nilverm, panakur va b. Preparatlar qoʻllaniladi. Oldini olish: kasallik tarqalgan xoʻjaliklarda degelmintizatsiya oʻtkaziladi (oyda bir marta), goʻng biotermik zararsizlantiriladi va b. chora-tadbirlar qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: ASKARIDALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ASKARIDOZ
BIOLOGIYA
ALISHER NAVOIY
BOBUR
BALIQLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты