ASKARIDOZ

ASKARIDOZ — toʻgarak chuvalchanglar (askaridalar) keltirib chiqaradigan gijja kasalligi. Askaridalar ancha yirik boʻlib, odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Bolalarda koʻproq uchraydi. Bemor Askaridoz tarqatuvchi manba hisoblanadi. Kasallik askarida tuxumlari bilan ifloslangan sabzavotlar, qaynatilmagan suv, kir qoʻl orqali yuqadi. Kasallikning ilk davri koʻpincha umumiy alomatlar bilan kechadi: darmonsizlik, yoʻtal, harorat koʻtarilishi, eshak-yem toshishi mumkin. Keyinchalik bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, meʼda-ichak faoliyatining buzilishi (koʻngil aynishi, qusish, koʻp soʻlak oqishi), oʻta toliquvchanlik, kechasi qoʻrqish alomatlari namoyon boʻladi; bolalar uyquda tishini gʻijirlatadi, ularda kamqonlik, asabiylashish va b. kuzatiladi. Askaridalarning oʻt yoki meʼda-ichak yoʻllariga kirishi natijasida yiringli xoletsistit, jigar abssessi, peritonit, sepsis, oʻtkir pankreatit, appenditsit, ichak tutilishi va b. asoratlar yuzaga kelishi mumkin. Askaridozga vrach nazorati ostida davo qilinadi. Kasallikning oldini olishda ozodalik va sarishtalikka amal qilish lozim.


Lotin alifbosida maqola: ASKARIDOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DIZENTERIYA
BOLALAR ADABIYOTI
APPENDITSIT
ANKILOSTOMIDOZ
ASKARIDALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты