APPENDITSIT

APPENDITSIT — appendikentg yalligʻlanishi. Mikroblar oʻsimtaga turli yoʻllar bilan kiradi, ayrim sabablarga kura ularning patogenlik xususiyati oshib, oʻsimta shilliq qavatlaridan ostki qismiga oʻtib, uni yalligʻlantiradi. Appenditsit bilan turli yoshdagi kishilar ogʻrishi mumkin. Appenditsit oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir Appenditsitning kataral, yiringli, gangrenoz turlari boʻlib, oʻsimtaning teshilishi, peritonit, appendikulyar infiltrat, abssess kabi hayot uchun xavfli asoratlari kuzatiladi. Kasallik boshlanishida oʻng biqin sohasi toʻsatdan sanchib ogʻriydi va asta-sekin zoʻraya boradi; bemorning koʻngli ayniydi, qayt qiladi, tomiri tez uradi, harorati koʻtariladi. Oʻng yon bosh sohasini qoʻl b-n bosib koʻrilganda, ogʻriq zoʻrayishi va oʻng tomondagi muskullarning taranglanishi aniq seziladi. Qonda leykotsitlar koʻpayadi. Appenditsit aniqpangandan keyin yalligʻlangan oʻsimta darhol jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi. Oʻtkir Appenditsit operatsiya qilinmaganda kasallik belgilari kamayib, asoratlar roʻy bermasa, chuvalchangsimon oʻsimtadagi oʻzgarishlar qisman yoʻqolib, kasallik surunkali tus oladi.

Bolalarda ogʻriq kuchli, kari kishilarda esa sust boʻladi. Qorinda qattiq ogʻriq turishi koʻpincha Appenditsitga xosdir, shuning uchun bunday hollarda zudlik bilan vrach chaqirish lozim.


Lotin alifbosida maqola: APPENDITSIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BRONXIT
ALISHER NAVOIY
DIZENTERIYA
Hamdam Sobirov - Qayt
ANGINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты