ANKILOSTOMIDOZ

ANKILOSTOMIDOZ — odam ichagida parazitlik qiladigan yumaloq chuvalchanglar — ankilostomidlar qoʻzgʻatadigan gijja kasalligi. Issiq iqlim kasalliklaridan. Ankilostomidoz belgilari kasallik yuqqanidan 2—3 oy keyin namoyon boʻladi. Asosan meʼda-ichak faoliyati buzilib, darmonsizlik, mehnatga layoqatsizlik, baʼzan ogʻir shakldagi kamqonlik, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, bolalarda jismoniy va akliy jihatdan oʻsishning orqada qolishi va b. kuzatiladi. Bemor kasalxonada davolanadi.


Lotin alifbosida maqola: ANKILOSTOMIDOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ASKARIDOZ
DIZENTERIYA
BRONXIT
CHURRA
ANKILOSTOMIDLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты