ARAVA

ARAVA, aroba — yuk va odam tashishga moʻljallangan, ulov qoʻshib ishlatiladigan qad. transport turi. Arava shoti (aravashoti), tegarchik (gʻildirak) va oʻq kabi asosiy qismlardan tuzilgan. Shoti 4,5 m cha uzunlikdagi ikkita otyogʻoch (otliq), 8 ta pogona, ikki soʻloq va aygʻizdan iborat. Otyogʻochlar mirza-terakdan ishlanadi. Shoti (oraligʻi 70 — 80 sm) uchlarida ot boʻyinchasini mahkamlashga xizmat qiladigan bittadan teshiklari boʻladi. Tegarchik (gʻildirak) gupchak, toʻgʻin, kegay, bellik, aravatemir, aravamix va yostiq kabi qismlardan iborat. Aravatemir, aravamixlar temirdan, boshqa qismlar qayragʻochning chayir turi (bujun)dan yasaladi. Oʻq — yoʻgʻonligi 40 sm, 2,5 m uzunlikdagi silliqlangan yogʻoch boʻlib, ikki uchi tegarchik gupchagiga kiritiladi va ustiga aravashoti mindiriladi. Yurganda shoti jilib ketmasligi uchun uning ostiga soʻloq oʻrnatiladi. Aravalar ikki, uch va toʻrt gʻildirakli boʻladi. Qoʻshiladigan ulovga koʻra, ot Arava, tuya A., hoʻkiz A., eshak A. kabi xillari farkdanadi. Baʼzi Sharq mamlakatlari (Birma, Vyetnam, Hindiston)da odam (riksha) tortadigan ikki gʻildirakli Aravalar ham bor. Shakli va tuzilishiga koʻra, ochiq Arava, soyabonli Arava, agʻdarma Arava, katta gʻildirakli qoʻqon A., kichik gʻildirakli koʻtak Arava va b. xillari bor. Xorazm A. lari shaklan boshqacharoq boʻlgani uchun xorazmcha Arava deyiladi.

Aravaning ilk namunalari mil. av. 3-ming yillik oxiriga toʻgʻri keladi. Yevrosiyo va Shim. Afrika hududlaridan Arava tasvirlari koʻplab topilgan. Jangovar Aravalar qad. Sharq davlatlari — Bobil, Xitoy, Hindiston va b. mamlakat qoʻshinlarida boʻlgan. Qad. hind qahramonlik eposi «Mahabharata» (mil. av. 10 — 8-a. lar)da bayon qilinishicha, Shim. va Jan. Hindiston xalqlari ishtirok etgan buyuk jangda jangovar Arava larda jang qilingan. Aleksandr (Iskandar Zulqarnayn) ham oʻz yurishlarida Aravadan keng foydalangan. Misrliklar ikki gʻildirakli bir kishilik Arava larda urushishgan. Oʻzbekiston hududidan sopoldan ishlangan toʻrt gʻildirakli (Oltintepa qad. shahar xarobasi, mil. av. 4-ming yillik — 2-ming yilliklar), quyma oltindan moʻjaz ishlangan ikki gʻildirakli (Amudaryo xazshasi, mil. av. 4 — 2-a. lar) Aravalar topilgan, Afrosiyob devoriy rasmlarida jangovar Arava tasvirlangan, «Boburnoma»da yozilishicha, urushlarda Aravadan mudofaa vositasi (chep) sifatida foydalanilgan.

Dunyo xalqlarining kundalik hayotida Aravaning ahamiyati beqiyos katta boʻlgan. Avtomobil va b. transport vositalari yaratilgunga qadar Arava asosiy transport vositasi hisoblangan. Hozir ham xalq xoʻjaligida, ayniqsa, qishloq joylarda Aravadan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: ARAVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVTOMOBIL TRANSPORTI
ALISHER NAVOIY
AVTOMOBIL
AMIR TEMUR
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты