AVTOMOBIL (avto… va lot. mobilis — harakatchan) — dvigatel yordamida harakatga keltiriladigan relssiz transport vositasi. Yoʻlovchilar va yuk tashishga moʻljallangan.
1751 — 52 y. larda Nijniy Novgorod gubernyasi (Rossiya) dehqoni Leontiy Shamshurenkov ikki kishi oyogʻi bilan yurgiziladigan «oʻziyurar aravacha» qurdi. I. P. Kulibin bir qancha muhim mexanizmlarni, mas, uzatmalar qutisini taklif qildi. Bugʻ mashinasi paydo boʻlgandan keyin ixtirochilar undan mexanik aravada foydalanishga harakat qildilar.
1769 — 70 y. larda fransuz harbiy muhandisi N. J. Kyunyo artilleriya toʻplari uchun 3 gʻildirakli bugʻ aravasi qurdi. Algliyada 1802-y. da Trevitnik bugʻ mashinasi oʻrnatilgan Avtomobil qurdi. 1830-y. da rus ustasi K. Yankevich bugʻ Avtomobil lariga temirdan yasalgan 100 dan ortiq gaz quvurli bugʻ qozoni oʻrnatishni taklif etdi. Akkumulyatordan tok olib ishlaydigan elektr dvigatelli Avtomobillar bilan ham koʻpgina tajribalar oʻtkazildi. Ichki yonuv dvigateli ixtiro qilingandan keyin Avtomobillar muntazam rivojlantirila boshlandi. Avtomobil larga benzin va kerosin bilan ishlaydigan dvigatellar oʻrnatish borasida turli mamlakatlarning koʻpgina ixtirochilari ish olib bordilar. 1885 — 86 y. larda Germaniyada Daymler benzin b-n ishlaydigan dvigatelni mototsiklga, Bens esa uch gʻildirakli Avtomobilga oʻrnatdi. Temir gʻildiraklar oʻrniga yaxlit rezina shinalar, 1890-y. dan esa pnevmatik rezina shinalar ishlatila boshladi. Avtomobilsozlik dastlab Fransiyada, soʻngra AQSH, Germaniya va Yaponiyada rivojlandi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng avtomobil sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga qoʻshildi. Asaka sh. (Andijon viloyati) da Janubiy Koreyaning DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda barpo etilgan «OʻzDEU avto» qoʻshma korxonasida 1996-y. dan boshlab «Neksiya», «Damas» va «Tiko» yengil avtomobillari ishlab chiqara boshlandi. 1999-y. da Samarqandda ishga tushgan «SamKochAvto» oʻzbek-turk qoʻshma korxonasi M23.9, M24.9, M29 rusumli avtobuslar va 35.9, 65.9, 80.12, 85.12, 85.14 rusumli har xil yuk avtomobillari ishlab chiqaradi (q. Avtomobil sanoati).
Avtomobil turlari. Avtomobilning transport, maxsus va poygaga muljallangan xillari bor. Transport Avtomobil lari yengil Avtomobil, avtobus va yuk Avtomobil larga boʻlinadi. Maxsus Avtomobil maʼlum ishlar uchun moʻljallanadi va tegishli uskunalar bilan jihozlanadi. Oʻt oʻchirish, un tashish, sement gashish, sanitariya A. lari, axlat tashiydigan, avtokranlar, avtoyuklagichlar va b. maxsus Avtomobillar shular jumlasidan. Poyga A. sportda ishlatiladi. Yengil Avtomobil 2 dan 8 tagacha oʻrinli boʻladi. Ular berk kuzovli (sedan va limuzin), ochiq kuzovli (faeton) va ochiladigan kuzovli (kabriolet) boʻlishi mumkin. Yuk A. 0,25 t dan 100 t gacha va undan ortiq yuklarni tashiydigan kuzovli, tirkamalar, yarim tirkamalarni tortish uchun muljallangan kuzovsiz boʻladi. Oʻtuvchanligi boʻyicha tekis va qiyin yoʻllarda yuradigan, harakatlanuvchi qismning tuzilishi boʻyicha gʻildirakli, gʻildirak-gusenitsali, yarim gusenitsali, pnevmatik galtakli va b. xillarga boʻlinadi.
Avtomobil tuzilishi. Avtomobil dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqarish mexanizmi, elektr jihozlar, kuzov yoki kabinadan iborat. Dvigatelning turiga qarab, bugʻli Avtomobil (keng tarqalmadi), benzinli Avtomobil (yengil va yuk Avtomobil), dizelli Avtomobil (yuk Avtomobil, avtobuslar, yengil Avtomobil), gaz-ballonli avtomobil (yengil, yuk Avtomobil, avtobuslar), gaz generatorli avtomobil (ogʻir yuk tashiydigan Avtomobil), akkumulyatorlar batareyasida ishlaydigan Avtomobil (elektromobillar) xillarga boʻlinadi (yana q. Avtomobil dvigateli). Transmissiya (kuch uzatmasi) dvigatelning aylantiruvchi momentini Avtomobilning harakatlantiruvchi qismiga (gʻildiraklar, gusenitsalar va b. ga) uzatadi. Uning mexaniq elektr-mexaniq gidromexanik xillari bor. Mexanik transmissiya eng kengtarqalgan. U, odatda, tishlashish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, bosh uzatma, differensialyaan tashkil topadi. Yurish qismi rama, osma, oʻq (koʻpriklar) va gʻildiraklardan iborat. Ramaga kuzov, kabina, dvigatel, uzatmalar qutisi va b. mexanizm va uzellar mahkamlanadi. Yengil Avtomobil va avtobuslarda kuzovi rama vazifasini bajaradi. Osma rama (kuzov) bilan oʻqlarni elastik boglaydi va dinamik kuchlarni yumshatadi. Gʻildiraklarning mustaqil osmasi keng tarqalgan. Boshqarish mexanizmlariga rul boshqarmasi va tormoz tizimlari kiradi. Rul boshqarmasi Avtomobilning harakat yoʻnalishini oʻzgartirish uchun xizmat qiladi. Rul chambaragi burilganda valni, val esa oʻz navbatida rul mexanizmlarini, u esa sapfalarga oʻrnatilgan old gildi-raklarni buradi. Avtomobilni boshqarishni yengillashtirish uchun rul yuritmasiga gidravlik, pnevmatik yoki gidropnevmatik kuchaytirgich oʻrnatiladi. Tormoz tizimi Avtomobil harakatini sekinlashtirish, toʻxtatish va bir joyda toʻxtatib turish (qoʻl tormoz yerdamida) uchun xizmat qiladi. Ish tormozi barcha gʻildiraklarga taʼsir etadi. Har qaysi gʻildirakka gidravlik, pnevmatik yoki pnevmogidravlik yuritma bilan taʼsir etuvchi barabanli yoki diskli tormoz mexanizmi oʻrnatiladi. Tormozlash vaqtida friksion nakladkali tormoz kolodkalari gʻildiraklardagi tormoz barabanlari yoki disklarga qisiladi. Katta avtobuslar va ogir yuk Avtomobil lariga qoʻshimcha sekinlashtiruvchi tormoz oʻrnatiladi. Elektr jihozlar tok manbai (akkumulyatorlar batareyasi va dvigatelga oʻrnatilgan generator) va isteʼmolchilaridan iborat; dvigatelni oʻt oldirish va yurgizib yuborish tizimini ishlatish, tashqi va ichki yoritish, yorugʻlik va tovush signallari uchun zarur boʻladi.
Avtomobil konstruksiyalari borgan sari takomillashtirib borilmoqda. Avtomobil konstruksiyasi koʻpgina omillar, mas, yoʻl va iqlim sharoitlari, yoʻlovchilar soni hamda yuk hajmi va b. ni hisobga olib yaratiladi. Konstruktorlar Avtomobillarni loyihalashda ularning sigimi, puxtaligi, tejamliligi, bosh-qarish osonligi, shinamligi, oʻtagʻonligi va b. xususiyatlarini hisobga oladilar.
Capeap Qodirov.