AVIATSIYA DVIGATELI

AVIATSIYA DVIGATELI — uchish apparatlari (samolyot, vertolyot va b.) ni harakatlantiruvchi issiqlik dvigateli. Birinchi Aviatsiya dvigateli d bugʻ dvigateli edi; u 1885-y. da Aviatsiya Dvigateli Mojayskiy samolyotiga oʻrnatiddi. Keyingi Aviatsiya dvigateli barcha mamlakatlarda ichki yonuv dvigateli asosida loyihalana boshladi. Keyinchalik asosiy Aviatsiya dvigateli sifatida yengil dvigatel deb hisoblangan, benzin bilan ishlaydigan Aviatsiya dvigateli ishlatildi. 20-a. 40-y. laridan keyin gaz turbinasi va reaktiv dvigatelta oʻtildi.

Aviatsiya dvigateli havo vintining aylanishidan tortish kuchi hosil kiluvchi vintli , tortish kuchi reaktiv soplodan katta tezlik bilan chiqayotgan ish gazlaridan hosil boʻladigan reaktiv, asosiy tortish kuchi havo vinti bilan va qoʻshimcha (8—12%) yonish mahsulotlari oqimi hisobiga hosil qilinadigan turbovintli xillarga boʻlinadi. Vintli Aviatsiya dvigateli oʻz navbatida porshenli va turbovintli dvigatelga boʻlinadi. Uchish paytida turbovintli dvigatelga (1-rasm) kirayotgan havo bosim bilan diffuzor (kirish qurilmasi) da, keyin kompressor 2 da siqiladi, siqilgan havo kompressordan yonish kamerasi 3 ga oʻtadi. Bu yerga nasos forsunka orqali yonilgʻi purkaydi. Yonishdan hosil boʻlgan gazlar turbina soplosi 5 ga yoʻnalib, unda atmosfera bosimidan sal oshiqroq holatgacha kengayadi va tezligi oshadi. Soplodan chiqqan gazlar turbina 4 parraklariga urilib, unga havo vinti 6 ta kompressorni harakatlantirish uchun yetarli energiya beradi. Havo vinti optimal aylanishlar sonida aylanishi uchun dvigatel va havo vinti oʻqlari orasiga reduktor oʻrnatiladi.

Porshenli Aviatsiya dvigateli eng yaxshi takomillashgan samolyotga 750 km/soat gacha tezlik bera oladi. Porshenli Aviatsiya dvigateli tezligi katta boʻlmagan, yaʼni 200—500 km/soat tezlikda uchadigan samolyotlarga, turbovintli Aviatsiya dvigateli esa 500—800 km/soat tezlikda uchadigan samolyot va vertolyotlarga oʻrnatiladi. 2-jahon urushi oxirlarida paydo boʻlgan birinchi turboreaktiv dvigatellar samolyot tezligini 960 km/soat gacha oshirishga imkon berdi. Turboreaktiv Aviatsiya dvigatelida yonish kamerasiga forsunka orqali suyuq yonilgʻi purkaladi, kompressor bilan esa havo beriladi. Yonilgʻi yonganda kamerada bosim ortadi, qizigan gaz oqimlari soplo orqali oʻtib, gaz turbinasi parraklariga intiladi va turbinani aylanishga majbur qiladi.

60-y. larning ikkinchi yarmidan tik uchadigan va qoʻnadigan samoletlar uchun ancha yengil turboreaktiv Aviatsiya dvigateli yaratiddi. Turboreaktiv va turbovintli Aviatsiya dvigateli asosida ikki konturli turboreaktiv Aviatsiya dvigateli ishlab chiqildi. Bunday dvigatel tovush tezligidan sekin uchadigan samolyotlarda qoʻllanilib, undagi yonilgʻi sarfi turboreaktiv va turbovintli Aviatsiya dvigateli nikiga nisbatan kam. Tovush tezligidan sekin va tez uchadigan samolyotlarning sxemalari turlicha boʻladi. Tovush tezligidan tez uchadigan samolyotlardagi turboreaktiv Aviatsiya dvigatelida havo va gazning t-rasi ancha yuqori boʻladi. Unda uchuvchini dvigatelni boshqarishdan ozod qiladigan avtomat tizim bor. Uchish balandligidan qatʼi nazar yonilgʻi bosimi, gazlarning kirish oldidagi t-rasi va b. parametrlar risoladagidek tutib turiladi.

90-y. larda Aviatsiya dvigatelining tubdan yangi xillari yaratilgani yoʻq, baʼzi tuzilmaviy oʻzgarishlar qilindi.


Lotin alifbosida maqola: AVIATSIYA DVIGATELI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVIATSIYA
Tushda uchsa nimani bildirishi haqida.
ALISHER NAVOIY
AVTOMOBIL
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты