ASALSHIRALI OʻSIMLIKLAR

ASALSHIRALI OʻSIMLIKLAR, nektarli oʻsimliklar — asalari nektar va gulchangi yigʻib oladigan yopiq urugʻli oʻsimliklar, asalarilarning asosiy oziq bazasi. Nektarni gultoji yoki gulkosa barglar, tuguncha devori yoki gul oʻrnida joylashgan maxsus nektar bezlari ishlab chiqaradi. Ayrim oʻsimliklarda bunday bezlar barg bandi yoki gulyon barglarida, hatto poyada ham joylashgan. Nektar miqdori oʻsimlik turiga bogʻliq. Mac, bitta gul ishlab chikaradigan nektar miqdori Coryanthe turkumiga mansub tropik oʻsimlik — arxideyada 30 g gacha, joʻkada — 0,15 — 7,46 mg, kash-karbedada — 0,16 mg ga teng. Asalshirali oʻsimliklar gulidan yigʻilgan nektar va gul changini asalarilar va asalarisimonlar oilasiga mansub b. hasharotlar asalga va pergaga aylantiradi. Ayrim oʻsimliklar nektar bilan birga qatronga oʻxshash modda ham ajratadi. Arilar bu moddadan propolis (asalari yelimi) ishlab chiqaradi. Asalshirali oʻsimliklarning nektar i. ch. xususiyati evolyutsiya davomida kelib chiqqan boʻlib, oʻsimliklarning hasharotlar orqali chetdan changlanishga moslashuvidan iborat. Chetdan changlangan oʻsimliklar koʻp hosil beradi va ancha sifatli urugʻ qoddiradi. Koʻpchilik q. x. ekinlari, mas, oziq-ovqat va yem-xashak ekinlaridan grechixa, esparset, sebarga, beda, qashqarbeda, vika va b. ; moyli va efir moyli oʻsimliklar — kungaboqar, raps, anis, koriandr, yalpiz; tolali ekinlar — gʻoʻza, kanop; turli xil mevali daraxtlar, poliz va sabzavot ekinlari, sitrus oʻsimliklari, uzum va b. koʻp nektar hosil qiladi. Nektar i. ch. va hasharotlarning nektar yigishi Asalshirali oʻsimliklarning gullagan vaqtiga toʻgʻri keladi. Nektar i. ch. ning boshlanishi va uning miqdori iqlim, tuproq va ob-havo sharoitiga bogʻliq.

Oʻzbekiston sharoitida Asalshirali oʻsimliklarning yuzlab turi oʻsadi, ular orasida koʻp miqdorda nektar ajratib amaliy ahamiyatga ega boʻlganlari bir necha oʻn turdan iborat. Asalshirali oʻsimliklar botanik yoki xoʻjalik belgilariga, gullash muddati (mas, ba-horgi, yozgi, kuzgi) va oʻsadigan joyi yoki boshqa belgilariga qarab tasnif qilinadi. 1 ga maydonda hosil qiladigan nektar miqdori boʻyicha quyidagi oʻsimliklar amaliy ahamiyatga ega: joʻka va dala zarangi — 1000 kg, ingichka bargli zarang — 200 kg gacha, tol — 150 kg gacha, sariq akatsiya — 350 kg ga yaqin, mevali daraxtlar (olma, nok, olxoʻri, olcha, gilos) — 20 — 30 kg, rezavor mevalardan smorodina — 60 kg, malina – 200 kg, oʻtlardan grechixa — 60 — 90 kg, moyli ekinlardan kungaboqar — 30 – 40 kg; tolali ekinlardan gʻoʻza — 30 – 40 kg, yem-xashak ekinlaridan esparset — 90 — 400 kg, qashqarbeda — 300 kg, sebarga – 100 — 150 kg, beda — 100 kg nektar ishlab chiqaradi. Har xil muddatda gullaydigan oʻsimliklarni oʻstirish orqali bir joyning oʻzida surun-kasiga bir necha oy yoki mavsum davomida asal yigʻish mumkin. Oʻzbekiston sharoitida erta bahordan kech kuzgacha asal yigʻish uchun asalarilar bahorda efimer oʻsimliklar oʻsadigan dashtga, bahorning oxiri va yoz oylarida togʻ oddi va togʻ zonalari hamda ekinzorlarga koʻchiriladi.


Lotin alifbosida maqola: ASALSHIRALI OʻSIMLIKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ASALARISIMONLAR
AGROKIMYOVIY TAHLIL
AMIR TEMUR
Og'abek Sobirov - Onamga teng bo’la olmas
ASAL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты