ATOMNI UYGʻOTISH — atomni normal (risoladagi) energiya holatidan yuqori energiya holatiga oʻtkazish. Atomni yorugʻlik, issiqlik taʼsirida yoki elektronlar bilan bombardimon qilib uygʻotish mumkin. Atom bu jarayon natijasida maʼlum miqdordagi energiyani yutib, uning orbitasidagi elektronlar yukrri energiya holatiga oʻtadi. Mac, natriy atomini uygʻotish uchun 2 eV yoki 3,2 10~12 erg energiya kerak. Xona t-rasida atomlarning oʻrtacha kinetik energiyasi 5 • 10~14 erg ga teng, bu uygʻonish energiyasidan 100-marta kichik. Atomning uygotilganligini uning normal holatga oʻtishida maʼlum toʻlqin uzunligidagi yorugʻlik chiqarishidan bilish mumkin. Elektron bilan toʻqnashgan atom undan qabul qilib olgan ortiqcha energiyani bir oz takt davomida saqlab turib, soʻngra atrofdagi atomlar harakati taʼsirida uni qaytarib beradi va yana normal holatga oʻtadi. Agar gaz bosimi juda kichik boʻlsa, atom ortikcha energiyani yorugʻlik chiqarish bilan qaytarishi mumkin. Agar simob atomining birinchi kritik potensiali 4,9 eV ga teng boʻlsa, uni shunday energiyali elektron bilan bombardimon qilinganda uygotilgan holatga oʻtadi va, aksincha, normal holatga oʻtishi uchun uning ortikcha uygʻotish energiyasi yorugʻlik kvanta holida nurlanishi kerak. Siyraklashtirilgan simob bugʻini monoxro-matik yorugʻlik bilan nurlatilsa, atomning uygonishi (optik uygʻonish) roʻy beradi. Yutilgan yorugʻlik kvantining energiyasi qancha boʻlsa, atom qaytargan kvantning energiyasi ham shuncha boʻladi. Mac, natriy bugʻlarini sariq natriy spektr chizigʻiga mos yorugʻlik kvanta bilan nurlatilsa, u yana kayta shu sariq spektr chizigʻiga mos nur chiqaradi. Maxsus usullar yordamida atomlarni ikkinchi, uchinchi va b. yuqori kritik potensiallar (yuqori energiya holatlari)gacha uygʻotish mumkin. Bu atomning qayta chiqargan energiyasi turli toʻlqin uzunlikdagi yorugʻlik nuridan iborat boʻladi. Uchinchi termik (issiqlik vositasida) uygʻotish usuli yuqori t-ra taʼsiri bilan bogʻliq. Gaz alangasiga kiritilgan osh tuzining zarrasi alangani sariq rangli qilib koʻrsatadi. Spektroskop yordamida alangada natriyning sariq spektr chizigʻi borligini kuzatish mumkin.