AUYESKI KASALLIGI

AUYESKI KASALLIGI, soxta quturish kasalligi (venger vrachi A. Auieszky nomidan) — hayvonlarda markaziy nerv sistemasi va nafas organlarining shikastlanishi belgilari bilan oʻtadigan virusli yuqumli kasallik. A. k. b-n barcha sut emizuvchilar va qushlar kasallanadi. Kasallik ayniqsa, darrandachilik va choʻchqachilik xoʻjaliklariga katta zarar keltiradi. Auyeski kasalligi, asosan, ot, choʻchqa, qoramol, qoʻy-echki va itlarda yilning hamma faslida uchraydi. Kasallik koʻproq kemiruvchilar va etxoʻr (yirtqich) lar orqali tarqaladi; choʻchqalarga boshqa kasal hayvonlardan bevosita ham yuqadi. Viruslar qon va limfa bilan butun organizmga tarqaladi. Auyeski kasalligining inkubatsiya davri 1—8 kun. Kasallangan hayvon toʻsatdan lohas boʻladi, harorati koʻtariladi, ovqat yemay qoʻyadi, qichinadi, qoramol oz qoʻy-echkilardan koʻp soʻlak oqadi, halloslaydi, yurak urishi tezlashadi, mudrab yuradi va 3—5 kundan soʻng halok boʻladi.

Tashhis kasallikning klinik belgilari va lab. tekshirishlari asosida qoʻyiladi. Davosi: A. k. yuqkan hayvonlarga gammaglobulin; qaytalanmasligi uchun penitsillin, streptomitsin beriladi. Oldin i olish: hayvonlar emlanadi, Auyeski kasalligi tarqalganligi aniqlangan xoʻjalik karantin zonasi deb eʼlon qilinadi. Epizootiyaga qarshi chora-tadbirlar oʻtkaziladi. Kasal va tuzalgan hayvonlar boshqa joyga olingach, molxonalar 1% li formaldegid eritmasi, yangi soʻndirilgan ohakning 20% eritmasi bilan dezinfeksiya qilinadi.


Lotin alifbosida maqola: AUYESKI KASALLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOTULIZM
AMIR TEMUR
AVSTRALIYA
ANDIJON VILOYATI
AMUDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты