AVSTRALIYA

AVSTRALIYA (lot. australis — janubiy) — Jan. yarim sharda joylashgan materik.

Umumiy maʼlumot. A. shim. dan jan. ga 10°4G (York boʻrni) bilan 394 G (Jan.Sharqiy burun) j. k. lar oraligʻida 3200 km ga, gʻarbdan sharqqa 4100 km ga 113°05ʻ shq. u. (Stip-Poynt boʻrni) bilan 153°34ʻ (Bayron boʻrni) shq. u. lar oraligʻida choʻzilgan. Mayd. 7682 ming km2 (Tasmaniya, Kenguru, Melvill va b. orollar b-n 7704,5 ming km2 ga yaqin). Avstraliya — materiklar ichida eng kichigi. Jan. tropik chizigʻi Avstraliyaning deyarli oʻrtasidan kesib oʻtadi. Materikni gʻarb, shimol va jan. dan Hind okeani, sharqdan Tinch okean dengizlari oʻrab turadi. Qirgʻoqlari unchalik egri-bugri emas, shim. da Karpentariya, jan. da Katta Avstraliya qoʻltiqlari bor. Katta yarim orollari — shim. da Arnemlend va Keyp-York. Tasmaniya oroli Avstraliyadan kengligi 224 km li Base boʻgʻozi orqali ajralib turadi. Avstraliya shim. da yirik orollardan Yangi Gvineya joylashgan. Avstraliyaning sharqiy sohili boʻylab behisob marjon orollaridan tashkil topgan Katta Toʻsiq rifi 2300 km masofaga choʻzilib yotadi.

Tabiati. Orografiyasi. Avstraliya relyefining aksariyat qismi tekislik. Dengiz sathidan oʻrtacha balandligi (215 m) jihatidan Avstraliya materiklar ichida eng past. Yer yuzasi 95% ining mutlaq bal. 600 m dan oshmaydi. Yirik orografik qismlari:

1) Gʻarbiy Avstraliya yassi togʻligi — oʻrtacha mutlaq bal. 400—500 m, tizmalar va supa togʻlardan iborat;

2) Markaziy payettekislik — koʻp qismining mutlaq bal. 100 m ga yetmaydi. Avstraliyaning eng past nuqtasi ham (—12 m) oʻsha yerdagi botiqda joylashgan Eyr koʻli yonida;

3) Katta Suvayirgich tizma (materik sharqida) — oʻrtacha balandlikdagi ayrim-ayrim, choʻqqilari yassi tizma togʻlar. A. ning eng baland nuqtasi — Kossyushko togʻi (2230 m) jan. dagi Avstraliya Alp togʻlarida. Avstraliyaning hoz. relyefi asosan kembriygacha boʻlgan davrda vujudga kelgan va keskin tektonik oʻzgarishlarga uchramagan, yer yuzasi uzoq davrlar ichida yemirilib, natijada qoldiq togʻlar bilan birga keng tekisliklar vujudga kelgan. Katta Suvayirgʻich tizma yemirilgan paleozoy burmali togʻlari oʻrnida vujudga kelgan. Nallarbor tekisligida, Moviy togʻlarda, Barkli va Aterton platolarida karst relyef shakllari uchraydi.

Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Avstraliyaning aksari qismi Avstraliya platformasi oblastida joylashgan, sharqiy qismi esa Sharqiy Avstraliya burmali geosinklinal mintaqasiga kiradi. Kembriydan avval vujudga kelgan platformaning materik zaminidagi kristall hamda metamorfik jinslari Gʻarbiy plato, Tasman yeri, Gʻarbiy Avstraliya qalqoni va b. joylarda yer yuzasiga chiqib qolgan; sharqda (Markaziy pasttekislikning gʻarbida) esa quruqlik va koʻl yotqiziqlari ostida koʻmilib ketgan, shuningdek Sharqiy Avstraliya platformasida ham uchraydi. Yuqori paleozoyda va mezozoyning birinchi yarmida Avstraliya platformasi qad. Gondvana materigi bilan tutash boʻlgan. Uchlamchi davr oxiri va toʻrtlamchi davrda roʻy bergan tektonik harakatlar A. ni Yangi Gvineya o., Malayya arxipelagining sharqiy orollari va Tasmaniyadan ajratib yuborib, materikni hoz. qiyofasiga keltirgan.

Avstraliya platformasi oltin va polimetallga, temir rudasi va boksitga boy, Flinders tizmasida uran va radiy rudalari uchraydi. Avstraliya sharqida toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir konlari bor. Katta Artezian havzasi, Viktoriya shtati sohillarida neft va gaz topilgan.

Iqlimi. Avstraliyaning shim. qismi (20° j. k. gacha) ekvatorial mussonli, oʻrta katta qismi (20°—30° j. k. lar oraligʻi) tropik choʻl va jan.-gʻarbiy chekkasi qishda yogʻin koʻproq yogʻadigan subtropik iqlimli mintaqalarga kiradi. A. Jan. yarim shardagi eng issiq quruqlik, uning 2/3 qismi choʻl va chala choʻllardan iborat. Qirgʻoqlardan materik ichkarisiga tomon yogʻin miqdori tez kamayib boradi, lekin koʻp yillik yogʻinsiz davrlar boʻlmaydi. Yozda (dek. —fev.) quruqlik gʻoyat qizib (tra 36° dan ortadi) materik ustida past bosim oblasti vujudga keladi, uning jan. chekkalaridagina baland bosim qaror topadi, shu sababli jan.-gʻarbda va Nallarbor tekisligida yogin tushmaydi. T-raning mavsumiy oʻzgarishi asosan tropik va subtropik mintaqalarning ichki r-nlarida koʻproq namo-yon boʻladi. Yanv. oyida 40° dan yuqori issiq t-ralar shim.gʻarbda (Marbl-Bar) boʻladi. Mutlaq maksimum t-ra 53,1° Klonkarrida (Kvinslend) kuzatilgan. Mutlaq minimum t-ra Avstraliyaning ichki r-nlarida — 4,6°gacha tushadi. Faqat Avstraliya Alp togʻlarida sovuq barqarorroq boʻlib turadi. U yerda — 22°gacha sovuq qayd qilingan. Tekisliklarda tuproqning yuza qatlami ahyonahyondagina muzlaydi. Yil davomida ikkita mavsum — quruq va yogʻingarchilik mavsumlari kuzatiladi. Murrey tekisliklarida momaqaldiroqli jalalar, jan.sharqdagi togʻlarda musson yomgʻirlari yogʻadi. Sharqiy sohilning koʻp qismida iqlim tropik dengiz iqlimi, issiq. Shimolda yogʻinlarni shim.-gʻarbiy mussonlar keltiradi. Bu yerda yogʻin sohilda 1500 mm, 10° — 20° j. k. da 400—500 mm. Avstraliyada eng koʻp yogʻin (2243 mm) Kernsda yogʻadi. Eng kam yogʻin (300—250 mm) materik gʻarbida yogʻadi. Katta Suvayirgʻich tizmasi Tinch okeandan esuvchi iliq va nam shamollarni toʻsib, Avstraliyaning sharqiy sohili va ichki r-nlarida yogʻin taqsimotini murakkablashtiradi. Qishda (iyun — avg.) A. ning ayniqsa jan. va jan.-sharqiy qismlari sovib (12°, 5°), yuqori bosim oblasti tarkib topadi.

Ichki suvlari. Avstraliya ning60% mayd. oqmas ichki havzaga, 7% Tinch okean va 33% Hind okeani havzasiga mansub. Avstraliyada oqar suvlar koʻp emas. Okeanga quyiladigan daryolar qisqa, togʻlardan boshlanadi, suv miqdori doimiy emas. Eng sersuv daryosi Murrey (Marri), yirik irmogʻi — Darling. Ichki berk havzani kesib oʻtuvchi quruq oʻzan (krik)lar koʻp, ularda faqat yogʻingarchilik vaqtlaridagina suv oqadi. Avstraliya choʻllaridagi suvlar shoʻr. Yer osti suvlari koʻpincha minerallashgan, zaxirasi katta. Ular bir necha artezian havzada toʻplangan, bunday suv 200 m, baʼzan 500 m gacha chuqurlikdan chiqadi. Shoʻr koʻllar ichida eng yirigi Eyrning yozda maydoni baʼzan 15000 km2 ga yetadi. Undan jan. da Torrens, Gerdner, Gʻarbiy platoda Amadiyes koʻllari bor. Avstraliya yer osti suvlariga boy. Umumiy mayd. 4800 ming km2 ni tashkil qilgan 33 ta artezian hav-zasi mavjud; bulardan eng yiriklari — Katta Artezian, Murrey, Morton-Klarens, Yukla, Offiser, Jorjina. Yer osti suvlaridan qurgʻoqchil r-nlarda sugʻorish, sanoat va transport ehtiyojlari uchun foydalaniladi.

Tuproq va oʻsimliklari. Avstraliyaning organik dunyosi boʻr davri oʻrtalaridan boshlab boshqa quruqliklardan ajralgan holda rivoj topgan, shuning uchun flora tarkibida endemik turlar koʻp (75%). A. maxsus flora oblastini tashkil qilgan (q. Avstraliya floristik dunyosi). Ichki Avstraliyaning katta qismi qumli va toshloq choʻllar (Katta Qumli choʻl, Viktoriya va Gibson choʻllari) bilan band. Choʻllarni boʻz va jigarrang boʻz tuproqli, asosan evkalipt va akatsiya butalaridan iborat tikanakli qalin chakalakzorlar bilan qoplangan chala choʻllar oʻrab olgan. Bir oz sernamroq chala choʻllar butazor — skreblar bilan band. Chala choʻl va savannalardan tabiiy yaylov sifatida foydalaniladi. Boʻr davriga kadar Avstraliyaning Jan. Amerika va Afrika bilan quruqlik orqali tutashganligini proteylar va baʼzi igna barglilarning umumiy oilaga mansubligi tasdiqlaydi. Shim., sharq, jan.-sharq va jan.-gʻarbda yogʻin miqdori orta boradi va bu yerlarda qizgʻish-qoʻngʻir va qizil tuproqli savannalar uchraydi. Materikning shim.-sharqi doimiy yashil tropik oʻrmonlar b-n, jan.-sharqi evkaliptli subtropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Chala choʻl va savannalar yaylov ahamiyatiga ega. Tovar mahsulot beruvchi oʻrmonlar Avstraliya maydonining qariyb 2%ini tashkil qiladi.

Hayvonot dunyosi. Avstraliya faunasi oʻziga xos boʻlganligidan uni alohida Avstraliya zoogeografik oblastita ajratilgan. Avstraliya faunasida yuksak sut emizuvchi hayvonlar (odamlar chetdan keltirgan dingo itidan tashkari) deyarli yoʻq. Materikda mezozoy va uchlamchi davr faunasining vakillari hozirgacha saqlangan. Mac, tuxum qoʻyuvchi sut emizuvchilardan yexidna va oʻrdakburun, baliqlardan ikki xil nafas oluvchi seratod, qopchiqli sut emizuvchilardan kenguru, ayiklar (koala) va b. A. ning koʻp yovvoyi hayvonlari odamlarning xoʻjalik faoliyati va tartibsiz ov qilishi natijasida kamayib ketgan. Avstraliya uchun tipik qushlar: kakadu toʻtisi, emu tuyaqushi, katta oyokli tovuqlar, qora oqqush, jannatqush, tovusdum va b. Yevropadan xonaki hayvonlar keltirilgan.

Tabiat rayonlari. Avstraliyaning tekislik qismlaridagi subekvatorial, tropik va subtropik mintaqalarida geografik zonallik yaqqol koʻrinadi. Yillik yogʻin miqdori 200—250 mm boʻlgan choʻl zonasi katta maydonni egallagan. Plato va yassi togʻliklar toshloq choʻllardan iborat. Avstraliya Alp togʻlarida balandlik landshaft mintaqalari aniq namoyon boʻlgan. Avstraliyaning tabiiy landshaftlari odamlar tomonidan juda oʻzgartirib yuborilgan. Tabiatni qoʻriqlash koʻproq Jan. Avstraliyada yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Maunt Buffalo, Kossyushko, Saut-Uest (Tasmaniya o.), Uayperfild va Uilsons-Promontori, Eungella va b. milliy parklari bor.

Kashf etilishi va tadqiq qilinish tarixi. Avstraliya haqidagi dastlabki noaniq maʼlumotlar yevropaliklarga portugal dengizchilari orqali 16-a. da yetib kelgan. Ammo Avstraliyaning shim. qismlarini baʼzi bir indonez qabilalari qadimdan bilishgan boʻlsa ke-rak. Avstraliyani 1606-y. da gollandiyalik V. Yanszon kashf qilgan va Yangi Gollandiya deb atagan. Bir necha oydan soʻng ispaniyalik L. Torres Avstraliyaning Keyp-York ya. o. shimolidagi boʻgʻozdan suzib oʻtdi. Bu boʻgʻoz keyinchalik uning nomiga qoʻyilgan. Yava o. ga qatnab turgan golland dengizchilari 1640-y. da materikning gʻarbiy, qisman shim. va jan. sohillarini kashf etgan. 1642-y. da Tasman Avstraliyadan janubroqda suzib, Tasmaniya o. ni topdi va materikning Antarktidadan uzoqda joylashganligini isbot etdi. J. Kuk 1770-y. da Avstraliyaning sharqiy sohillarini kashf etdi va uni Yangi Jan. Uels deb atadi. M. Flinders va N. Boden tadqiqotlari bilan Avstraliya jan. sohillarining kashf etilishi tugʻallandi. M. Flinders materikni Avstraliya («Janubiy Yer») deb atadi va 19-a. dan shu nom bilan mashhur boʻlib qoldi. Avstraliyaning ichki qismi yevropaliklarning chorva mollari uchun yaylov va suv qidirish maqsadlarida oʻrganiddi. Koʻpdan-koʻp geografik tadqiqotlar natijasida butun Avstraliyaning tabiat boyliklari asosan oʻrganib boʻlindi. Bu esa qitʼaning xoʻjalik jihatdan tez oʻzlashtirilishiga olib keldi. Keyingi vaqtlarda qazilma boyliklar qidi-rib topish borasida xususiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Avstraliyada Avstraliya davlati joylashgan.

Ad.: Qitʼalar tabiiy geografiyasi, T., 1967; Muxin G. I, Avstraliya i Okeaniya, M., 1967; Svet Ya. M., Istoriya otkrыtiya i issledovaniya Avstralii i Okeanii, M., 1966.


Lotin alifbosida maqola: AVSTRALIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AFRIKA
ANDIJON VILOYATI
AMIR TEMUR
ARMANISTON
ARGENTINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты