ARGENTINA

ARGENTINA (Argentina), Argentina Respublikasi (Republica Argentina) — Jan. Amerikadagi davlat. Qitʼaning jan.-sharqiy qismini, Olovli Yer o. ning sharqiy qismini va bir qancha orollarni egallaydi. Atlantika okeani sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 22 viloyat (provinsiya), federal (poytaxt) okrugi va Olovli Yer hududiga boʻlinadi. Mayd. 2767 ming km2. Aholisi 36,1 mln. kishi (1999). Poytaxti Buenos-Ayres sh.

Davlat tuzumi. Argentina — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994-y. 24 avg. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident. Prezident va vitse-prezident 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Millim kongress (parlament). Kongress ikki palata: senat va deputatlar palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyat prezident va hukumatdir.

Tabiati. Argentinaning sharqi keng tekisliklardan va gʻarbi togʻlardan iborat. Mamlakatning butun shim.-sharqini La-Plata pasttekisligi (Gran-Chako, Sharqiy Pampa tekisligi), jan.-sharqini Patagoniya yassi togligi egallaydi. Gʻarbdagi togʻ yon bagʻirlari balandlasha borib, And toglariga ulanib ke-tadi. Jan. Amerikaning eng baland nuqtasi Akonkagua (6960 m) ham Argentina hududidadir. Foydali qazilmalari: neft, gaz, temir, polimetallar, uran, mis, qalay, volfram va b. rudalar. Argentina tekislik qismining iqlimi — tropik va subtropik, jan. da — moʻtadil. Eng issiq oy (yanv.)ning oʻrtacha harorati shim. da 28°, jan. da 10°, iyulning oʻrtacha harorati shim. da 18° va jan. da G. Togʻlarda iqlim moʻtadil sovuq. Yiliga Patagoniyada 100 — 300 mm, shim.-sharqda 1400 — 1600 mm, Andning sharqiy yon bagʻirlarida 5000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari: Parana, Paragvay, Urugʻvay, Rio-Salado, Rio-Kolorado, Chubut, Rio-Negro. Argentina koʻllarining aksariyati muzliklardan paydo boʻlgan (Naul-Uapi, Buenos-Ayres, Vyedma va b.). A. hudu-dining salkam 20% doimiy koʻm-koʻk va bargi toʻkiluvchi oʻrmonlar bilan qoplangan. Gran-Chakodagi qizil tuproqda siyrak oʻrmon, Pampadagi unumdor qoratuproqda pichanzor dashtlar, Patagoniyada — yarim choʻl. A. ning milliy bogʻlari — Iguasu, Lanin, Nauel-Uapi va b.

Aholisi. Argentinlar (mamlakat aholisining 90%) asosan yevropalik muhojirlardan shakllangan. Shuningdek italyanlar, yahudiylar, ukrainlar, ispanlar, katalonlar, polyaklar, nemislar, fransuzlar va b. lar ham yashaydi. Tub joy aholisi — in-deyslarning aksariyati yevropaliklarning mustamlakachilik harakatlari jarayonida qirilib ketgan. Ularning oz qismi (kechua, tupi-guaranlar va b.) A. ning shim.-gʻarbida va Paragvay bilan boʻlgan chegara yaqinida yashaydi. Rasmiy tili — ispan tili.

Dindorlarning aksariyati katoliklar. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 9 kishidan koʻproq. Aholining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario, LaPlata.

Tarixi. Qadim zamonlarda Argentina hududida koʻp sonli indeys qabilalari yashar, ularda jamoa-urugʻchilik munosabatlari xukmron edi. Shim.-gʻarbda diagitlar, charrua va kerandilar eng rivojlangan indeys qabilalari boʻlgan; ular oʻtroq hayot kechirar, dehqonchilik, baliqchilik, ovchilik bilan shugʻullanar, rangli metallar eritishni, toʻqimachilikni bilar edi. Shim.-sharqda va markazda guaranlar, tapeslar va b. yashar, janubda araukanlar va patagonlar koʻchib yurar edi. 16-a. ning 1-yarmidahoz. Argentina hududi ispanlar tomonidan bosib olina boshladi. Ispanlar bu mamlakatni Rio-de-La-Plata (ispancha kumush) daryosi nomi bilan LaPlata deb atadilar. Mustamlakachilarga qarshi indeys qabilalari bir necha marta isyon koʻtardi (1580, 1630, 1657, 1710-11 y. lar). 1776-y. da hoz. Argentina hududi butunlay Rio-de-La-Plata vitse-qirolligi tarkibiga qoʻshib olindi. Argentinada katta feodal yer egaligi vujudga keldi. Amerikadagi ispan mustamlakalarining 1810 — 26 y. lardagi mustaqillik uchun urushi vaqtida kreollar (dastlabki ispan kelgindilarining avlodlari) M. Belgrano va X. San-Martin rahbarligida 1810 — 16 y. larda ispan mustamlakachilariga qarshi qurolli kurash olib bordilar. Kurash boshlangan 25 may kuni argentin xalqining milliy bay-rami boʻlib qoldi. 1816-y. da viloyatlar vakillarining Tukuman sh. dagi kongressi La-Plata Birlashgan viloyatlarini mustaqil deb eʼlon qildi. 1826-y. da A. Federativ Respublikasi tuzildi. 19-a. mobaynida vujudga kela boshlagan burjuaziya manfaatlarini ifodalovchi unitariylar bilan yer egalari manfaatlarini himoya qiluvchi federatsiyachilar oʻrtasida kurash davom etdi. 19-a. 2-choragidan Argentinada Buyuk Britaniya iqgisodiy va siyosiy mavqei mustahkamlandi, 1833-y. da u Folklend (Malvin) o. larini bosib oldi. 19-a. oxirlarida mamlakatga Amerika va Germaniya kapitali kirib keldi. Hukmron davlatlar Argentinani siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikka solib, uni goʻsht, don va b. xom ashyo yetkazib beruvchi mamlakatga aylantirdilar. 19 — 20-a. lar boʻsagʻasida Argentinada sanoat rivojlandi. 19-a. ning oxiridan Argentinada turli harbiy diktaturalar hukmronlik qildi. 2-jahon urushi yillarida Argentina betaraflik eʼlon qilgan boʻlsa ham, aslida fashistlarga koʻmaklashdi. 1945-y. martidagina Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945-y. dan Argentina — BMT aʼzosi. 1943-y. gi harbiy toʻntarish natijasida bir guruh ofitserlar hokimiyatni qoʻlga oldilar. Ularning rahbarlaridan biri general X. D. Peron (1946 – 55 va 1973 — 74 y. larda Argentina prezidenta) hukmron ajnabiy davlatlarning mavqeini zaiflashtirish hisobiga mamlakatdagi yuqori tabaqani mustahkamlash siyosatini yuritdi. 1976-y. da general Videla hukmronligi davrida zoʻravonlik va tartibsizliklarga qarshi qattiq choralar joriy etildi, iqtisodiyotni mustahkamlashga kirishildi. 1981-y. da Roberto Viola prezident etib saylandi, ammo harbiylar keyinroq uni agʻdarib tashladilar. Shu davrda (1982-y.) Folklend (Malvin) o. lari Buyuk Britaniyaga qarashliligini tan olmagan Argentina ularni egallashga urinib koʻrdi, lekin bu harakat muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1983-y. dagi yalpi saylov natijasida Raul Alfonsin prezident etib saylandi. 1999-y. dan esa Fernando de la Rua Argentina prezidenta. 1993-y. 9 sent. da Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Fuqaro radikal ittifoqi, 1889-y. da taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tuzilgan; Birlik va taraqqiyot harakati, 1957-y. da Fuqaro radikal ittifoqi partiyasidan ajralib chiqqan guruh negizida tuzilgan; Xalq sotsialistik partiyasi, 1982-y. da tuzilgan; Murosasozlik partiyasi, 1963-y. da Birlik va taraqqiyot harakati partiyasi boʻlinishi natijasida vujudga kelgan; Xustisialistik (adolat) partiyasi, 1947-y. da X. Peron tomonidan tuzilgan; Taraqqiyparvar demokratik partiya, 1909-y. tuzilgan. Argentinada Kommunistik partiya, Sotsial-demokratik partiya, Demokratik markaz ittifoqi, Xristiandemokratik partiya ham bor. Umummehnat konfederatsiyasi 1930-y. da tuzilgan.

Xoʻjaligi. Argentina iqtisodiy jihatdan Lotin Amerikasida eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Foydali qazilma konlari koʻp, malakali ishchi kuchiga ega. Q. x., sanoatning turli tarmoqlari rivojlangan. Ammo 80-y. lar oxirida boshqaruvning samarasizligi oqibatida Argentina iqtisodiyoti barbod boʻlish arafasida edi. 1989-y. da saylangan yangi hukumat iqtisodiyotni isloh qilish dasturini amalga oshirdi, natijada Argentina yana barqaror rivojlana boshladi. 1991-y. da qabul qilingan konvertatsiya toʻgʻrisidagi qonunga binoan koʻpchilik davlat korxonalari xususiylashtirildi, iqtisodiyotga chet el investitsiyalari jalb etila boshladi, byudjetga soliqlardan tushum yaxshilandi, ishchilarga kompensatsiya toʻlash tizimi yaratildi.

Sanoati. Argentina asosan, q. x. xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yetakchi tarmoq — oziq-ovqat (goʻsht, yogʻ, un, vinochilik, konserva, qand-shakar) sanoati. Goʻsht yetishtirish va eksport qilish sohasida Argentina dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Toʻqimachilik, charmpoyabzal tarmoqlari rivojlangan. Ogʻir industriyada mashinasozlik (traktor, q. x. mashinalari, avtomobillar, stanoklar, elektr texnika asbob-uskunalari va b.), neftni qayta ishlash, qora metallurgiyaning salmogʻi katta. Sement, sellyuloza-qogʻoz korxonalari bor. Neft, gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, temir, uran, berilliy va volfram rudalari qazib olinadi. Yoqilgʻi-energetika balansining salkam 85% ni neft va gaz tashkil qiladi. AESlar qurilgan. Asosiy sanoat markazlari: Buenos-Ayres, Rosario, Kordova, La-Plata.

Qishloq xoʻjal igi . A. chorvachilik mahsulotlarini, don va moyli ekinlar hosilini tovar sifatida tayyorlashga ixtisoslashgan. Yirik yer egaligi rivojlangan: 1 ming ga dan ortiq yerga ega boʻlgan xujaliklarga hamma yerlarning 75% qaraydi. Q. x. ga yaroqli yerlarning faqat 20% ga ekin ekiladi. Q. x. ning yetakchi tarmogʻi chorvachilik boʻlib, unda goʻsht yetishtiriladigan qoramolchilik va goʻsht-jun olinadigan qoʻychilik ustun turadi. Argentinada qoramollar — 51 mln., qoʻylar — 29 mln., choʻchqalar — 4,1 mln. boshni tashkil etadi. Dehqonchilikning yetakchi tarmogʻi — gʻallachilik. Bugʻdoy, makkajoʻxori, javdar, suli, arpa, texnika ekinlaridan — kungaboqar, zigʻir, paxta yetishtiriladi. Muhim yem-xashak ekini — beda. Bogʻdorchilik, tokchilik rivojlangan. Qimmatbaho daraxt navi, jumladan dubil ekstrakti olinadigan kebracho tayyorlanadi. Baliq ovlanadi.

Transporti. T. y. lar uzunligi — salkam 34,1 ming km, avtomobil yoʻllari — 211,4 ming km. Asosiy porti — Buenos-Ayres. Xalqaro aeroporti — Eseysa (Buenos-Ayres yaqinida).

Chetga chiqariladigan q. x. mahsulotlarining 80% goʻsht, don, yogʻ, xom teri, jun, hoʻl mevalarga toʻgʻri keladi. Chetdan mashinalar, transport vositalari, metall, yoqilgʻi, kimyoviy tovarlar keltiriladi. Asosiy savdo mijozlari: AQSH, Braziliya, Italiya, Germaniya va Yaponiya. Pul birligi — peso.

Tibbiy xizmati. Argentinada 133,8 ming oʻrinli kasalxonalar (1 ming aholiga 6 oʻrin) bor. 53,7 ming shifokor (450 aholiga 1 shifokor) tibbiy xizmat koʻrsatadi. Davlat sogʻliqni saqlash tizimi tibbiy yordamni sugʻurtalash va xususiy shifokorlar xizmati bilan birga qoʻshib olib boriladi. Shifokorlarni un-tlarning 9 tibbiyot f-ti tayyorlaydi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Argentinada 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning majburiy taʼlimi joriy etilgan. Davlat oʻquv yurtlari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Boshlangich maktablarda 3471 ming, oʻrta oʻquv yurtlarida (umumiy taʼlim, hunar, ped. va b. maktablarda) 1125 ming oʻquvchi oʻqiydi. Buenos-Ayres, Kordova, La-Plata, Santa-Fe va b. shaharlarda un-tlar bor. Bir qancha tarmoq akademiyalari, i. t. institutlari va ilmiy jamiyatlar ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Buenos-Ayresda Milliy kutubxona, un-t kutubxonasi va b. bor. Tabiiy fanlar, Antarktika, tarix, rassomlik va b. muzeylar mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. Eng koʻp tarqalgan gaz. lar: «Rason»(«Aql-idrok», 1905-y. dan), «Prensa»(«Matbuot», 1869-y. dan), «Nasyon»(«Millat», 1870-y. dan), «Gaseta» («Gazeta», 1912-y. dan). «Telenotisiosa amerikana» hukumat agentligi 1945-y. tashkil etilgan. 52 xususiy radiost-ya alohida uyushmaga birlashgan. Telekoʻrsatuv 1951-y. dan mavjud. 1959-y. da 22 xususiy telest-yalar uyushmasi tuzilgan.

Adabiyoti. Argentinada yashagan indeys qabilalarning ogʻzaki ijodi namunalari bizgacha yetib kelmagan. Biroq xalq sheʼriyati oʻziga xosligini saqlab qolgan. 16-a. dan 19-a. boshlarigacha adabiyot Ispaniya adabiyoti taʼsirida rivojlandi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida M. de Lavarden, D. de Asuenaga va b. lar ijodida maʼrifatparvarlik tamoyillari namoyon boʻldi. 1810 — 26 y. lar Ispaniyaga qarshi urush va milliy-ozodlik harakati davrida adabiyotda vatanparvar klassitsizm hukmronlik qildi. B. de Monteagudo, V. Lo-pes-i-Planes (uning «Vatanparvarlik marshi», 1810, A. madhiyasi boʻlib qolgan), E. de Luka, X. Kruves Varela asarlari paydo boʻldi. Mamlakat mustaqilligi eʼlon qilingandan keyin yangi oqim vakili — faylasuf va milliy poeziya asoschisi E. Echeverria sheʼrlar, dramalar, dostonlar yezdi. Shoir, hikoyanavis, tarixchi olim va adabiyotshunos X. M. Gutyerres argentin romantik prozasining dastlabki namunalarini yaratdi. Publitsist va jamoat arbobi D. F. Sarmyento oʻtkir maqolalar yozdi. 19a. 2-yarmida «gaucho adabiyoti» urf boʻldi, uning asosini pampa aholisining ogʻzaki ijodi tashkil qilar edi. 50 — 70-y. larda I. Askasubi asarlari (siyosiy va lirik qoʻshiqlar, «Santos Vega» sheʼriy romani, 1851), X. Marmol (dastlabki milliy roman «Amaliya», 1855), X. Ernandes (uning «Martin Fyerro» qahramonlik dos-toni, 1 — 2-qismlari, 1872 — 79, milliy adabiyotning eng salmoqli asaridir) asarlari va b. dunyoga keldi. 19-a. oʻrtalarida xalq urf-odatlarini ifodalovchi adabiyot vujudga keldi. Bu oqim namoyandalari L. V. Lopes, E. Vilde, M. Kane va b. dir. 20-a. 20-y. larida B. Linch, R. Guyraldeslarning ijtimoiy romanlari chiqdi. 20-a. 2-yarmida E. L. Kastro, A. Varel, R. Larra, X. Kortasar romanlari paydo boʻldi.

Tasvnriy sanʼati va meʼmorligi. Argentina tub joy aholisining mustamlakachilikdan avvalgi sanʼati (16-a.) matolarga solingan geometrik naqshlardan, jigʻalardan, guldor va jimjimador sopol buyumlardan, tosh, yogʻoch va loydan yasalgan haykalchalardan iborat edi. Argentinada milliy rassomlik 19-a. da yuzaga kelib, 20-a. boshlarida taraqqiy etdi. Rassomlar ijodida milliy mavzu, xalq obrazi katta oʻrin egalladi. 19-a. oxirlarida tarkib topgan milliy haykaltaroshlik 20-a. oʻrtalarida badiiy yuksaklikka koʻtarildi. Argentinada mahalliy xalq — indeyslarning meʼmoriy anʼanalari kam saqlangan. 18-a. dan boshlab Argentina meʼmorligida barokko uslubi hukmronlik qildi. Bu uslubda qurilgan binolardan biri Kordovadagi Kompaniya ibodatxonasidir. Ibodatxonaga ispan iyezuitlari asos solganlar (1646). Hozir ibodatxona Kordova un-ti majmuasiga kiradi. 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida Argentinada mumtoz meʼmorlik uslubi tarqaldi. Avvalo, aniq va yaxlit (mas, Buenos-Ayresdagi ibodatxona peshayvoni, 1804), keyinchalik 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida eklektik va hashamatli binolar (Buenos-Ayresdagi «Kolon» teatri, 1908) qurildi. Bu davr turar joy binolari koʻpincha katta ayvonli boʻlgan. 20-a. dan hoz. zamon meʼmorligi rivojlandi. Buenos-Ayresda va mamlakatning boshqa shaharlarida koʻp qavatli, yaxlit oyna va temir-betondan mehmonxona, bank kabi maʼmuriy binolar koʻplab qurilgan.

Musnqasi. Hoz. zamon Argentina hududida yashagan indeys qabilalari hayoti va turmushida musiqa katta oʻrin olgan. And xalqlari — ayniqsa kechua va boshqa rivojlangan va oʻziga xos musiqa madaniyatiga ega boʻlgan; ularning dilrabo yaravi qoʻshiqlari, uayno raqs ohanglari, cholgʻu asboblari (kena nayi va zarbli asboblari) hozirgacha saqlanib qolgan. Argentina milliy musiqa maktabi 19-a. oxirlarida tarkib topa boshladi. Buenos-Ayresdagi konservatoriya asoschisi, asosan yevropacha kuylar, orkestr va kamer asarlar muallifi A. Vilyame bu maktabning bunyodkorlaridan boʻldi. «Pampa» operasining ijodkori A. Berutti Argentinaning yirik kompozitori boʻlgan. «Pampa» asarida argentin xalq musiqasiga xos ohanglar yangragan. Buenos-Ayresda «Kolon» opera teatri, 2 konservatoriya, simfonik orkestr, Kordova va La-Platada konservatoriyalar bor.

Teatri. Indeys qabilalarining raqslari va marosim taomillarida teatr harakatlari elementlari boʻlgan. 16-a. da havaskorlar truppalari maydonga keldi. 1783-y. Buenos-Ayresda «Komediya uyi» nomli birinchi teatr binosi qurildi. 19-a. boshlarida L. A. Morante, K. Enrikes, X. M. Sanches kabi mahalliy dramaturglarning pyesalari shuhrat topdi. 19-a. ning 80-y. larida bosh qahramoni chorvador, dehqon boʻlgan romantik melodrama janri yuzaga keddi. 19-a. da va 20-a. boshlarida «Viktoriya», «Apolo»teatrlarida ijtimoiy isyon mavzuidagi pyesalar qoʻyildi. 1920-y. larda Argentina teatri inqi-rozga uchradi. Ammo bir necha mustaqil I teatrlar vujudga kelib, teatr sanʼatini qayta tiklash va yaxshilashga kirishildi. Ularda milliy dramaturglardan O. Dragun, A. Kusani, K. Gorostisa, L. Barlettalarning asarlari qoʻyildi. 1935-y. da Buenos-Ayresda Milliy komediya teatri bilan Milliy teatrshunoslik in-ti tashkil topdi. 1943-y. da Davlat qoʻgʻirchoq teatri tuzildi. Musiqiy teatr 1825-y. da Buenos-Ayresda birinchi opera spektakli — «Sevilyalik sartarosh» (J. Rossini asari)ni namoyish qildi. 1877-y. da F. Argreaves birinchi Argentina operasi «Oq mushuk»ni yaratdi. 1925-y. dan milliy balet trup-pasi ish boshladi: «Kometalar», «Panambi» kabi milliy baletlar koʻrsatildi. Hoz. vaqtda Buenos-Ayres Argentina teatr sanʼatining markazi boʻlib, bu yerda «El Pueblo», «La Maskara», «Fray Mocho» kabi mustaqil teatrlar, Milliy komediya teatri, «Odeon» kabi tijorat teatrlari ishlamoqda.

Knnosn. Argentinada film yaratish 1897-y. dan boshlandi. 1908-y. da italiyalik rej. M. Galyo «Dorregoning otilishi»degan birinchi filmni yaratdi, unda teatr aktyorlari ishtirok etishdi. Keyinchalik rej. X. A. Ferreyra («Gaucho qoʻshigʻi», 1930), L. Zaslavskiy («Qochish», 1937) va b. bir necha film yaratdilar. U Petit de Murat («Gaucho urushi»), S. Pondel Rios («111-kilometr»), E. Amorim («Keksa doktor») kabi kinossenariychilar barakali ijod qildilar. Keyingi yillarda ishqiy sarguzasht filmlar, kinokomediyalar ishlandi, ayrim adabiy asarlar ekranlashtirildi. Argentina yirik kino i. ch. firmalari: «Arxentina sono films», «Kontrakuadro». Buenos-Ayresda Kino sanʼati va kino fani akademiyasi, Milliy kinematografiya in-ti ishlab turibdi.


Lotin alifbosida maqola: ARGENTINA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVSTRIYA
ANDIJON VILOYATI
ANGOLA
AFRIKA
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты