AVSTRIYA

AVSTRIYA, Avstriya Respublika s i (Osterreichische Republik) — Markaziy Yevropadagi davlat, Dunayning oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Mayd. 83 ming 858 km2. Aholisi 8 mln. kishi (1996). Poytaxti — Vena sh.

Davlat tuzumi. Avstriya — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1920-y. da qabul qilingan (1929-y. da oʻzgarishlar kiritilgan). Davlat tuzilishi shakli jihatdan Avstriya — federatsiya (ittifoq davlat). Davlat boshligʻi—federal prezident, uni axrli 6 i. muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament: milliy kengash (quyi palata) va federal kengash (yuqori palata) amalga oshiradi. Milliy kengashni aholi 4 y. muddatga saylaydi. Federal kengash aʼzolarini oʻlkalar parlamentlari (landtaglar) uz vakolatlari muddatiga (4—6 y. ga) saylaydilar. Ijroiya hokimiyatni federal prezident va u tayinlaydigan federal kansler boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Har bir oʻlkaning oʻz konstitutsiyasi va qonun chiqaruvchi organi bor. Oʻlkalarning huquqlari cheklangan.

Tabiati. Avstriya — asosan togʻli mamlakat. Uning jan. qismi Sharqiy Alp toglari — Yuqori Tauern (bal. 3797 m, Grosglokner choʻqqisi) va Quyi Tauern; shim. qismi — past-baland tekisliklardan iborat boʻlib, chekka shim-sharqda u Oʻrta Dunay payettekisligiga tutashib ketadi. Foydali qazilmalari: neft, gaz, magnezit, qoʻngʻir kumir, temir va qoʻrgʻoshin-rux rudalari, grafit, osh tuzi; binokorlik materiallarining anchagina zaxiralari mavjud. Iqlimi-moʻtadil. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — G, —4°, iyulda 15° dan 18° gacha. Yiliga 500—900 mm, togʻlarda 2000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Asosiy daryosi — Dunay va uning irmoklari (Inn, Traun, Ens, Drava va b.). Daryolar anchagina gidroenergiya zaxiralariga ega. Koʻllar koʻp, ularning aksariyati muzliklardan paydo boʻlgan. Chimli-podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlar, jan.-sharkda ishqorsiz podzollashgan qora tuproqlar, togʻlarda togʻ-qoʻngʻir, togʻ-oʻtloq, togʻ-podzollashgan tuproqlar. Avstriya maydonining 40% ga yaqini oʻrmonzor (dub, buk, archa, pixta, yaproq bargli daraxtlar). 2000 m balandlikda togʻ oʻtloqlari boshlanadi.

Aholisi. Avstriya aholisining 99% — avstriyaliklar. Slovenlar, xorvatlar, vengerlar, chexlar, nemislar, italyanlar ham yashaydi. Rasmiy tili — nemis tili. Aholisining oʻrtacha zichligi — 1 km2 ga 90 kishi. Aholining 52% shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Vena, Gras, Zalsburg.

Tarixi. Hoz. Avstriya hududidagi dastlabki inson izlari paleolit zamonlariga borib taqaladi. Mil. av. 1-a. dan boshlab bu yerda turli qabilalar, asosan keltlarning avlodlari yashagan. Milodning 6-a. i oxirlarida Avstriya gʻarbiga bavariyaliklarning german qabilasi, markaziy va sharqiy qismlariga slavyan qabilalari (asosan slovenlar) koʻchib kelib oʻrnashdi. 8-a. oxirlarida Avstriya Frank davlati tarkibiga, bu davlat boʻlingandan keyin (843 i.), Sharqiy Frank qirolligi (Germaniya) tarkibiga kirdi. 10-a. ning 2-yarmida barpo etilgan Bavariya Sharqiy markasi Avstriya davlatiga asos soldi. 1156-y. dan boshlab Avstriya «Muqaddas Rim imperiyasi» tarkibidagi gersoglik. 12-a. oxiridan 14-a. gacha Avstriya gersoglari Shtiriya, Karintiya, Kraynya, Tirolni qoʻshib oldilar. Ayniqsa 1282-y. da Gabsburglar sulolasi qaror topgach, Avstriya gersoglari Jan. Germaniyaning eng qudratli hukmdorlariga aylandilar. 16-a. da Gabsburglar Chexiya, Sileziya, Gʻarbiy Vengriyani va jan. slavyan yerlarining bir qismini qoʻlga kiritdilar. 18-a. da butun Vengriya, Transilvaniya, Xorvatiya, Jan. Niderlandiya, qisman Italiya yerlari, Banat, Sloveniyaning bir qismi, Shim. Bosniya, polyak, rumin va ukrain yerlarining bir qismi Avstriya hokimiyati ostiga oʻtdi. Buyuk fransuz inqilobi yillarida Avstriya inqilobiy Fransiyaga qarshi yurish tashabbuskorlaridan biri, Napoleon urushlari davrida Fransiyaga qarshi koalitsiyalar qatnashchisi boʻldi. 1804-y. dan Avstriya — imperiya. A — Muqaddas ittifoq tashkilotchilaridan biri. 1848-y. martda Avstriya imperiyasi oʻlkalarida burjua-demokratik inqilobi sodir boʻldi. 1859-y. gi Avstriya-Italiya-Fransiya urushi va 1866-y. gi Avstriya-Prussiya urushidagi maglubiyat uning Germaniya davlatiga taʼsiri yoʻqolishiga olib keldi.

1867-y. da Avstriya imperiyasi dualistik (qoʻsh) monarxiya — AvstriyaVengriyaga aylandi. 1-jahon urushida u Germaniya ittifoqchisi boʻlib qatnashdi. 1918 i. noyab. da burjua-demokratik inqilobining gʻalabasi tufayli Avstriya-Vengriya bir necha mustaqil davlatga boʻlinib ketdi, jumladan Avstriya ham respublika deb eʼlon qilindi. 1919-y. gi San-Jermen sulh shartnomasida Avstriyaning chegaralari belgilab berildi. 1929—33 y. lar jahon iqtisodiy inqirozi davrida Avstriyada reaksiyaning xuruji kuchaydi. 1933-y. da parlament tarqatib yuborildi, matbuot va yigilishlar erkinligi bekor qilindi. 1934-y. da qoʻzgʻolon koʻtargan xalq (Vena, Lins va b. shaharlar) uch kun mobaynida fashist toʻdalarga va hukumat qoʻshinlariga qurolli qarshilik koʻrsatdi. 1938-y. da fashistlar Germaniyasi Avstriyani qoʻshib oldi. 1945-y. bahorida Avstriya gitlerchilar zulmidan xalos etildi. 1945—55 y. larda Avstriya hududida sobiq SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya qoʻshinlari turdi. 1955-y. da mustaqil va dsmokratik Avstriyani qayta tiklash toʻgʻrisida Davlat shartnomasi tuzildi. Oʻsha yili Avstriya parlamenta doimiy betaraflik toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi. 1955-y. dan A, – BMTaʼzosi. 1992-y. da Avstriya bilan OʻzR oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatildi. Milliy bayrami: 26 okt, — betaraflik kuni (1955).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. A. sotsial-demokratik partiyasi, 1889-y. da tuzilgan; A. xalq partiyasi, 1915-y. da tuzilgan; A. ozodlik partiyasi, 1955-y. da tuzilgan; «Yashil muqobil» partiyasi, 1987-y. da tuzilgan; «Liberal forum» partiyasi, 1993-y. da tuzilgan. Avstriya kasaba uyushmalari birlashmasi, 1945-y. da tuzilgan; Xalqaro arkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.

Xujaligi A, — yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 36,3% sanoatda va 2,8% q. x. va urmon xoʻjaligida xosil qilinadi. Avstriya iqtisodiyotida yirik chet el korporatsiyalari muhim rol oʻynaydi. Ogir sanoatning bir qancha tarmoqlari mamlakat ixtiyoriga olingan. Chetga koʻp mahsulot chiqariladi.

Sanoati. Avstriya energetikasi gidro-resurslar va asosan chetdan keltiriladigan koʻmir negiziga qurilgan. Konchilik sanoati tarmoqlari orasida magnezit (Shtiriya, Karintiya), temir rudasi (Ayzeners), polimetall rudalar, neft va gaz qazib olish katta ahamiyatga ega. Sanoatning asosiy tarmoqlari – mashinasozlik va metallsozlik (konchilik, metallurgiya va xujalikning boshqa tarmoqlari, transport vositalari va sh. k. lar uchun asbob-us-kunalar i. ch.). Metallurgiya, kimyo, neft kimyosi, yogʻochsozlik, qogʻoz, yengil (toʻqimachilik, poyabzal, tikuvchilik) va oziq-sanoat markazlari — Vena, Lins, Gras.

Qishloq xoʻjaligi. Q. x. da intensiv chorvachilik yetakchi oʻrinda turadi. Fermalar koʻp, taʼminot-sotish va matlubot kooperatsiyasi shoxobchasi rivojlangan.

Avstriya asosan togʻli oʻlka boʻlishiga karamay, uning 20% haydaladigan yerlar, 28,8% yaylov va pichanzorlardir. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki boqiladi. Asosiy ekinlari: gʻalla—bugʻdoy, arpa; texnika ekinlari — kand lavlagi. Xashaki ekinlar, meva, uzum yetishtiriladi. Asosiy q. x. oʻlkalari — Quyi Avstriya, Yuqori Avstriya, Burgenland va Shtiriya.

Transporti. T. y. larning uzunligi — 6,4 ming km. Magistral gaz quvurlari — 1,8 ming km. Avtomobil va havo transporti ham rivojlangan. Dunayda kemalar qatnaydi. Asosiy porti va muhim xalqaro aeroporti — Vena.

Tashqi savdos i . A. mashinalar, asbob-uskuna, yogʻoch materiallar, grafit, azotli oʻgʻitlar, metall buyumlar, elektr energiya va xalq isteʼmol mollarini chetga chiqaradi. Xom ashyo, yoqilgʻi, oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan oladi. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari orasida tashqi savdo muomalasining koʻp qismi Germaniyaga toʻgʻri keladi. Xorijiy sayyoxlik koʻpgina daromad keltiradi. Pul birligi — A. shillingi.

Tibbiy xizmat. Avstriyada 77600 dan ziyod oʻrinli kasalxonalar bor; barcha ixtisosliklardagi 28565 shifokor tibbiy yordam koʻrsatadi. Shifokorlarni Vena, Gras va Insbruk un-tlarining tibbiyot f-tlari yetishtirib beradi. Xushmanzara Badenbay-Vin, Bad-Ishl, Bad-Shallerbax, Badgashtaynda turli kurortlar joylashgan.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Ada 1966-y. dan umumiy 9 yillik taʼlimni joriy etish boshlangan. Avstriya maktablari va b. turdagi oʻrta oʻquv yurtlarida 1 mln. dan ortiq oʻquvchi, oliy oʻquv yurtlarida 205600 talaba oʻqiydi, 14 ming oʻqituvchi ishlaydi. Eng yirik oliy oʻquv yurtlari: Vena, Gras, Zalsburg, Insbrukdagi un-tlar, Vena, Grasdagi texnika un-tlari. Avstriya Fanlar akademiyasi mavjud. Kutubxonalari: Venadagi Milliy kutubxona, FA va Vena un-ti kutubxonalari; muzeylari: Tasviriy sanʼat akademiyasining bisoti, Avstriya galereyasi, Badiiy-tarix muzeyi, Betxoven, Gaydn, Motsart, Shubert muzeylari va h. k.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. Avstriyada bir kancha kundalik gaz. va b. davriy axborot nashrlari chiqadi. Eng mashhur nashrlari: «Viner saytung» («Vena gazetasi», 1703-y. dan), «Virtshaft» («Iqtisodiyot», 1945-y. dan), «Kurir» («Dastyor», 1954-y. dan); asosiy jurnallari: «Esterrayxishe monatsxefte» («Avstriya oynomasi», 1945-y. dan), «Zolidaritet» («Birdamlik»). Axborot agentligi — Austriya presse agentur — aksiyadorlik jamiyati, 1946-y. tashkil etilgan. Radio va telekoʻrsatuv «Esterrayxisher Rundfunk» («Avstriya radiosi va televideniyesi») davlat tashkiloti tomonidan nazorat qilinadi. 399 radiostyasidan eshittirishlar olib boriladi. Telekoʻrsatuv 1956-y. dan buyon ishlaydi.

Adabiyoti. Avstriya adabiyoti 9—11-a. larda vujudga kela boshlagan. Unda lotin tilidagi liniy sheʼriyat ustun edi. Shoira Ava va hajvchi shoir Genrix fon Melk nemis tilida yoza boshlashgan. 12-a. oxirida qahramonlikni madh etuvchi eposlar («Nibelunglar toʻgʻrisida qoʻshiq») yaratildi. Bu davrga kelib Vena minnezang deb atalgan saroy ritsarlik sheʼriyati markazita aylandi. V. fon der Fogalneyde eng atokli minnezinger edi. Byurgerlik vujudga kelgan davrda Avstriya adabiyotida muxoliflik ruhidagi hajvchilik kuchaydi. 13 — 14-a. lardagi taniqli hajvchilar: «Pop Amis» shvank (janr turi)lar toʻplamining muallifi Shtrikker, shoirlardan Verner-Sadovnik va G. Teyxner. 14 — 16-a. larda gumanistlar I. Fon Noymarkt, I. fon Zaas, K. Seltis faoliyati diqqatga sazovor. Gabsburglar monarxiyasi va katolik cherkovni madh etuvchi 17-a. adabiyoti va teatri xalqqa begona va tushunarsiz edi. Hajvchi Abraxam a Santa Klara va Vena xalq dramasi namoyandalari (Y. Straniskiy va b.)ning asarlari xalq orasida mashhur edi. Avstriya adabiyoti 18-a. oxiri va 19-a. da gʻoyat gullab-yashnadi. Eng yaxshi asarlarda Yevropa maʼrifatparvarligi oliy gʻoyalari aks ettirildi. Vena xalqdramasi va hajvchilik yoʻli anʼanalarini F. Raymund, I. Nestroy, A. Blumauer davom ettirishdi. Ayni vaqtda klassitsizm va romantizm rivojlanib bordi. K. Pixler, I. N. Fogl, N. Lenau ijodida romantik ohanglar va milliyvatanparvarlik gʻoyalari ustunlik qildi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlari adabiyotida bir qancha naturachilik va subyektivchilik ruhidagi impressionizm, neoromantizm, simvolizm, ekspressionizm kabi oqimlar yuzaga keldi. Shu oqimlar ayrim namoyandalarining asarlarida ijtimoiy tanqidiy ohanglar yangradi. G. fon Gofmanstal, A. Shnisler, A. Roda-Roda, R. M. Rilke, G. Trakl, F. Verfel, P. Altenberg, G. Bar, F. Kafka oʻz davrining nuqsonlarini qoralaganlar. B. fon Zutner va K. Kraus asarlarida militarizmga karshi oshkora norozilik bildirilgan. 1-jahon urushi yillarida va undan keyin adabiyot maydoniga kelgan shoirlar: A. Vildgans, A. Petsoldtub xalqchillik gʻoyalarini koʻtarib chiqishdi. K. E. Fransoz, S. Sveyg, R. Muzil, Y. Rot, G. Surmyulen, G. Brox, F. Brukner urushga qarshi ruxda asarlar yaratishdi. A. Germaniya tomonidan qoʻshib olingach (anshlyuz), ayrim taraqqiyparvar yozuvchilar (Y. Rot, R. Muzil, S. Sveyg va b.) mamlakatdan bosh olib ketishga majbur boʻldilar, baʼzilari (Yu. Zoyfer, A. Kyonig) fashizm zindonlarida halok boʻldilar. Mamlakat fashizmdan ozod boʻlgach, Avstriya adabiyo-tining asl namoyandalari milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga hissa qoʻshdilar. E. Prister. G. Lebert, F. T. Chokor, X. Guppert, X. fon Doderer, I. Baxman, M. Vid, F. Kain, A. Lernet-Xoleniya singari shoir va yozuvchilar shular jumlasidandir.

Meʼmorligi. 11-a. dan 13-a. boshlarigacha Avstriya meʼmorligida romantik uslub hukmron boʻldi (Gurke va Zekkaudagi bazilika, Venadagi avliyo Stefan soborining gʻarbiy tarzi). 13 — 15-a. larda gotika rasm boʻldi (Xeyligenkreys va Svetldagi cherkovlarning xorlari, Venadagi Stefan sobori). Avstriya dagi Uygonish davri (15—16-a.)da erkerli (oynavand), peshayvonli uylar, qasr toifasidagi saroylar qurildi. 17—18-a. larda Vena, Zalsburg, Linsda barokko uslubida shahar tashqarisidagi qarorgohlar, monastirlar, saroy va cherkovlar qurildi (Shenbrunn saroylari majmuasi, 1695, meʼmor I. B. Fisher fon Erlax; Belveder, 1714 — 23, meʼmor L. Xildebrandt). 19a. 1-yarmi meʼmorligi uchun klassitsizm, 19-a. 2-yarmi meʼmorligi uchun eklektika va modern xos boʻldi. Zamonaviy inshootlar orasida Venadagi Shtadtxalle shahar zali (1955—58, meʼmor R. Rayner) va b. bor.

Tasviriy sanʼati. Avstriya hududida «Villendorf Venerasi» deb atalgan paleolitik haykal (qad. tosh davri), neolit kulolchiligi va bronza buyumlar (yangi tosh davri) topilgan; mahalliy haykaltaroshlik va rassomlik namunalari (mil. av. 1-a. — milodning 5-a. i) saqlanib qolgan. Gurke va Zekkaudagi sobor devorlariga solingan rasmlar, shuningdek vitrajlar, relyeflar, miniatyuralarda romantik uslub koʻrinib turadi (11 —13-a. lar). 15-a. dan boshlab Avstriya sanʼatida Uygʻonish davrining insonparvarlik belgilari paydo boʻldi (haykaltarosh Ya. Kashauer, rassom M. Paxer). 17 — 18-a. larda barokko uslubining rivojlanishi bilan Avstriya sanʼati katta ahamiyat kasb etadi (B. Permozer, G. R. Donner, F. K. Messershmidtning manzara haykallari, F. A. Maulberch rang-tasviri, Vena chinnisi). Portret rang-tasvirida klassitsizm taʼsiri seziladi (I. B. Lampi, I. Grassi). 19-a. da romantizm (M. Shvind) va bidermayer (F. Valdmyuller, M. Daffinger) yoyildi. X. Makkart ijodiga dabdabali salon uslubi xosdir. 1898-y. dan Vena Setsessioni jamiyati modernchi rassomlar (G. Klimt, A. Kubin)ni birlashtirdi. 20-a. boshlarida ekspressionizm (O. Ko-koshka) yuzaga keldi. Hoz. zamon sanʼatida abstraksionizm (F. Votruba) va syurrealizm (E. Fuks, Y. Dobrovskiy va b.) bilan bir qatorda realistik anʼanalar davom etmoqda.

Musiqasi. Oʻrta asrlardan boshlab sayyoh musiqachilar, shpilmanlar, vagantlar (qochoq talabalar, ishqiy, hazil qoʻshiq ijrochilari) xalq musiqa madaniyatining namoyandalari boʻlgan. 17-a. da xalq musiqa teatri (zingshpil), kamer musiqasi va simfoniya vujudga keldi. 18-a. ning2-yarmida Vena klassik maktabi shakllandi (Y. Gaydn, V. A. Motsart va L. Betxoven). K. V. Glyuk uning eng yaqin oʻtmishdoshi edi. 19-a. ning 1-yarmida F. Shubert Avstriya musiqasida romantik oqimga asos soldi, bal musiqasi gʻoyat mashhur boʻldi (Y. Lanver, Shtrauslar oilasi), Vena operettasi qaror topdi |Y. Shtraus (oʻgʻil), F. Zuppe, K. Seller]. I. Brams va A. Brukner ijodida simfonik musiqa yuksak darajaga koʻtarildi. 20-a. boshlarida atokli simfoniyachi G. Maler ijod etdi. F. Shreker opera janrida ishladi. 19-a. oxirida Yangi Vena maktabi yuzaga keldi (A. Shyonberg, A. Berg, Avstriya Vebern). Hoz. zamon Avstriya musiqasida yangi klassitsizmdan tortib modernizmgacha boʻlgan turli oqimlar mavjud. Kompozitor Y. Marks romantik realizm deb atalgan oʻz maktabini yaratdi, uning shogirdlari — A. Kaufman, F. Vildxans, ijrochilar orasida — dirijyorlar G. Karayan, K. Byom, yakkaxonlar orasida E. Shvarskopf, G. Tepper, I. Metternix va b. Musiqa jamoalari: Venada — Vena davlat operasi, Xalq operasi («Folksoper»), Kamer teatri, uchta simfonik orkestr, Vena oʻgʻil bolalar xori, Grasda — opera; Zalsburgda 1841-y. dan Motsarteum — xalqaro motsartshunoslik markazi ishlab turibdi. Mazkur uchchala shaharda musiqa va drama sanʼati akademiyalari bor.

Teatri. Avstriyada teatr 16-a. da vujudga kela boshladi (havaskor aktyorlarning sayyor truppalari). 17—18-a. larda saroy va maktab teatrlari boʻlgan. 1712-y. da Venada dastlabki doimiy teatr, 1741-y. da Burgteatr, 1788-y. da «Yozefshtadt-teatr»ga asos solindi. Soʻnggi teatr 20-a. ning 20—30-y. larida sanʼatda ilgor rol oʻynadi (1924—38 y. larda unga M. Reynxardt rahbarlik qildi). 1945-y. dan «Burgteatr» A. ning yetakchi teatri boʻlib qoldi.

Kinosi Avstriyaning birinchi badiiy filmi — «Bosqichdan bosqichga» (1908, rej. X. Xanus). 1920—24 y. lar Avstriya kinosining kjsalish davri boʻldi (xususan, rej. Avstriya Kord filmlari). Avstriya kinematografiyasining yangi ravnaqi 1946-y. dan boshlandi («Olis yoʻl» filmi, rej. E. Xesh).

Vena sh. dagi Opera teatri binosi.

50—60-y. larda musiqali biografik filmlar, revyu-filmlar («Qahramonlik simfoniyasi», «Dunay farzandlari», «Soʻnggi harakat») chiqarildi. Taniqli rej. lar V. Forst, A. Kvendler; aktyorlar P. Vesseli, M. Andergast, R. Shnayder, Maksimilian va Mariya Shellar Avstriya kino arboblaridir.


Lotin alifbosida maqola: AVSTRIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AHOLI
ARGENTINA
AMIR TEMUR
ANDIJON VILOYATI
ARMANISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты