AHMAROV Chingiz Gabdurahmonovich

AHMAROV Chingiz Gabdurahmonovich (1912.18.8, Troisk sh., hoz. Chelyabinsk viloyati — 1995.13.5, Toshkent) — monumentalist rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (1964). Ijodida Sharq miniatyu-rasi anʼanalarini davom ettirib, milliy musavvirlik maktabini yaratdi. Perm badiiy texnikumida (1927-30), V. Surikov nomidagi Moskva badiiy insitutida (1935-42) taʼlim olgan. Ahmarov oʻzbek tasviriy sanʼatining milliy oʻziga xosligi borasida xalqning boy va goʻzal badiiy merosining ilgʻor anʼanalarini hoz. zamon sanʼatiga ijodiy singdirishda faol xizmat qildi. Asarlarida ijodkorlik ruhi bilan yashayotgan zamondoshlarining goʻzal va yoqimtoy, tabiati murakkab va nafis qiyofalari tasvirlanadi. Ijodini 30 – y. larda dastgoh rassomligi va grafika sohasida asarlar yaratish bilan boshlagan (Sh. Sulaymonning «Li Chu» kitobini bezagan, 1934; «Mushtum», «Mashʼala» jur. lari uchun rasmlar chizgan; «Qiz portreti», «Bola portreti», «Akam portreti» va b.). 2 – jahon urushi yillarida vatanparvarlik ruhidagi asarlarni yaratdi («Oʻzbekiston qilichi» triptixi, 1942). Dastlab Navoiy teatri foyesiga Navoiy «Xamsa»si mavzulari asosida mahobatli devoriy rasmlarni (1944 — 47) ishladi. Shu davrdan boshlab Sharq mavzui Ahmarov ijodidan keng oʻrin oldi. Qozon opera va balet teatri (1959), Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi (1968), Beruniy nomidagi Sharqshunoslik in-ti (1968 — 69), Samarqanddagi Ulugʻbek memorial muzeyi (1964), «Yulduz» restorani (1970), Hamza nomidagi Sanʼatshunoslik in-ti (1980) va b. binolarga (hammasi ham alebastrga tempera b-n) devoriy rasmlarni chizdi. 50 – y. lardan koʻp qirrali ijodkor sifatida koʻzga tashlandi: portretlar (M. Turgʻunboyeva, 1952; rassom R. Temurov, 1961; shoira Zulfiya, 1965; Halima Nosirova, «Yosh Navoiy», 1968), teatr spektakllari va kinofilmlarga chizgilar (M. Shayxzodaning «Mirzo Ulugʻbek» fojiasiga, Hamza teatri, 1964; «Ulugʻbek yulduzi», «Ikki dil dostoni» filmlariga), kitob bezaklari (Oybekning «Navoiy» romani, 1951; «Ravshan» eposi, 1958 va b.), maishiy lavhalar («Buxorocha raqs», «Xorazmcha raqs», «Xush kelibsiz», hammasi ham 1971), rasmlar («Indoneziya taassurotlari» turkumi, 1964), amaliy sanʼat buyumlari uchun chizgilar (chinni laganlar uchun rasmlar, 60 — 70-y. lar) ham yaratdi. Toshkent metropolitenining «Alisher Navoiy» bekati, Amaliy sanʼat muzeyi binosi devorlariga ishlagan asarlari (80 — 90-y. lar) ham jozibalidir. Soʻnggi yillarda «Amir Temur va Bibixonim», «Amir Temur va darvish», «Amir Temur va Boyazid» kabi asarlarini yaratdi (1992 — 95). Asarlari Oʻzbekiston sanʼat muzeyida, Amaliy sanʼat muzeyida, Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida, Qoʻqon adabiyot muzeyida va b. muzeylarda saqlanadi. Hamza nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureati (1968).

Ad:. Umarov A., Chingiz Ahmarov, T., 1974; Chingiz Ahmarov: Albom, T., 1982.

Abdulhay Umarov.


Lotin alifbosida maqola: AHMAROV Chingiz Gabdurahmonovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
ABDULLA QODIRIY
ARMANISTON
ADABIYOTSHUNOSLIK
ARGENTINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты