AMERIKA-MEKSIKA URUSHI

AMERIKA-MEKSIKA URUSHI (1846—48) — AQSHning Meksikaga qarshi olib borgan bosqinchilik urushi. AQSHning jan. dagi plantatorquldorlar Meksikaning Texas shtatiga kuchib utganlar va Meksika hukumatiga qarshi isyon koʻtarganlar (1835) hamda Texasni «mustaqil» davlat deb eʼlon qilganlar (1836). 1845-y. ga kelib, AQSH Texasni oʻz shtatlari tarkibiga qoʻshib olishga erishdi, bu 1846—48 y. urushini keltirib chiqardi. AQSH bosqinchilari Meksika qoʻshinlarini tor-mor qilib, 1847-y. sent. da mamlakat poytaxti Mexikoni oldilar. 1848-y. 2 fev. da Guadalupe-Idalgoda sulh shartnomasi tuzildi, unga muvofiq AQSH Meksika yerlarining deyarli yarmini (Texas, Yangi Meksika, Arizonaning bir qismi, Yuqori Kaliforniyani) uziga qoʻshib oldi.


Lotin alifbosida maqola: AMERIKA-MEKSIKA URUSHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
FRANSIYA
TOSHKENT
MEKSIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты