AZOTLI OʻGʻITLAR

AZOTLI OʻGʻITLAR — tarkibida azot boʻlgan va oʻsimliklarning azot bilan oziqlanish manbai sifatida qoʻllaniladigan organik hamda anorganik moddalar, oʻsimliklarni azot bilan oziqlantirish manbai. Azotli oʻgʻitlar 1914—18 y. larda ammiakni havodagi azot va vodoroddan sintezlash sanoat miqyosida oʻzlashtirilganidan keyin kimyo sanoatida ishlab chiqarildi. Oʻzbekistonda birinchi marta Chirchiq elektr kimyo ktida 1940-y. da ishlab chiqarilgan. Fargʻona azotli oʻgʻitlar z-di, Navoiy kimyo k-tida asosiy turdagi Azotli oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. OʻzR kimyo sanoatining Azotli oʻgʻitlar ishlab chiqarish boʻyicha yillik quvvati 2,8 mln. t (1995-y. da 1012,1 ming t A. u. ishlab chikarildi; 100% oziq-modda hisobida). Azotli oʻgʻitlar organik (goʻng, torf, kompost), mineral (ammiakli selitra, ammoniy sulfat, mochevina va suvli ammiak) hamda koʻkat oʻgʻitlar (lyupinning koʻk massasi, seradella va b.)ga boʻlinadi. Azotli oʻgʻitlarni i. ch. da ammiak va nitrat kislota asosiy xom ashyo boʻlib xizmat qiladi. Azotli oʻgʻitlar noqoratuproq zonada, oʻrmonli dasht zonaning nam joylari va sugʻoriladigan dehqonchilik zonasida q. x. oʻsimliklari hosildorligini oshirishda eng yaxshi vosita hisoblanadi. Oʻsimliklar koʻpincha azotning mineral birikmalaridan, asosan, nitrat va ammoniy tuzlarini uzlashtiradi. Mineral Azotli oʻgʻitlarda azot ammiakli, ammiakli-nitratli, nitratli va amidli koʻrinishlarda boʻlishi mumkin. Bu oʻgʻitlar tarkibidagi azotni oʻsimliklar oson uzlashtiradi va uning taʼsiri tez bilinadi. Sugʻorma dehqonchilik mintaqasida qoʻllaniladigan Azotli oʻgʻitlarning asosiy miqdorini ammiakli selitra va mochevina tashkil etadi.

Ammiakli oʻgʻitlarga (azot NH3 shaklida) ammoniy sulfat, ammoniy xlorid, ammoniy bikarbonat, suvsiz ammiak, suvli ammiak, ammiakatlar kiradi. Ammoniy sulfat tarkibidagi ammiakli azot tuproqqa yutilmaydigan nitrat holidagi azotga nisbatan tuproqda yaxshi ushlanib, kamroq yuvilib ketadi.

Ammiakli – nitratli oʻgʻitlar (azot NH3 va NO3 shaklida) — bularga ammiakli selitra (ammoniy nitrat, nitrat kislotaning ammoniy tuzi) va ammoniy sulfonitrat kiradi. Ammiakli selitra asosan donador holda ishlab chiqariladi; bu oʻgʻit taʼsirida tuproqning muxiti kuchsiz kislotali boʻladi.

Nitratli oʻgʻitlarga (azot NO3 shaklida) natriyli, kalsiyli, kaliyli selitralar kiradi. Nitratli oʻgʻitlar fiziologik ishqoriydir, ularni kislotali muxitga ega boʻlgan tuproqlarda ishlatsa yaxshi natija beradi.

Amidli oʻgʻitlarga (azot NH2 shaklida) mochevina (karbamid), mochevina-formaldegidli oʻgʻitlar kiradi. Sugʻoriladigan dehqonchilikda mochevina Azotli oʻgʻitlar ichida eng samarali hisoblanadi. Mochevina-formaldegidli oʻgʻitlar tuproq qatlamidan yuvilib ketmaydi, ular tuproqda sekin eriydi. Azotli oʻgʻitlar meʼyori tuproq-iqlim sharoiti, oʻsimliklarning biol. xususiyatlari, tuproqqa solinadigan organik oʻgʻitlar miqdori va b. ga bogʻliq. Azotli oʻgʻitlar qoʻllaganda oʻsimliklar hosildorligini oshishi turlicha boʻlib, bu koʻrsatkich tuproqqa qanday ishlov berilishiga, oʻstirilayotgan ekin turi va b. omillarga bogʻliq. Dala sharoitida oʻtkazilgan tajribalar shuni koʻrsatadiki, Azotli oʻgʻitlarni qoʻllanganda paxta hosili gektariga 13,5—15,7 s va undan ham ortishi mumkin. Hosildorlik gektariga 37,4—39,8 s boʻlishi uchun paxta dalasiga gektariga 250—300 kg sof azot miqdorida oʻgʻit solish zarur (yana q. Mineral oʻgʻitlar).

Risqivoy Yoqubov.


Lotin alifbosida maqola: AZOTLI OʻGʻITLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
AGROKIMYOVIY TAHLIL
AVIATSIYA
AMMONIY NITRAT
ARMANISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты