AKTYORLIK SANʼATI — aktyor ijrochiligi, teatr, kino, televideniye va radiola badiiy obraz yaratish sanʼati. Aktyor maʼlum rolda oʻynar ekan, oʻz qahramoni qiyofasiga kirib, uning feʼl-atvorini, ichki dunyosi va intilishlarini ifodalaydi. Bunda u pyesa, libretto yoki ssenariydagi mazmunni oʻz ijodi, hayotiy tajribasi bilan boyitadi, jonlantiradi. Obraz yaratishda aktyorning nutqi, gavdasi, yuz va koʻz imoishoralari, tuygʻulari, idroki asosiy vositalardir. Aktyor grim, libos, baʼzan niqobdan foydalanadi, gavdalantiradigan kishisi yoki boshqa mavjudotga yarasha xatti-harakat, ohang, imo-ishora topadi, ichki va tashqi tomonni birbiriga uygʻunlashtiradi. Aktyorlik sanʼati ijrochilarning dunyoqarashi, shaxsiyati, ijodiy oʻziga xosligiga tayangan holda hayotiy voqelikni aks ettiradi. Sanʼat turlari (drama, opera, balet, kino, telefilm, telespektakl, radioteatr) va turli-tuman janrlarga qarab Aktyorlik sanʼati bir qator uslublar va yoʻnalishlarga boʻlinadi. Sahnada ijod qiluvchi aktyorni yuzlab tomoshabin bevosita kuzatib turadi. Shuning uchun u har bir soʻzni baland tovush bilan aytishga, har bir harakatni boʻrttirib koʻrsatishga majbur.
Kinoda boshqacha: ovozeiz kinoda faqat qarakat, imo-ishora bilan inson feʼl-atvori ochib berilgan, kino ovozli boʻlgach, aktyor kino kamerasi roʻpa-rasida kuproq qahramonning ruhiy holatini ochishga oʻtdi. Televideniye ham aktyordan tabiiylikni talab qiladi. Radioteatrda esa aktyorlarning uzlari koʻrinmaydi, ovozlari eshitiladi, xolos. Shu boisdan ovoz imkoniyatlari keng ishlatiladi. Balet spektakllarida obrazlar raqqos va raqqosalarning muayyan musiqa mazmunini ifodalovchi tana, qul harakatlari, aylanishlari, yuz va koʻz imo-ishoralari vositasida yaratiladi. Operada ijrochining musiqiy ohanglari, obraz surʼati kompozitor tomonidan belgilangan, dirijyor rahbarligida orkestr tomonidan oʻzlashtirilgan boʻladi. Aktyor kompozitor belgilagan, orkestr uzlashtirgan ohang va usullarni oʻz jozibasi, ovozi, his-tuygʻulari bilan boyitadi. Musiqali teatr turi (opera, balet, operetta, musiqali drama)ga qarab artistning aytish va sahnaviy harakatlari har xil boʻladi. Ammo umumiy jihat shuki, musiqali teatr artisti xonandalik, aktyorlik, raqqoslik sohalarini puxta oʻzlashtirgan, sintetik qobiliyatga ega boʻlishi kerak.
Oʻzbek Aktyorlik sanʼati qadim tarixga ega. Uning sarchashmalari ibtidoiy jamiyatdan boshlangan: tabiat hodisalariga topinish, ibtidoiy odamlarning eʼtiqodlariga doir marosimlardan, ovchilik bilan bogʻliq koʻpchilik boʻlib ijro etiladigan oʻyinlar, pantomimalardan kelib chiqqan. Aktyorlik sanʼati badiiy ijodning aloxida turi sifatida mil. av. 5-a. da Hindiston, Yunonistonda shakllanadi. Keyinchalik Qad. Rimda rivojlandi. Ilk davlatlar va shaharlarning paydo boʻlishi natijasida Turkistonda ham Aktyorlik sanʼatining oʻziga xos ilk kuri-nishlari shakllandi. Ellinizm davrida (mil. av. 3—1-a. lar) vujudga kelgan Aktyorlik sanʼati anʼanalari 20-a. boshlarigacha yetib kelgan. U ijtimoiy timsol — obrazlar yaratishda oʻziga xos uslub va ifoda vositalariga ega boʻlgan. Obraz yaratishda psixologik tahlildan koʻra nutqning serboʻyoqligi, mubolagʻa, badiha, kulgi vositalaridan keng foydalanish, harakat, imo-ishora, ohanglarni boʻrttirishga intilishgan. Antik davrda hoz. Oʻzbekiston hududida ham tragik aktyorlar ish koʻrgan. Oʻrta asrlarda Movarounnahr, Fargʻona vodiysi, Xorazm vohasida hajv va hazil vositalaridan foydalangan masxaralar, muqallidlar, jiddiy yoʻsinda hikoya qiluvchi maddohlar, qissaxonlar, voizlar, goʻyandalar faoliyat koʻrsatganlar. 20-a. da maydonga kelgan Yevropa tipidagi yangi oʻzbek teatrida Aktyorlik sanʼati yanada taraqqiy etdi. U jahon teatri va Aktyorlik sanʼati tajribalarini ijodiy oʻzlashtirish, qad. milliy teatr ijrochilik anʼanalarini rivojlantirish yoʻlida kamol topdi. Aktyorlar dramaturg tasvirlagan voqelikni, pyesa qaxramonlarining ichki dunyosini ochishga, obrazning gʻoyaviy maʼnosini chuqur talqin qilishga oʻrgandilar. 20—30-y. lar oʻtkir satirik yoʻnalish, maishiy tafsilot, yorqinlik, boʻrttirma oʻzbek Aktyorlik sanʼatiga xos boʻlgan. A. Hidoyatov, gʻ. Islomov, M. Miroqilov, R. Pirmuhamedov va b. aktyorlarning ijodlari bunga misoldir. 40-y. larning oxiri — 50-y. larda oʻzbek aktyorlari ijodida yirik falsafiy umumlashma, zamonaviy joʻshqinlikka intilish kuchaydi. O. Xoʻjayev, Sh. Burhonov, S. Eshontoʻrayeva, 3. Sadriyevalar yaratgan tarixiy va mumtoz obrazlar gʻoyaviy teranligi, badiiy yetukligi bilan oʻzbek Aktyorlik sanʼati sni yuqori pogʻonaga koʻtardi. Shu yillarda qahramonona-romantik, falsafiy-badiiy, ijtimoiy-maishiy ijrochilik yoʻnalishlari va milliy ijrochilik maktabi shakllandi. Teatr aktyorlari kino, teleradio sohalariga dadil kirib borib, mazkur sanʼatlar ijrochiligining shakllanishiga hissa qoʻshdilar. Ushbu sanʼatlarni mukammal egallagan R. Pirmuhamedov, R. Hamroyev, N. Rahimov, Sh. Burhonov, Ya. Sarimsoqova, O. Jalilov, H. Umarov, Yo. Axmedov, P. Saidqosimov, Oʻ. Alixoʻjayev, D. Qambarova, I. Ergashev, Yo. Saʼdiyev, T. Shokirova kabi aktyorlar avlodi yetishdi. 60—90-y. larda Oʻzbek Aktyorlik sanʼati sda ijodiy yoʻnalishlar koʻpaydi, teatrda, teleradioda, sirkda ijod qiluvchi ijrochilarning bir-birlariga taʼsirlari kuchaydi. O. Norboyeva, E. Komilov, G. Jamilova, H. Nurmatov, R. Ahmedova, M. Abduqunduzov, T. Moʻminov, M. Rajabov kabi aktyorlar mavjud anʼanalarni oʻzlashtirish yoʻlidan bordilar.
Oʻzbek operasi, musiqali drama teatrlarida T. Jalilov, M. Ashrafiy, T. Sodiqov, S. Yudakov, M. Leviyev, I. Akbarov kabi kompozitorlarning musiqa asarlari asosida ijrochilik maktabi shakllandi. M. Qoriyoqubov, H. Nosirova, L. Sarimsoqova, K. Zokirov, S. Qobulova, S. Yarashev, Sh. Rahimova, G. Izmaylova, B. Horiyeva va b. shu maktab vakillaridir.
Oʻzbekiston mustaqilligi davrida sahnaviy janrlarning oʻzaro taʼsiri, yangi birikmali uygʻun janrlarning paydo boʻlishi Aktyorlik sanʼati sda ham ijro va ifoda vositalarining yanada boyishiga olib keldi. Drama teatrida ashula va raqs vositalarini keng qullash, musiqa teatrida dramatizm, ichki kechinmalarning kuchayishi, bolalar teatrida barcha ijrochilik yoʻnalishlaridan bahramand boʻlish shundan dalolatdir. Bu davrda qoʻlga kiritilgan chinakam ijodiy erkinlik A. sda ham uz aksini topdi: milliy anʼanalarga eʼtibor, ijodiy izlanish, yangi shakl va vositalar izlab topish, badihagoʻylik kuchaydi. Aktyorlar oʻz isteʼdodlari, imkoniyatlarini turli janrlarda sinab koʻrish va toʻliq roʻyobga chiqarish imkoniga ega boʻldilar.
Muhsin Qodirov.