BRAZILIYA

BRAZILIYA (Brasil) Braziliya Federativ Respublikasi (Republica Federativa do Brasil) — Jan. Amerikadagi eng katta davlat, qitʼaning sharqiy va markaziy qismlarida, Atlantika okeani sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 26 shtat va federal (poytaxt) okrugga boʻlinadi. Mayd. 8512 ming km2. Aholisi 162,6 mln. kishi (1996). Poytaxti — Braziliya sh.

Davlat tuzumi. Braziliya — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1988-y. 5 okt. da qabul qilingan; 1994-y. mart va 1997-y. iyunda tuzatish kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident. Prezident b-n vitseprezident aholi tomonidan toʻgʻri va yashirin ovoz berish orqali 4 y. muddatga saylanadi. Prezident ketmaket ikkinchi muddatga saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Milliy kongress (parlament). Parlament ikki palata: deputatlar palatasi va federal senatdan iborat. Ijroiya hokimiyatni prezident va u tuzgan hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. Braziliyada Atlantika okeani sohili boʻylab koʻpdankoʻp qoʻltiqlar va koʻrfazlar uchraydi. Mamlakat hududining yarmidan koʻprogʻini Braziliya yassitogʻligi ishgʻol etgan (eng baland nuqtasi Bandeyra togʻi, 2890 m); oʻrtacha bal. 600 — 800 m boʻlgan bu toglik Braziliyaning jansharq va jan. tomonlarini egallab yotadi. Braziliya shim. da Gviana yassitogʻligi joylashgan. Shu yassitogʻliklar orasida keng Amazonka payettekisligi bor. Mamlakatning jan. va jan. gʻarbiga LaPlata payettekisligining bir qismi kirib kelib, okean sohilida kambar payettekislikni hosil qiladi. Braziliyada polimetall, oltin, temir rudasi, nodir metallar, marganes rudasi, boksit, neft, toshkoʻmir, tuz konlari va b. konlar bor. Braziliya iklimi ekvatorial, issiq va nam. Oʻrtacha oylik tra 16— 29ʻ. Amazonka payettekisligida yiliga 2000—3000 mm, togʻ yon bagʻirlarida 1500—2000 mm, sohilda 3000 mm, tog tepalarida esa 500 mm yogʻin yogʻadi. Braziliyada dare juda koʻp. Eng yirik daryolari: Amazonka, Parana, SanFransisku, Urugvay. Amazonka va uning gʻarbiy irmoqlarida kema qatnaydi. Braziliyada nam tropik oʻrmonlar (gileya yoki selvaslar), tropik dashtlarda savanna oʻrmonlari (kampos), qizil laterit tuproqlarda oʻsadigan oʻrmonlar koʻp tarqalgan. Braziliya qattiq yogʻochli daraxtlar zaxirasi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. Umuman mamlakat hududining 38% oʻrmonlar bilan qoplangan. Botqoqlik koʻp. Hayvonlardan chumolixoʻr, zirhlilar, yoldor boʻri, nandu tuyaqushi, har xil kemiruvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar koʻp uchraydi. Braziliya hududida Iguasu, Itatiaya, PauluAfonsu, SerradusOrgans kabi yirik millim bogʻlar va bir necha quriqxona bor.

Aholisn. Braziliya aholisining asosiy qismi (95% dan koʻprogʻi) brazillar. B. da Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan kelgan bir necha million kishi, jumladan nemislar, italyanlar, portugallar, yaponlar, ispanlar, polyaklar, livanliklar, suriyaliklar ham yashaydi. Tub joy xalqi — indeyslar koʻplab qirib yuborilgan, bir qismi boshqa xalqlar bilan qorishib ketgan. Omon qolgan indeys qabilalari mamlakat ichkarisidati xilvat joylarda yashaydi. Shahar aholisi 75,5%ni tashkil qiladi. Davlat tili — portugal tili. Dindorlar asosan katoliklardir. Eng yirik shaharlari: SanPaulu, RiodeJaneyro, BeluOrizonti, Resifi, PortuAlegri, Salvador, Fortaleza, Kuritiba, Belen, Braziliya, Kampus, Niteroy, Manaus.

Tarixi. Braziliya hududida insonning paydo boʻlishi neolit davriga toʻgʻri keladi. 16-a. gacha Braziliyada bir necha yirik indeys qabilalari yashagan. Ular koʻchmanchi hayot kechirgan, tupiguarani qabilasigina oʻtroq yashagan. Indeys qabilalari ovchilik, baliqchilik bilan bir qatorda dehqonchilik ham qilishgan. 16-a. boshlarida tupiguarani jamoalarida mulkiy boʻlinish davri boshlangan. 1500-y. apr. da Portugaliya lik dengizchi P. Kabral B. qirgʻoqlariga bordi va yangi yer ochganligini va u Portugaliyaga qarashliligini eʼlon qildi. Kabral sayohatidan 10 y. keyin portugallar B. dan qimmatbaho qizil daraxt — «brazil»ni (B. nomi ham shunday kelib chiqqan) jahon bozorlariga olib borib sota boshladilar. Braziliya kashf etilgach, u uzoq vaqt Portugaliya bilan Fransiya oʻrtasida talash boʻlib keldi, 1516-y. dagina bu mojaro Portugaliya foydasiga hal boʻldi. 1532—36 y. larda Braziliya qirgʻoq joylari kapitanlik deb ataladigan 13 maʼmuriy hududga boʻlindi. 1549-y. B. ning asosiy shahri boʻlgan Baiya (hoz. Salvador)da gubernatorlik tashkil etildi. 16-a. ning 70-y. laridan boshlab portugallar Afrika qitʼasidan keltirilgan koʻplab negrlarni qul qilib sota boshladi; qullar plantatsiyalarda ishlatilardi. Braziliyada portugallar zulmiga qarshi milliy ozodlik kurashlari uzoqdavom etdi. 1720-y. da MinasJerays viloyatida Felipi dus Santus boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1797-y. Baiya viloyatida milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1807-y. Portugaliyaga Napoleon qoʻshinlari bostirib kirgach, Portugaliya qiroli RiodeJaneyroga qochib ketdi. Braziliya monarxiya markaziga aylandi (1808—21). 1820-y. gi Portugaliya burjua inqilobi Braziliyada mustaqillik uchun kurashning yanada avj olishiga sabab boʻldi. 1822-y. 7 sent. da Braziliya mustaqil imperiya deb eʼlon qilindi. 1888-y. B. da quldorlik bekor etildi. 1889-y. monarxiya tugatilib, Braziliya federativ respublika deb eʼlon qilindi. 19-a. ning oxiri va 20-a. boshlarida Braziliyaga chet el sarmoyasi, xususan AQSH monopoliyalari kirib kela boshlagach, sanoatning ayrim tarmoqlari rivojlana boshladi. 1-jahon urushi davrida Braziliya Antanta tomonida turib urushga kirdi. 20-y. lar Braziliya xalqommasining demokratik erkinliklar uchun kurash yillari boʻldi. 1924-y. da Braziliyaning barcha shtatlarida qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. 1930-y. gi davlat toʻntarishi natijasida J. Vargas hokimiyat tepasiga keldi. Uning hukmronligi yillarida demokratik va taraqqiyparvar kuchlarga qarshi kurash boshlanib, mamlakatning AQSHga iqtisodiy va siyosiy qaramligi kuchaydi. 1942-y. avg. da Germaniyaga qarshi mamlakatlar tomonida turib 2-jahon urushiga kirdi. Fashistlar Germaniyasining tormor etilishi Braziliyada demokratik harakatni kuchaytirdi. 1945-y. okt. da yangi davlat toʻntarishi boʻlib, harbiy diktatura oʻrnatildi. 1946-y. general E. G. Dutra hukumat boshligʻi boʻldi. 1950-y. gi prezident saylovida yana J. Vargas prezidentlikka saylandi. 1953—54 y. larda hukumat xalq ommasi talabi bilan neft sanoatini davlat qoʻliga oldi va ishchilarning ish haqini bir oz oshirdi. Hukumatning bu tadbiri Braziliya reaksion doiralarining yangidan bosh koʻtarishiga olib keldi. Bundan qoʻrqqan Vargas 1954-y. 21 avg. da oʻzini otib oʻldirdi.

1955-y. sent. oyidagi prezident saylovida hokimiyat tepasiga sotsialdemokratik partiyaning vakili J. Kubichek keldi. Kubichekning prezidentlik davri (1956—60) da, bir tomondan Braziliya iqtisodiyotiga chet el sarmoyasining koʻplab kirib kelishiga yoʻl ochilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, Braziliyaning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi qator tadbirlar oʻtkazildi, neftni davlat monopoliyasiga aylantirish uchun kurashildi, ʻAQSHga atom xom ashyolari sotish haqidagi shartnoma bekor qilindi. 1960-y. gi saylovda Xristiandemokratik partiya va Milliy demokratik ittifoq blokining nomzodi J. Kuadros prezidentlikka saylandi. 1961-y. avg. da Kuadros reaksion kuchlar tazyiqi bilan isteʼfo berishga majbur boʻldi. 1961-y. 7 sent. da J. Gulart prezidentlik lavozimini egalladi.

1964-y. apr. da yangi davlat toʻntarishi oʻtkazilib, marshal Umberto Kastelo Branko hokimiyat tepasiga keldi. Branko hukumati Gulart hukumati oʻtkazgan barcha ilgʻor tadbirlarni bekor qildi; 1967-y. mart oyida marshal Artur da KostaeSilva prezident qilib saylandi. Uning hukumati mamlakatdagi siyosiy tanglikdan qoʻrqib milliy xavfsizlik haqida qonun qabul qildi va juda keng vakolatlarga ega boʻlgan Milliy xavfsizlik kengashini tashkil etdi. Umuman 1985-y. gacha Braziliyada hokimiyat harbiylar qoʻlida boʻddi. 1994-y. da saylangan prezident Fernandu Enriki Kardozu 1995-y. 1 yanv. da oʻz lavozimini ijro etishga kirishdi. Braziliya — 1945-y. dan munosabatlarini 1993-y. 30 apr. da oʻrnatgan. Braziliyaning milliy bayrami — 7 sent. — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1822).

Siyosiy partnyalari, kasaba uyushmalarn. Braziliya taraqqiyparvar partiyasi, 1995-y. da bir necha islohotchi partiyalarning birlashuvi natijasida tuzildi; B. trabalist partiyasi, 1980-y. da asos solingan; Demokratik trabalist partiyasi, 1979-y. tuzilgan; B. demokratik harakat partiyasi, 1981-y. da tuzilgan; B. sotsialdemokratik partiyasi, 1988-y. da asos solingan; Liberal front partiyasi, 1984-y. da sobiq Sotsialdemokratik partiya aʼzolaridan tuzilgan; Milliy qayta qurish partiyasi, 1988-y. da asos solingan; Mehnatkashlar partiyasi, 1980-y. da tuzilgan; Sotsialistikxalq partiyasi, 1992-y. da Braziliya kommunistik partiyasining «yangilovchilar» fraksiyasi negizida tashkil etilgan. Mehnatkashlar umumiy konfederatsiyasi kasaba uyushmasi, 1986-y. da tuzilgan, 1988-y. gacha Mehnatkashlar umumii kasaba uyushma markazi deb atalgan; Mehnatkashlar yagona kasaba markazi, 1981-y. da tuzilgan. Shuningdek, sanoat ishchilari milliy konfederatsiyasi, savdo xodimlarining milliy konfederatsiyam, kredit muassasalari xodimlarining milliy konfederatsiyasi ham mavjud.

Xoʻjalign. Braziliya sanoatlashgan agrar mamlakat. Iqtisodiy salohiyati va tabiiy zaxiralari jihatidan Lotin Amerikasida yetakchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 30,3%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilik 10,8% ni tashkil etadi. 2-jahon urushidan keyin Braziliya iqtisodiyotida sanoatni rivojlantirish va umuman xoʻjalikni industriya asosida taraqqiy ettirish yoʻlida tuzilmaviy siljishlar roʻy berdi. 60-y. lardan boshlab milliy mahsulotda sanoatning ulushi q. x. dan oshib keta boshladi.

Sanoati. Kon sanoatida temir va marganes rudalar qazib olish muhim oʻrin oladi. Boksit, qoʻrgʻoshin, volfram, oltin, olmos, neft va tosh kumir, bir oz mikdorda qalay, pyx, mis, nikel ham qazib chiqariladi. Braziliya tashqi bozorga, asosan AQSHga strategik ahamiyatga molik maʼdanlar — niobiy, berilliy, sirkoniy kabilarni, shuningdek uran rudasini sotadi. Hosil qilinadigan elektr energiyaning 90% GESlarga toʻgʻri keladi. Tiyete va RiuGrandi daryolarida yirik elektr st-yalar mavjud. Mahsulot i. ch. tarmoqdari orasida eng yiriklari: metallurgiya (VoltaRedonda va BeluOrizonti sh. laridagi z-dlar Lotin Amerikasidagi eng katta poʻlat i. ch. korxonalari hisoblanadi) va mashinasozlik (jumladan, avtomobilsozlik, kemasozlik, aviasozlik, q. x., radioelektronika mashinasozligi). Keyingi yillarda elektr texnika, harbiy sanoat, atom sanoati, neftni qayta ishlash sanoati, kimyo va neft kimyosi tarmoklari (kislotalar, maʼdanli oʻgʻitlar, sintetik tolalar, boʻyoqlar, plastmassalar) rivojlandi. Toʻqimachilik (asosan ip gazlama) va oziq-ovqat sanoati (qandshakar, goʻsht, yogʻ, tamaki va b.) B. uchun anʼanaviy sohalardir. Sement, sellyulozaqogʻoz va oyna sanoati mavjud.

Qishloq xoʻjaligi. Mamlakat mayd. ning 3,5% ga yaqinida dehqonchilik qilinadi. Asosan Atlantika okeani sohili va jan. sharqiy shtatlarda ekinlar ekiladi. Eng muhim plantatsiya ekinlari — kofe, shakarqamish kakao, banan, sizal, ananas. Jan. da tamakichilik va sohibkorlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: makkajoʻxori, sholi, bugʻdoy, soya, maniok, loviya. Asosan goʻshtbop yaylov chorvachiligi, goʻsht va jun olinadigan qoʻychilik rivojlangan. Dengiz va daryolarda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda kauchuk, yongʻoq, mum, palma mevasi yigʻishtirib olinadi, imoratbop, qimmatbaho yogʻochlar tayyorlanadi. Braziliya yassitogʻligida «paragvay choyi» — yerbamate yetishtiriladi.

Transporti. Braziliya hududining katta qismi yoʻlsiz. T. y. ning uz. 32 ming km, shundan 3 ming km dan ortiqrogʻi elektrlashtirilgan. Transportning asosiy turi avtomobil; avtomobil yoʻllari uz. 1,7 mln. km; 5 ming km dan ortiq uzunlikdagi Transamazonka magistrali Atlantika sohilini And togʻ etaklari bilan tutashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uz. 31 ming km. Asosiy dengiz portlari: RiodeJaneyro, Santus, RiuGrandi, Paranagua, PortuAlegri, Tubaran, SanSebastyan. Braziliya chetga asosan ogʻir va yengil sanoatning tayyor va chala tayyor mahsulotlari, kofe, temir rudasi, soya, tamaki, qandshakar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, asbobuskuna, metall va undan yasalgan buyumlar, kimyo mahsulotlari, bugʻdoy va b. sotib oladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari: AQSH, Yevropa ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Kanada, Lotin Amerikasi mamlakatlari. Pul birligi — real.

Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Axrliga tibbiy yordamni xususiy shifokorlar koʻrsatadi. Shifokorlarni mamlakat oliy oʻquv yurtlaridagi tibbiyot f-tlari tayyorlaydi.

Braziliyada rasman 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy bepul boshlangich taʼlim joriy qilingan. Bolalar shaharlardagi 4—5 y. lik va qishloqlardagi 3 y. lik boshlangʻich maktablarda taʼlim oladilar. Bulardan tashqari toʻliqsiz maktab — gimnaziyalar, toʻliq oʻrta maktab — kollegiyalar, hunar va ped. maktablari ham bor. Oliy oʻquv yurtlarida pul toʻlab oʻqish mumkin. Braziliyada 70 ga yaqin unt, 740 dan ortiq boshqa oliy oʻquv yurtlari bor. RiodeJaneyrodagi Braziliya va SanPaulu untlari ularning eng yiriklaridir. Ilmiy muassasalari: B. fanlar akademiyasi, Milliy tibbiyot akademiyasi va b. Kutubxonalari: Milliy kutubxona, Portugaliya qirollik qiroatxonasi (RiodeJaneyro), Munitsipal kutubxona. Muzeylari: Milliy muzey, Milliy tarixiy muzey, RiodeJaneyrodagi Milliy nafis sanʼat muzeyi.

Matbuoti, radioeshnttnrishi va telekoʻrsatuvi. Braziliyada 300 ga yaqin gaz. va jur. nashr etiladi. Asosiy gaz. va jur.

lari: «Gazeta merkantil» («Savdosotiq gazetasi», SanPauluda chiqadigan kundalik iqtisodiy gaz., 1920-y. dan), «Dia» («Kun», RiodeJaneyroda chiqadigan kundalik gaz., 1951-y. dan), «Diariu di SanPaulu» («SanPaulu gazetasi», kundalik gaz., 1925-y. dan), «Jornal du Brazil» («Braziliya gazetasi», kundalik gaz., 1891-y. dan), «Jornal du komersiu» («Tijorat gazetasi», RiodeJaneyroda chikadigan kundalik gaz., 1827-y. dan), «Letin Amerika deyli post» («Lotin Amerikasining kundalik pochtasi», SanPauluda ingliz tilida chikadigan kundalik gaz., 1979-y. dan), «Folya di SanPaulu» («SanPaulu varaqasi», kundalik gaz., 1921-y. dan), «Globu» («Yer kurrasi», kundalik kechki gaz., 1925-y. dan), «Veja» («Koʻring», haftalik ommaviy siyosiy jur., 1968-y. dan), «Vizan» («Saviya», haftalik ommaviy siyosiy jur., 1952-y. dan) va b. Empreza Brazileyra di Komunikasan, SA (Radiubraz) axborot xizmati 1988-y. da hukumat axborot agentligi bilan davlat radioeshittirish korporatsiyasining birlashuvi natijasida tashkil etilgan. Mamlakat prezidentining fuqaro devoni tomonidan nazorat qilinadi.

Radioeshittirish va telekoʻrsatuvni asosan xususiy st-yalar amalga oshiradi, ularni milliy aloqa departamenta nazorat qiladi. Braziliya radio va televizion st-yalar uyushmasi 1962-y. da tuzilgan.

Adabiyoti portugal tilida rivojlangan. Braziliyada qadimdan indeys va negrlarning boy ogʻzaki ijodi mavjud. 17 — 18-a. larga kelib, yozma adabiyotda G. di Matusning satirik asarlari, T. Gonzaganing sheʼrlari, J. Gamaning maʼrifatparvarlik ruhidagi «Urugvay» poemasi paydo boʻldi. Ularda oddiy xalqturmushi aks ettirildi. Braziliya adabiyotida 19-a. ning 20-y. larida vujudga kelgan romantizm okimi rivojlandi. Bu davrda G. di Magalyainsning T«amoyo qabilasi ittifoqi», A. Gonsalvis Diasning «Amerika dostonlari» keng tarqaldi. J. M. di Alenkarning «Guaranlar», «Irasema», «Ubirijara» romanlarida indeyslarning urfodatlari, azobuqubatli hayoti, stixiyali boʻlsada kurashi aks etdi. Buyuk xalq shoiri A. Kastru Alvisning «Afrika ovozi», «Bandi kema» va b. mashhur poemalari «Toʻlqinlar mavji» asarlar toʻplamiga kiritildi. 19-a. ning ikkinchi yarmidan boshlab dehqonlar hayotini aks ettiruvchi bir qator romanlar paydo boʻldi. Shu davrda A. Gonsalvis Diasning «Beatriche Chenchi», «Patkul» tarixiy romanlari ham katta shuhrat qozondi. 19-a. ning oxirlari va 20-a. boshlarida bir qator yozuvchilar Braziliya adabiyotiga realizm anʼanalarini olib kirdilar. 1896-y. da asos solingan Braziliya adabiyot akademiyasining birinchi prezidenta J. M. Mashadu dʻAsis tanqidiy realizmning atoqli namoyandasi edi. Xuddi shu davrda Braziliya adabiyotida dekadentchilik kayfiyatlari kuchaydi. Demokratik harakatlarning avj olishi bilan 20-a. ning 40—50-y. larida Braziliya dehqonlarining hayotini aks ettiruvchi realistik asarlar koʻpaydi, taraqqiyparvar adabiyotning L. Barretu, G. Ramus, R. di Keyrus, M. di Andradi, Luara Brandau kabi namoyandalari ijodida insonning ijtimoiy mavqei masalalari aks etdi. Jorji Amadu oʻz romanlarida dehqonlar hayotini, mehnatkash ommaning sinfiy ongi oʻsayotganini ifodaladi. Shoirlardan V. di Morays, K. di Andradi, yozuvchilardan D. Jurandir, S. Martine, M. Palmeriu, dramaturglardan N. Rodriges, G. Figeyredu, A. Suasuna ijodi Braziliya adabiyotida salmoqli oʻrin egallaydi.

Meʼmorligi. Braziliyaning yerli aholisi — indeyslarning meʼmorligi qabr toshlari hamda Amazonka boʻylarida gʻorlarga solingan har xil rasmlar, qamish va yogʻoch shoxlaridan yasalgan, konus shaklli uylardan iborat. 16-a. da portugaliyaliklar Olinda, Resifi va Salvador (oldingi poytaxti) kabi shaharlarni bunyod etdilar. 18-a. B. da mustamlaka davri meʼmorligining yuqori bosqichi hisoblanadi. Oltin va olmos konlari topilishi bilan Braziliyada yangi shaharlar barpo etiddi, RiodeJaneyro poytaxt boʻlib qoldi (1960-y. gacha). Braziliya meʼmorligida ikki yoʻnalish: barokko (SanFransisku monastiri, Salvador) va rokoko (MinasJeraysdagi har xil binolar, meʼmor va haykaltarosh Aleyjadinyu ishi) oʻrin oladi. Fransuz meʼmori O. Granjan de Montini Braziliyada ijod etib klassitsizm uslubini tarqatdi (Mira teatri, Belen sh., Itamarati saroyi, RiodeJaneyro sh.). 19 — 20-a. larga kelib Braziliya meʼmorligida «modern» uslubi keng tarqaldi. MinasJerays shtatida BeluOrizonti, Goyas shtatida Goyani va Braziliya (yangi poytaxti) kabi yirik shaharlar va zamonaviy binolar kurildi. L. Kosta, O. Nimeyer, A. E. Reydi va b. mashhur meʼmorlar yetishib chiqdi.

Tasviriy sanʼati. Qad. davr sanʼat yodgorliklaridan har xil tosh va sopol bezaklar yetib kelgan. Mustamlaka davr sanʼatidan (16—17-a. lar) Salvador va RiodeJaneyrodagi ibodatxonalar bezaklari bor. Bu davr sanʼati din bilan bogʻliq. Braziliya meʼmorligidagi barokko va rokoko uslubi tasviriy sanʼatga ham taʼsir etgan. Ibodatxonalar bezagida oltin va rangdor boʻyoqlardan foydalanilgan. Haykaltarosh va meʼmor Aleyjadinyuning BonJezusdiMatozinyus cherkovidagi (Kongonyas sh.) tosh va yogʻochdan ishlagan haykallari dunyoga mashhur. 18-a. da Braziliya shaharlarida tasviriy sanʼat maktablari vujudga keddi (RiodeJaneyroda J. di Oliveyra, Salvadorda J. J. da Rosha, Resifida J. di Deus Sepulveda, SanPauluda J. P. da Silva Marisku va b.). 1816-y. da qirol Juan VI fransuz rassomlari ishtirokida fan, sanʼat va hunar maktabini tashkil etdi. 1820-y. da bu maktab badiiy akademiyaga aylandi. 19-a. B. tasviriy sanʼatida klassitsizm hukmronlik qildi. Mashhur rassom J. F. di Almeyda Junior ijodida xalq hayoti, tabiat manzaralari koʻp oʻrin oladi. 20-a. B. tasviriy sanʼatida realizm bilan bir qatorda turli oqim (formalizm, abstraksionizm va b.) namoyandalari ijod etmoqda. Amaliy sanʼatda kulolchilik, matoga gul va rasm solish rivojlangan.

Musiqasi indeys, negr, ispan, portugal qoʻshiq va raqslari asosida shakllangan. A. K. Gomis, L. Migis, A. Levi, A. Nepomusenu, E. Vila Lobos, K. Santoru, M. K. Guarnyeri, J. N. Garma, F. M. Silva (B. milliy madxiyasining muallifi) kabi kompozitorlarning ijodi mashhur. Braziliya musiqa sanʼatini yuksaltirishda, musiqachi va bastakorlar tayyorlashda RiodeJaneyro konservatoriyasi, Milliy musiqa inti, Milliy opera teatri va simfonik orkestrlar, Braziliya untining milliy musiqa maktabi, Musiqa akademiyasi ish olib boradi.

Teatri. Afrobraziliyaliklarning makumba deb atalgan diniy marosim oʻyinlarida dramatik teatrga xos harakatlar boʻlgan. Yevropalik ilk missionerlar indeyslarga xristianlikni singdirish uchun portugal adabiy asarlari asosida sahnalarni, bir pardali diniymajoziy tomoshalarni koʻrsatishgan. Indeyslar uchun muqaddas «Lorensu teatri» nomli dastlabki teatr binosi 16-a. da qurilgan. 1748-y. da «Opera uyi», 1776-y. da «Yangi opera» teatri barpo boʻldi. 1813-y. da «Avliyo Juan qirollik teatri» ish boshladi. 19-a. da RiodeJaneyroda «di San Pedru di Alikantara teatri», «du Plasidu teatri», «Yangi konstitutsion teatr», Resifida S«anti—Izabel teatri» kabilar vujudga keldi. 1843-y. da panda koʻrsatilgan Observatoriya Laraiuan toʻgʻoni Prezident qarorgohi Universitet Dramatik sanʼat konservatoriyasi, 1910-y. da Martine Pen dramatik maktabi, 1917-y. da «Braziliya teatr mualliflari jamiyati» (SBAT) tuzildi. Soʻngra doimiy dramatik truppalar tuzilib ish boshladi. Keyingi yillarda RiodeJaneyro va SanPaulu sh. larida Braziliya komediya teatri, Xalq badiiy teatri, Braziliya talabalari teatri, negrlarning eksperimental teatri tashkil etildi.

Kinosi. Birinchi xronikal film 1903-y. da, badiiy film 1910-y. da suratga olingan. Dastlabki ovozli filmlar 1935-y. da yaratilgan. Braziliyada yaratilgan filmlar ichida «Kaysara», «TikoTiko» (rej. A. Cheli), «Bosqinchi» (rej. L. Barretu), «Boyning xotini» (rej. T. Payne, O. Sampayu), «Dengiz qoʻshigʻi» (rej. A. Kavalkanti), «Rio 40°» (rej. N. Pereyra dus Santus)kabi filmlar diqqatga sazovor. Braziliyada 6 kinostudiya, 3 mingdan ortiq kinoteatr bor.

OʻzR bilan Braziliya oʻrtasidagi savdoiqtisodiy munosabatlarni yoʻlga qoʻyishga va buning uchun shartnomaviyhuquqiy negiz yaratishga kirishildi. OʻzRning Braziliya bilan 1996-y. dagi tovar aylanmasi 7,16 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 1997-y. yakuni boʻyicha Oʻzbekiston — B. tovar aylanmasi 16,75 mln. AQSH dollariga yetdi va avvalgidek tovar aylanmasi hajmining deyarli hammasi importdan iborat boʻldi. Uning 93,8% ini moyli urugʻlar va mevalar, 6,2% ini tamaki tashkil qildi.


Lotin alifbosida maqola: BRAZILIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ARGENTINA
AVSTRIYA
ANGOLA
AMIR TEMUR
AHOLI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты