ANAEROBLAR

ANAEROBLAR, anaerob organizmlar — erkin kislorod boʻlmaydigan sharoitda yashash va rivojlanish qobiliyatiga ega boʻlgan organizmlar. Anaeroblar terminini 1861-y. da yog kislotali bakterial bijgʻishni ixtiro qilgan L. Paster taklif etgan. Anaeroblar asosan prokariot organizmlar orasida keng tarqalgan. Eukariotlardan achitqilar hamda hayvonlar organizmida parazitlik qiladigan, yaʼni ikkilamchi tarzda kislorodsiz muhitda yashashga moslashgan, bir hujayralilar haqiqiy Anaeroblar hisoblanadi. Koʻp hujayrali Anaeroblar anaerobioz hayvonlarning ichagi va tana boʻshligʻi hamda toʻqimalarida parazitlik qiladigan yassi toʻgarak chuvalchanglar orasida uchraydi. Anaerob organizmlarda metabolizm kisloroddan boshqa oksidlovchilardan foydalanishga asoslangan. Organik moddalardan foydalanadigan anaerob organizmlar (glikoliz natijasida hosil boʻladigan energiyadan foydalanadigan barcha eukari-otlar) spirtlar va yogʻ kislotalar qaytarilishi orqali boradigan har xil tipdagi bijgʻishni amalga oshiradi. Boshqa Anaeroblar, mas, denitrifikatorlar, temir bakteriyalari, oltingugurt bakteriyalar, metan hosil qiluvchi bakteriyalar esa anorganik oksidlovchilar (nitratlar, oltingugurt birikmalari, karbonat angidrid va b.)dan foydalanadi. Almashinuv mahsulotlariningxiliga qarab anaerob bakteriyalar yogʻ kislotali, sut kislotali, propion kislotali guruhlarga ajratiladi. Fototrof bakteriyalar Anaeroblarning boshqa maxsus guruhini tashkil etadi. Kislorodga boʻlgan talabiga koʻra A. ning obligat va fakultativ guruhlari farq qilinadi. Obligat Anaeroblarda metabolizm kislorod ishtirokisiz boradi, fakultativ Anaeroblar (mas, denitrifikatorlar) anaerobioz holatdan kislorodli muhitda yashashga utishi mumkin. Anaerob muhitda oksidlanish energiyasi kam boʻlganidan Anaeroblar faoliyati tufayli juda koʻp qaytarilish mahsulotlari — spirtlar, yogʻ kislotalari va b. hosil boʻladi. Anaeroblar muhitdagi kislorod aerob organizmlar tomonidan batamom oʻzlashtiriladigan sharoitda (mas, suv tubidagi balchiqda, ifloslangan oqova suvlarda) rivojlanadi. Anaeroblardan mikrobiologiya sanoatida spirtlar va organik kislotalar i. ch., oqova suvlarni tozalashda keng foydalaniladi. Ayrim Anaeroblar ogʻir infeksion kasalliklar (qoqshol, gazli gangrena va b.)ni keltirib chiqaradi. Haqiqiy Anaeroblar bilan birga ayrim umurtqasizlar orasida kislorod tanqisligiga vaqtincha moslashgan turlari ham bor. Ayrim obligat Anaeroblar kislorodga juda sezgir boʻlganidan kislorodli muhitda juda tez halok boʻladi. Issiq suvli havzalardan va suvning chuqur qatlamlaridan topilgan A. Yer yuzida paydo boʻlgan eng qad. organizmlar boʻlishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: ANAEROBLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
AFRIKA
ATMOSFERA
AMUDARYO
AVSTRALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты