ADABIY TIL

ADABIY TIL — muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va meʼyorlashtirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy extiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. «Qayta ishlangan» tushunchasi nisbiy (tarixan turli davrlarda, turli xalqlarda Adabiy til oʻzgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqqa ham Adabiy til turli davrda turlicha boʻlgan (mas, qadimgi turkiy adabiy til, hoz. oʻzbek adabiy tili). Baʼzi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til vazifasini oʻtagan. Mac, fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar uchun mumtoz xitoy tili; baʼzi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va b. A. t. boʻlgan.

Adabiy tilning ikki — ogʻzaki ham yozma koʻrinishi mavjud. Har qanday Adabiy til xalq ogʻzaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashtiradi va barcha sheva vakillari uchun tushunarli shakl oladi. Rivojlangan Adabiy til siz boy madaniyatga ega xalq boʻlishi mumkin emas. Shu maʼnoda Adabiy til jamiyatning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Adabiy til deganda baʼzan uni turli koʻrinishlari b-n qorishtirib yuboradilar. Xususan, yozma Adabiy til va ogʻzaki Adabiy til hamda badiiy adabiyot tili bilan Adabiy tilni ayni bir deb boʻlmaydi.

Adabiy til oʻz mezonlarini egallagan shu tilda soʻzlashuvchilar barchasi uchun birdek. U ham yozma, ham ogʻzaki shakllarda amalda qoʻllanadi. Badiiy asar (yozuvchi) tili ham Adabiy til meʼyorlariga boʻysunsada, koʻplab xususiylik hamda umum eʼtirof etmagan jihatlarni oʻzida mujassamlashtiradi. Turli xalqlarda hamma davrlarda ham Adabiy til bilan badiiy asar tili bir taxlitda boʻlmagan. Adabiy til bilan milliy til oʻrtasida ham farq bor. Milliy til shu tilning egasi boʻlgan xalq millat boʻlib shakllanganda yuzaga keladi. Milliy til Adabiy til vazifasiii oʻtaydi, lekin har qanday Adabiy til darhol milliy tilga aylana olmaydi.

Adabiy til bilan shevalar oʻrtasidagi munosabat alohida muammoni tashkil etadi (q. Shevalar). Shevalar tarixan qanchalik barqaror boʻlsa, Adabiy til uchun shevalarning vakillarini lingvistik nuqtayi nazardan umumlashtirish shunchalik murakkablashadi. Hoz. kunda koʻpgina mamlakatlar (mas, Italiya, Indoneziya va b.)da shevalar Adabiy til bilan teng suratda qoʻllanmoqda.

Adabiy til tushunchasi odatda til uslublari tushunchasi bilan bogʻlanadi. Ammo bu bogʻlanish bir tomonlama. Chunki til uslubiyatlarining oʻzi Adabiy til koʻrinishlari hisoblanadi. Ular tarixan shakllangan, muayyan belgilar majmuidan iborat boʻladi. Mazkur belgilarning bir qismi boshqa uslublarda takrorlanishi mumkin. Lekin, bu takroriy belgilarning maʼlum shaklda birikishi va vazifasining oʻziga xosligi bir uslubning ikkinchi uslubdan farqini belgilaydi.

Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi (1989) oʻzbek Adabiy til rivojini taʼminlovchi muhim voqea boʻldi. Oʻzbek Adabiy tili turli xalqlar Adabiy tili rivojlanish tajribasi asosida yanada takomillashib bormoqda (yana q. Oʻzbek adabiy tili).


Lotin alifbosida maqola: ADABIY TIL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ABDULLA QODIRIY
AMIR TEMUR
ANDIJON VILOYATI
ARUZ
ADABIYOTSHUNOSLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты