AVTOLIZ

AVTOLIZ, autoliz (avto… va yun. lisis — yemirilish, parchalanish) — oʻsimlik yoki hayvon organizmidagi toʻqimalarning oʻz-oʻzidan parchalanishi. Avtoliz organizmdagi oqsil, uglevod, yog kabi murakkab moddalarning turli fermentlar taʼsirida parchalanishi tufayli sodir boʻladi. Avtolizda, asosan oʻlgan organizmdagi toʻqimalar yemiriladi yoki tirik organizmning baʼzi aʼzolaridagi toʻqimalardan maʼlum bir qismi biror sababga koʻra (mas, xavfli oʻsmalarda) parchalanadi. Oʻsimliklarda Avtoliz hujayraning past t-ra taʼsirida, quritilganda, zaharli moddalar (xloroform, toluol va b.) taʼsir etib qurib qolganida, shuningdek toʻqimalarni mexanik usulda maydalaganda roʻy beradi. Avtoliz baʼzi texnologik jarayonlarda, tamaki, choyni fermentlashda, yem-xashakni siloslashda ham sodir boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: AVTOLIZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OVQATLANISH
FERMENTLAR
BIOLOGIYA
HUJAYRA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты