AGGLYUTINATSIYA

AGGLYUTINATSIYA (tilshunoslikda) — tillarda soʻz oʻzagi, negizga grammatik va derivatsiyaviy maʼnoga ega affikslarnm qoʻshish yoʻli bilan yangi soʻz yoki grammatik shakl hosil boʻlishi. Affikslar bir maʼnoli, yaʼni ularning har biri bitta grammatik maʼnoni ifodalaydi va mazkur maʼnoni anglatish uchun ayni shu affiks xizmat qiladi. Affikslar birin-ketin ulanib keladi va oʻzak b-n ham, boshqa affiks bilan ham qorishib ketmaydi, ular chegarasi aniq boʻladi. Unli tovushlar asosning tovush tarkibiga bogʻliq holda fonetik oʻzgarishga uchrashi mumkin (q. Singarmonizm), bundan tashqari undosh tovushlar ham morfemalar qoʻshilganda oʻzgarishga uchraydi, lekin bu oʻzgarish muayyan til uchun xos boʻlgan sof fonetik qoidaga boʻysoʻngan boʻladi. Bu holatni turkiy tillar, finugor tillarida kuzatish mumkin. Agglyutinatsiya morfologik tavsifga koʻra agglyutinativ timarda yaqqol namoyon boʻladi. Mac, oʻzbek tilidagi «yozuvchilarga» soʻzida yoz — oʻzak (yozmoq maʼnosiga ega),-uv soʻz yasovchi qoʻshimcha (harakat nomi maʼnosiga ega),chi — soʻz yasovchi qoʻshimcha (shaxs oti maʼnosiga ega),lar — koʻplik qoʻshimchasi,ga — kelishik qoʻshimchasi; keyingi ikki qoʻshimcha soʻz oʻzgartiruvchi qoʻshimchalar hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: AGGLYUTINATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
ARUZ
BERUNIY
ABDULLA QODIRIY
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты