AZIMOV Oqil Odilovich

AZIMOV Oqil Odilovich (1946.21.5, Toshkent) — patent-axborot sohasidagi olim, ixtirochi. Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Toshkent politexnika in-tini (1968), Standartlash va metrologiya in-tini (Moskva) (1978), Butun jahon intellektual mulk tashkiloti Akademiyasini (Jeneva) (1997) tugatgan. Oʻrta Osiyo irrigatsiya i. t. in-tida ishlagan (1970—92), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktori (1992-y. dan). Azimovning ilmiy ishlari patent-axborot tahlili va ilmiy-texnikaviy ijodkorlik sohalariga doir. Azimov rahbarligida intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va undan foydalanishning davlat tizimini tuzish hamda rivojlantirish boʻyicha ishlar olib boriladi. Uning ixtirolari bir qator sanoat va suv xoʻjaligi obyektlariga tadbiq etilgan.


Lotin alifbosida maqola: AZIMOV Oqil Odilovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты