AYVAZOVSKIY

AYVAZOVSKIY (Gayvazovskiy) Ivan Konstantinovich (1817.17.7 — Feodosiya — 1900.19.4) — rus rassomi. Armani oilasida tugʻilgan. 1845-y. dan akademik, 1847-y. dan prof., 1887-y. dan Peterburg BAning faxriy aʼzosi. Shuningdek, bir qator Yevropa BAlarining aʼzosi boʻlgan. 1845-y. dan Feodosiyada yashagan. Ayvazovskiy merosi 6 mingga yaqin rassomlik asarlarini tashkil etadi. Ayvazovskiy asarlari asosan dengiz manzaralariga bagʻishlangan, bepoyon okean va dengizlarning qudratli toʻlqin va toʻfonlari, ularning sokinligi, botayotgan quyosh nurida suvning jilvalanishi, oydin tun manzaralari tiniq va yorqin boʻyoqlar bilan nafis ifodalanadi. Ayvazovskiyning «Toʻqqizinchi val» (1850) asarining mazmuni dramatik boʻlishiga qaramay, kishida gʻussa tugʻdirmaydi; «Tungi boʻron» (1864), «Shimoliy dengizdagi boʻron» (1865), «Boʻron» (1872), «Dengizda oydin tun» (1878), «Qora dengiz» (1881), «Feodosiyada oy chiqishi» (1892) kabi manzaralari tundagi tabiatning rangtasvirdagi lirik ifodasidir. «Venetsiya» (1849), «Malaga» (1854), «Rodos oroli» (1861), «Krit orolida» (1867) kabi asarlari rassomning chet elga sayohatlari natijasidir. 1880-y. da Feodosiyada badiiy ustaxona va rasmlar galereyasini tashkil etdi, keyinchalik bular Ayvazovskiy nomi bilan atala boshlandi.


Lotin alifbosida maqola: AYVAZOVSKIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BERUNIY
BRAZILIYA
ABDULLA QODIRIY
ANDIJON VILOYATI
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты