ARAGON

ARAGON — Ispaniyaning shim.sharqidagi tarixiy viloyat. 9-a. da Rekonkista jarayonida Aragon grafligi barpo etilgan. 1035-y. dan Aragon qirollik, 1137-y. shaxsiy uniya asosida Barselona grafligi bilan birlashgan. 1164-y. Barselona graflari Aragon qirollari boʻlganlar hamda Kataloniyaning barcha yerlarini qirollik tarkibiga qoʻshib olganlar. 13 — 15-a. larda Aragon qoʻshinlari Balear o. lari, Valensiya, Sitsiliya, Sardiniya, Neapolni bosib olgan. Aragon va Kastiliyaning 1479-y. dagi sulolaviy uniyasi, yagona davlat — Ispaniyani barpo etilishiga olib kelgan. Mayd. 47,7 ming km2. Aholisi 1,2 mln. kishi (1991). A. Ispaniyada aholi eng siyrak yashaydigan viloyat.

Togʻlarida qoʻngʻir koʻmir, temir rudasi, uran, boksit, oltingugurt, marganes konlari mavjud. togʻ daryolariga qator GESlar qurilgan. Qoʻngʻir kumir bilan ishlaydigan issiqlik elektr markazlari bor. Qoʻngʻir kumir qazib chiqarish jihatidan (yiliga taxm. 1 mln. t) A. Ispaniyada 1-oʻrinda turadi. Oxos-Negros temir ruda havzasi Aragon iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Aragonning birdan-bir sanoat markazi Saragosa sh. Bu yerda oziqovqat va yengil sanoat bilan birgalikda metallsozlik va kimyo sanoati korxonalari mavjud. Aholining 2/3 qismi q. x. da ishlaydi. Viloyatda zaytunzorlar, tok-zorlar, qand lavlagi va donli ekinlar yetishtiriladi. Saragosa — havo yoʻllarining yirik tuguni.


Lotin alifbosida maqola: ARAGON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AFRIKA
BELORUSSIYA
ANDIJON VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты