BELORUSSIYA

BELORUSSIYA (Belarus), Belorussiya Respublikasi (Respublika Belarus) — Yevropa markazidagi davlat. Sharqiy Yevropa tekisligining gʻarbida joylashgan. Mayd. 207,6 ming km2. Aholisi 10,3 mln. kishi (1996). 6 viloyat, 118 tuman, 102 shahar, 109 shaharcha bor (1996). Poytaxti — Minsk sh.

Davlat tuzumi. B. Respublikasi — unitar demokratik ijtimoiy huquqiy davlat. 1996-y. gi referendumda qabul qilingan Konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — aholi tomonidan 5 y. muddatga saylanadigan prezident. Qonun chiqaruvchi vakolatli organi — Millat majlisi boʻlib, u Vakillar palatasi va Respublika Kengashidan iborat. Vakillar palatasining hamma 110 deputatini aholi saylaydi. Respublika Kengashining 64 deputatidan 56 nafari mahalliy kengashlar tomonidan saylanadi, 8 nafari prezident tomonidan tayinlanadi. Millat majlisining vakolat muddati 4 y. Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi xukumat — Vazirlar Kengashi amal ga oshiradi. Bosh vazirni Vakillar palatasining roziligi bilan prezident tayinlaydi.

Tabiati. Belorussiyaning yer yuzasi tekislik boʻlib, shim. gʻarbida botkrq bosgan pastliklar va koʻllar juda koʻp. Jan. gʻarbdan shim. sharq tomon B. Qirlari choʻzilgan, eng baland qismi (Minsk qirlari) dengiz sathidan 345 m baland (Dzerjinskiy togʻi). Belorussiya qirlaridan jan. sharqda qator tekisliklar, shim. gʻarbda morena tepaliklari chuzilgan. Belorussiyaning jan. qismini botqoqlashgan keng pasttekislik — mutlaq bal. 100 — 150 m bulgan B. Polesyesi egallaydi; botqoqlik, oʻtloqlar orasida bal. 5 — 8 m li qum tepalari koʻp. Qumlik joylar qaragʻayzor bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan kaliyli tuz konlari bor (Starobin va Petrikov konlari), jan. va jan. sharqda tosh tuz, Pripyat botigʻida neft, kumir bor. Torf, qum, gil konlari mavjud. Iqlimi kontinental iqlim bilan dengiz nihimi oʻrtasida, Atlantika havo massalari uni ancha yumshatib turadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi jan. gʻarbda — 4,4°, shim. sharqda — 8°, iyulniki shim. da 17°, jan. da 18,8°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 550 — 700 mm. Yogʻinning kup qismi yoz oylariga toʻgʻri keladi. Botqokliklar, daryo va koʻllar koʻpligidan yerlari zax. Vegetatsiya davri shim. sharkda 178 kun, jan. gʻarbda 208 kun. Eng yirik daryolari Dnepr (irmoqlari Berezina, Pripyat, Soj va b.), Gʻarbiy Dvina, Neman (irmogʻi Viliya), Bug. Bu daryolarning kup qismida sgʻoch oqiziladi, eng yiriklarida kema qatnaydi. Baʼzi daryolarda GESlar qurilgan. Belorussiya koʻllarining eng yiriklari: Naroch, Osvey, Drisvyati, Chervonoye, Vigonovskoye. Tuprogʻi asosan unumdorligi yuqori boʻlmagan chimli podzol va torfbotqoq tuproq, daryo qayirlarida esa allyuvial tuproqlardir. Belorussiya aralash urmonlar mintaqasida joylashgan bulib, mayd. ning 30% dan koʻprogʻi oʻrmon bilan qoplangan. Igna bargli va keng bargli oʻrmonlar, oʻtloq. va botqoq oʻsimliklari koʻp. Qaragʻayzorlar, qayinzorlar va qayragʻochzorlar, dub, grab, zarang kabi keng bargli daraxtzorlar katta maydonni egallaydi. Tulki, olmaxon, quyon, suvsar, oqsichqon kup; bugʻu, qoʻngʻir ayiq, silovsin, los, elik, toʻngʻiz, yumronqoziq, boʻri uchrab turadi. Daryo va koʻllarida leshch, tovonbaliq, choʻrtan, laqqa, ilonbaliqlar, ondatra bor. Suvda suzuvchi qushlar tarqalgan. Belorussiya hududida Pripyat va Berezina qoʻriqxonalari, Belaya Veja pushchasi bor.

Aholisi. Asosiy aholisi — beloruslar. Ruslar, polyaklar, ukrainlar, tatarlar, yahudiylar va b. ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 km2 ga 49,4 kishi toʻgʻri keladi. 68,9% aholi shaharlarda istiqomat qiladi. Davlat tili belorus va rus tillari. Eng yirik shaharlari: Minsk, Gomel, Vitebsk, Mogilyov, Bobruysk, Grodno, Brest.

Tarixi. Belorussiya hududida oʻrta paleolit davridan odam yashay boshlagan (100 — 35 ming y. muqaddam); neolit davrida (mil. av. 5-ming yillik oxiridan 3-ming yillik oxirigacha) dehqonchilik va chorvachilik b-n shugʻullanishga oʻtgan. Mil. av. 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida hind-yevropa qabilalari koʻchib kelgach, ularning taʼsirida jez asriga oʻtiddi. Bu yerda temir davri mil. av. 8 — 6-a. lardan mil. 8-a. gacha davom etdi. Mil. 1-ming yillik 2-yarmida Belorussiya hududida 3 slavyan qabilalari: krivichi, dregovichi va radimichilar uyushmasi vujudga keldi, keyinchalik ular oʻrniga knyazliklar tashkil topdi. 10-a. oxiridan knyazliklar Kiyev Rusi tarkibiga kirdi. 13-a. 2-yarmida Rossiyaning gʻarbiy chekkalariga Buyuk Litva knyazligi hujum qila boshladi. Mamlakatdagi parokandalik va tatarmoʻgʻullarning hamlalari sharoitida bu knyazlik Gʻarbiy rus yerlarini osonlikcha zabt etdi. Shu paytdan boshlab bu yerlar «Belaya Rus» («Oq Rus») deb yuritiladigan boʻldi (belorus atamasi shundan kelib chikdi). 15 — 16-a. larda Belorussiyada xususiy yer egaligi rivojlandi. Beloruslarning Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari jonlandi. Buyuk Litva knyazligi Belorussiya va Ukrainadagi xukmronligini mustahkamlash uchun 1569-y. da Polsha b-n ittifoq (Lyublin uniyasi) tuzdi. Shu tariqa Rech Pospolita federativ davlati iujudga kelib, Belorussiya uning tarkibiga kirdi. 16-a. da Yevropa Uygonishi Belorussiya madaniyatiga taʼsir oʻtkazdi. Reformatsiyaning turli oqimlari tarqaldi. Q. x. tez rivojlandi, uning mahsuloti Gʻarbiy Yevropa bozorlariga olib borib sotila boshladi. Koʻpchilnk shaharlar oʻzini oʻzi boshqarish huquqini oldi (Magdeburg huquqi). 1595-y. da S. Nalivayko boshchiligidagi ukrain kazaklari Belorussiyaga yurishlar uyushtirdi. 1648 — 51 y. larda ukrain xalqining ozodlik kurashi taʼsirida jan. va sharqiy Belorussiyada yirik yer egalariga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Rossiya davlatining Rech Pospolita bilan 1654 — 67 y. lardagi urushi va 1700 — 21 y. lardagi Shim. urush davrida Belorussiya qattiq aziyat chekdi. 18-a. oʻrtalaridan Belorussiya xoʻjaligi yuksala boshladi, ammo qoʻshni davlatlarning aralashuvi bunga xalaqitberdi. 1772-y. da Rech Pospolitaning birinchi boʻlinishi natijasida Belorussiyaning sharqiy qismi Rossiya imperiyasiga qoʻshib olindi, 1793-y. da Rech Pospolitaning ikkinchi bor parchalanishi oqibatida Belorussiyaning markaziy qismi xam Rossiyaga karam boʻlib qrldi. T. Kostyushko boshchiligidagi qoʻzgʻolon (1794) bostirilgach, 1795-y. da Gʻarbiy B. Rossiyaga qoʻshib olindi. 1812y. giurushda polyaklarga xayrixoh boʻlgan belorus shlyaxtasi Buyuk Litva knyazligining tiklanishiga umid qilib, Napoleonni qoʻllab-quvvatladi. 19-a. boshlarida demokratik va milliyozodlik goyalari tarqala boshladi, yashirin jamiyatlar vujudga keldi, ular Polsha, Belorussiya va Litvadagi 1830 — 31 y. lar qoʻzgʻoloniga zamin hozirladi. 1861-y. da Belorussiya dehqonlari krepostnoylikdan xalos boʻldi. 1863 — 64 y. larda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolon burjua islohotlari oʻtkazilishiga taʼsir qildi.

19-a. 2-yarmida Belorussiyada kapitalizm jadal rivojlandi, t. y. lar qurildi, banklar ishlay boshladi. 1905 — 07 y. gi inqilob belorus milliy ozodlik harakatini kuchaytirdi. 1914 — 18 y. lardagi 1-jahon urushi davrida Belorussiya yerlari harbiy harakat maydoniga aylandi. 1915-y. da uning gʻarbiy qismini Germaniya qoʻshinlari bosib oldi. 1917-y. Oktyabr toʻntarishidan soʻng Minskda ham sovet hokimiyati eʼlon qilindi (1917-y. 8 noyab.). B. mustaqilligiga qarshi boʻlgan bolsheviklar 1917-y. Minskda Belorussiya davlati tuzilishini talab qilib chiqqan Umumbelorus syezdini tarqatib yubordi. 1918-y. Fev. —martda nemis qoʻshinlari Belorussiyaning deyarli barcha hududini egallab oldi. 1918-y. 25-martda Umumbelorus syezdi delegatlari Belorussiyani mustaqil Belorussiya Xalq Respublikasi deb eʼlon qildilar. Bunga javoban Smolensk sh. da bolsheviklar B. Sovet Sotsialistik Respublikasi (BSSR) tuzilganligini eʼlon qildilar. 1918-y. noyab. — 1919-y. boshlarida Belorussiya nemis kushinlaridan ozod etilgach, 1919-y. 1 yanv. da Belorussiyaning Muvaqqat ishchi-dehqon sovet hukumati oʻz manifesti bilan BSSR tashkil etilganligini eʼlon qildi. 1922-y. SSSR tashkil boʻlgach, BSSR ham SSSR tarkibiga kirdi. 2-jahon urushi yillarida nemis bosqinchilari Belorussiya hududini egallab oldi. Belorussiya aholisining chorak qismiga yaqini halok boʻldi, mnlliy boylikning yarmidan koʻprogʻi yoʻq qilib tashlandi, yuzlab shahar va qishloqlar vayron boʻldi. Urushdan keyingi yillarda Belorussiya sanoati va q. x. tiklandi. 1986-y. gi Chernobil falokati oqibatlari belorus xalqi uchun fojiali boʻldi. 1990-y. 27-iyulda BSSRning davlat mustaqilligi haqidagi Deklaratsiya qabul qilindi. 1991-y. 19 sent. dan mamlakat Belarus Respublikasi deb atala boshladi. 1991-y. dek. dan MDH tarkibida. 1945-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR b-n diplomatiya munosabatlari 1993-y. yanv. da oʻrnatilgan. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni (3 iyul).

Xoʻjaligi. Belorussiya kup tarmoqdi q. x. rivojlangan industrial davlat. Mashinasozlik, kimyo, neft kimyosi, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati ravnaq topgan. Q. x. da kartoshka va zigir tolasi yetishtirish, sutgoʻsht chorvachiligi, choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan.

Sanoati da elektr energetika, yoqilgʻi, metallurgiya, mashinasozlik va metallga ishlov berish, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz, binokorlik materiallari, shisha va chinnifayans, yengil, oziq-ovqat, unyorma va omixta yem, tibbiyot sanoati, mikrobiologiya va matbaachilik eng yirik tarmoqlardir. Sanoat mahsulotining 2Gʻ3 qismi yirik shaharlarda, shu jumladan 25% Minskda ishlab chiqariladi. Foydali qazilma konlari kam boʻlgani holda sanoat majmuida i. ch. sanoati ustun. Bu tarmoq, yuk avtomobillari, avtobuslar, mototsikl, velosipedlar, traktorlar, q. x., qurilish, melioratsiya va yoʻl mashinxchari, motorlar, stanoklar, avtomat liniyalar, robotlar, temirchilikpress, burgʻulash, geol. razvedka, savdo uskunalari, quyuvchilik, yengil, oziq-ovqat tarmoqlari uchun texnologiya uskunalari, podshipniklar, EHMlar, televizorlar, radioprismniklar, magnitofonlar, sovitish va muzlatish uskunalari, foto va kinoapparatlar, dozimetrlar, soatlar ishlab chiqaradi. Kimyo va neft kimyosi sanoati maʼdanli oʻgʻitlar, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va smolalar, shinalar, rezinatexnika buyumlark, polimer va lokboʻyoq, roʻzgʻor buyumlari va sh. k. larni ishlab chiqaradi. Yengil sanoatda toʻqimachilik (zigʻir tolasi, jun, shoyi, ip gazlamalar), trikotaj, kiyim-kechak, poyabzal, charm va moʻyna buyumlari i. ch. rivojlangan. Oziqovqat sanoati goʻsht, yogʻmoy va sut mahsulotlari ishlab chiqaradi. Yogmoy, baliq, qandshakar, unyorma, novvoylik, makaron, mevasabzavot konservalari, pivo i. ch. sohasida katta kuvvatga ega korxonalar mavjud. Yoqilgʻi sanoati neft, yoʻlakay gaz, torf qazib chiqarish va qayta ishlashni oʻz ichiga oladi. Yoqilgʻienergetika resurslari Belorussiyaga neft va gaz quvurlari orqali Rossiyadan, elektr energiya qisman Litva va Rossiyadan yuboriladi. Novolukoml va Bsryozada yirik elektr st-yalar, 20 dan koʻproq kuchli issiqlik elektr st-yalar ishlab turibdi. Oʻrmon, yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz tarmogʻi yalpi sanoat mahsulotining 5% ga yaqinini beradi. Bular taxta, mebel, qipiqtolali plita, faner, parket, gugurt, sport anjomlari, qogʻoz, karton, oʻrmon kimyosi mahsulotlaridir. Binokorlik materiallari sanoati (sanoat mahsuloti yalpi hajmining 4%) sement, qurilishbop ohak, devorbop, qoplama va bezash materiallari, yigʻma temirbeton konstruksiyalari va detallari, tomga yopish va gidroizolyatsiya uchun rulon materiallar, gʻovakli toʻldirgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Qora metallurgiya (sanoat mahsuloti umumiy hajmining 1%) metall parchalaridan poʻlat, qora metallar prokati, choʻyandan vodoprovod quvurlari, shinalar uchun metall kord, metall kukunidan turli buyumlar va blarni tayyorlashga moslangan. 1991-y. dan sanoat taraqqiyotida pasayish boshlaidi, 1994 — 97 y. larda chuqur iqtisodiy tanazzul holatnga tushib qoddi. Barcha tarmoqlarda mahsulot i. ch. hajmi kamaydi. Sanoat uchun zarur yoqilgʻi. xom ashyo va materiallarning salkam 70% MDH mamlakatlaridan olinadi, mahsulotning 40% dan koʻprogy ularning bozorlarida sotiladi.

Qishloq xoʻjaligi. B. da q. x. ga yaroqli salkam 9,3 mln. ga, shu jumladan 6,2 mln. ga haydaladigan yerdan foydalaniladi. Yerlarning tekisligi, tuproqning oʻrtacha unumliligi, issiq va namning yetarliligi, msʼhnat resurelarining mavjudligi q. x. ni rivojlantirish uchun qulay sharoitdir. Belorussiya milliy daromadining 20% ga yaqini q. x. ga toʻgʻri keladi. Keyingi yillarda isloh qilingan kz va szlar oʻrnida yangi i. ch. tuzilmalari: uyushmalar, aksiyadorlik jamiyatlari, shirkatlar, agroktlar va b. paydo boʻldi. Ular donli ekiplardan javdar va arpa, shuningdek bugdoy, suli, grechixa, makkajoʻxori, tariq, lavlagi yetishtiradi. Mamlakat kartoshka bilan oʻzini taʼminlaydi va bir kismini chetga sotadi. Don va dukkakli don ekinlari yalpi hosilining qariyb 70%, kartoshkaning 40% chorva mollarga beriladi. Katta shaharlar atrofida bogdorchilik va dehqonchilik yoʻlga qoʻyilgan. Asosiy ekinlari: karam, bodring, pomidor, turp, piyoz, sarimsoq piyoz, salat, sabzi va h. k. Meva va rezavorlardan olma, nok, olxoʻri, olcha, gilos, qoragʻat, malina, qulupnay koʻproq yetishtiriladi. Chorvachilikning asosiy tarmogʻi — qoramolchilik va choʻchqachilik. Parrandachilik yuqori darajada markazlashtirilgan. Ayrim yirik xoʻjaliklar qoʻychilikka ixtisoslashgan. Yilqi koʻpaytiradigan ot z-dlari bor. Hayvonotchilik ham birmuncha rivoj topgan. 10 ixtisoslashgan hayvonot xoʻjaligi va firmasi norka (qorakuzan), yaltiroq qora tulki, shim. tulkisi, nutriya boqadi. Asalarichilik — respublika q. x. uchun anʼanaviy tarmoqdir.

Transporti — Yevropa transport tizimining tarkibiy qismi. T. y. (uz. 5,58 ming km), avtomobil yoʻllar (uz. 51,5 ming km), havo, suv transporti (uz. 2 ming km), truboprovod turlari rivoj topgan. Yuk tashishning 72%, yoʻlovchi tashishning 55% t. y. ga toʻgʻri keladi. Magistral neft quvurlari — 2861 km, gaz quvurlari — 5534 km (1996). Minsk sh. da 1984-y. da metropoliten ishga tushirilgan.

Pul birligi — B. rubli.

Sogʻliqni saqlash. 1996-y. B. da idoralarga qarashli kasalxonalardan tashqari 128500 oʻrinli 872 davolash muassasasi boʻlgan. 1996-y. da Sogliqni saqlash vazirligi tizi. mida 14749 oʻrinli 58 sanatoriy ishlagan. Tibbiyot xodimlari 4 tibbiyot inti, 18 tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi. 13 i. t. instituta, Belorussiya tibbiyot texnologiyalari markazn, Mehnat qobiliyatini ekspertiza qilish va nogironlar mehnatini tashkil etish in-ti sogʻliqni saqlashning ilmiyamaliy va nazariy masalalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. 1996 i. B. da 286 stadion, 4,7 ming sportzal, 220 suzish havzasi, salkam 14 ming sport mayd., 475 bolalaroʻsmirlar sport maktabi, jumladan 12 oliy sport mahorati maktabi, 9 Olimpiya rezervi bilim yurti faoliyat koʻrsatdi; fizkultura va sport sohasida 16 mingdan ziyod mutaxassis ishlaydi; ularni Jismoniy tarbiya va sport akademiyasi yetmshtiradi.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. 1996Gʻ97 oʻquv y. B da 4,5 ming maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida 444,3 ming bola boʻlgan. Barcha toifadagi 4,9 ming umumiy taʼlim maktablari (1,6 mln. oʻquvchi), shu jumladan 26 litsey (15,6 ming oʻquvchi), 68 gimnaziya (63,5 ming oʻquvchi), 2 kollej (1,5 ming oʻquvchi) ishladi. 248 hunartexnika bilim yurtida 123,9 ming oʻquvchi, 150 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 125 ming, shu jumladan 4 nodavlat oʻrta maxsus oʻquv yurtida 2 mingdan koʻproqtalaba taʼlim oldi. 59 oliy oʻquv yurtida 208,9 ming talaba, shu jumladan 20 tijorat asosidagi oliy oʻkuv yurtida 28 ming talaba oʻqidi. Eng yirik oliy oʻquv yurtlari: Belorussiya universitetoʻ, informatika va radioelektronika unti, iqgisodiyot, texnologiya, afar, texnika va ped. untlari, politexnika akademiyasi, sanʼat akademiyasi, musiqa akademiyasi va b. B. dagi eng yirik ilmiy markaz Belorussiya milliy fanlar akademiyasipnr. Belorussiyada 5,2 ming ommaviy kutubxona, 4,6 ming klub muassasasi, 149 muzey va b. bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Belorussiya tilidagi birinchi bosma kitobni F. Skorina 1517-y. Pragada nashr ettirgan. Belorussiyada 11 davlat nashriyoti, 1400 ga yaqin turli mulkchilik shaklidagi subyekt va tadbirkor noshirlik faoliyati bilan shugʻullanadi. Nodavlat, xususiy, kasb, diniy, partiyaviy va b. nashrlar chiqadi. 1996-y. umumiy tiraji 59,1 mln. nusxada 3809 kitob, jumladan belorus tilida 8,8 mln. nusxada 598 kitob nashr etilgan. 1997-y. 1 avg. da 938 davriy nashr, jumladan 654 gaz., 234 jur., 50 byulleten roʻyxatga olingan. Eng mashhur nashrlari: «Lggeratura i mastasva», «Zvyazda», «Sentralnaya gazeta», «Svoboda» va b. Rasmiy axborot agentligi (Belinform; 1938 — 92 y. larda BelTA), shuningdek xususiy agentliklar: B. yangiliklar agentligi (BelaPan), «Reklama, informatsiya, daydjest» (RID) va b. bor. Belorussiyada radioeshittirish 1925 i., telekoʻrsatuv 1956-y. da boshlangan. Mustaqil tijorat radiost-yalari ham ishlab turibdi. 1991-y. dan nodavlat efir va kabel telekoʻrsatuv tarmogʻi rivojlanmoqda.

Adabiyoti. Belorussiyada adabiyot 10-a. da belorus yozuvi paydo boʻlgach vujudga kela boshladi. 14 — 15-a. larda Belorussiya yerlari Buyuk Litva knyazligiga siyosiy jihatdan birlashtirilib, belorus tili davlat tiliga aylanishi adabiyotning rivojlanishiga yordam berdi. Dastlabki belorus yilnomalarini tarixiy proza namunalari desa boʻladi. Belorussiya adabiyoti va tilining rivoji atoqli madaniyat arbobi, belorus matbaachisi F. Skorina (16-a. boshlari) nomi bilan bogʻliq. Bu davrda huquqiy tafakkur yodgorliklari yaratildi, yangi janrlar — kitobiy sheʼriyat, publitsistika, tarixiyyodnoma prozasi, dramaturgiya vujudga keldi. Nikolay Gusovskiy lotin tilida «Zubr haqida qoʻshiq» dostonini yezdi. Publitsist va tarjimon S. Budniy Nesvij sh. da diniy mavzudagi «Katexizis» deb atalgan savoljavob kitobini nashr etdi. Ona tilining jonkuyari V. Tyapinskiy 1580-y. da birinchi marta Injilni belorus tiliga tarjima qildi. Shoirlar orasida A. Rimsha alohida ajralib turardi. Barokko davri (16-a. oxiri — 18-a. oʻrtalari)da Belorussiya adabiyotida yangi qahramon — dehqon, hunarmand paydo boʻldi. 17-a. da Simeon Poloskiy kitobiy sheʼriyatni rivojlantirishga hissa qoʻshdi. 17-a. 2-yarmi — 18-a. 1-yarmida taqdidiyhajviy tusdagi va drama asarlari yaratildi. Ya. Borshevskiy, Ya. Chechet, A. Ripinskiy, V. Sirokoml, A. VerigaDarevskiy, A. Plug, V. Korotinskiy va b. belorus hamda polyak tillarida ijod qildilar. 1863 — 64 y. lardagi qoʻzgʻolon rahbari K. Kalinovskiy belorus tilida «Mujiskaya pravda» gaz. ni nashr etdi. F. Bogushevich ijodi belorus uygʻonish davri milliy goyasiping choʻqqisi boʻldi. 1906-y. dan chiqa boshlagan «Nasha shva» gaz. tsvaragida akauka A. va I. Luskevichlar (asoschi pa noshirlar), Ya. Kupala, Ya. Kolas, Tetka, M. Bogdanovich, V. Lastovskiy. A. Garun va b. lar birlashdilar. Oʻsha dair adabiyoti xalqni uygʻotish. tarixiy ishlarga otlantirish maqsadini koʻzlar edi. 1920y. lar boshida beloruslashtirnsh siyosati boshlanib, adabiy jur. lar chiqa boshladi, adabiy tashkilotlar tuzildi. 1920-y. lar oxirida esa beloruslashtirish siyosati belorus ziyolilariga qarshi qatagonlar siyosati bilan almashdi. 1930-y. larda ham koʻlchilik belorus yozuvchilari qatagʻon qilindi. 2-jahon urushi davrida esa front va partizan otryadlarida taniqli yozuvchilarning bir qismi halok boʻldi.

Urushdan keyin jang qaxgkshonligi va azobuqubatlarini tasvirlovchi asarlar yaratildi. A. Kuleshov, M. Tank, 3. Ostapenko, I. Shamyaqin va b. ijodida urush mavzui uzoq yillargacha asosiy mavzu boʻlib qoldi. 1950 — 70-y. larda boshqa yozuvchilar turkumi adabiyotga kirib keldi: M. Linkov, I. Shamyaqin, I. Melej, P. Pestrak, A. Adamovich, T. Bondar va b. ningromanlarida xalqning mashaqqatli hayoti lavhalari — inqiloblar, urushlar, kollektivlashtirish, qatagʻonlar manzaralari tasvirlangan. Milliy tiklanish gʻoyalari va Chernobil faloqati R. Borodulin, S. Zakonnikov, N. Metliskiy sheʼrlarida, I. Shamyaqin, B. Sachenko prozasida, A. Petrashkevich pyesalarida aks etdi. Qatagʻon iskanjasidan omon qaytgan bir qator adiblarning «lager sheʼriyati», esdaliklari 1980-y. lar oxiri — 1990y. lar boshida ijtimoiy ahamiyatga ega boʻldi. Belorussiya adabiyotida barcha janrlar rivojlanib bormoqda. Ya. Kupala, Ya. Kolas, P. Brovka, M. Tank va b. ning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Meʼmorligi. Belorussiya hududida paleolit, neonit va jez davri meʼmoriy yodgorliklari saqlanib qolgan. 11-a. dan oʻziga xos meʼmorlik rivojlandi. Polosk, Grodno, Vitebsk kabi shaharlar jadal qad koʻtardi, mahobatli inshootlar qurildi. 13 — 17-a. larda gotika va uygʻonish (renessans) uslubidagi koʻpgina mudofaa istehkomlari barpo etildi. Goʻzal yogʻoch meʼmorligi davom etdi. 16 — 18-a. larda barokko uslubidagi ibodatxonalar tiklandi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida qurilishda klassitsizm ustunlik qilgan boʻlsa, 19-a. 2-yarmi — 20-a. boshlaridagi meʼmorlikda barcha uslublar aralashquralash boʻlib ketdi. 20-a. boshlarida Belorussiya meʼmorligiga modern (Minskdagi uy-joy binolari, mehmonxona majmuasi), konstruktivizm (B. Milliy kutubxonasi, 1930 — 32, meʼmor G. Lavrov; Hukumat uyi, 1929 — 34, meʼmor I. Langbard) uslublari kirib keldi. 2-jahon urushidan keyin vayrona shahar va qishloqlar tiklandi. Minskda bir qancha meʼmoriy majmualar yaratildi: sport saroyi (1966. meʼmor S. Filimonov, V. Malishev), «Yubileynaya» mehmoixonasi (1968, meʼmor G. Benediktov) va b. ; yodgorlik majmualari — Minsk yaqinidagi Shuhrat qoʻrgʻoni (1969, haykaltarosh A. Membel, meʼmor O. Staxovich), Xatin (1968 — 69. meʼmorlar Yu. Gradov, V. Zankovich, L. Levin, haykaltarosh S. Sslixanon) va b. lar. Svetlogorsk, Novopolosk, Soligorsk kabi yangi shaharlar vujudga keldi.

Tasviriy sanʼati. Belorussiya hududida ibtidoiy sanʼatning eng qad. namunalari tosh davriga mansub. Xalq amaliy sanʼati, ayniqsa suyak va sopolga naqsh solish, oʻymakorlik, zargarlik, kashtadoʻzlik rivoj topgan. Jez va temir davrlarida metall bezaklar paydo boʻlgan. Mil. av. 5-a. ga oid jez va temir bilaguzuklar, hayvonlarning sopol haykalchalari saqlangan. Xristianlik tarqalishi munosabati bilan ikona (xudo va avliyolar rasmini ishlash) sanʼati rivojlana boshladi. 11 — 15-a. lardan qoʻlyozma kitoblar miniatyuralar, lavhalar, manzaralar bilan bezatildi. Kitob bosish rivojlana boshlagach, gravyura sanʼati oʻsdi, bosma kitoblarni bezashning oʻziga xos uslubi vujudga keldi. Amaliy bezak sanʼati Gʻarbiy Yevropa va qad. rus sanʼatining milliy ruxdagi oʻziga xos omixtasidan iborat. 15 — 16-a. larda guldor keramika mahsulotlari, qabariq koshinlar, asl metallardan zargarlik buyumlari tayyorlash rasm boʻldi. 15-a. da Belorussiyada hunarmandchilik birlashmasi — Grodnoda shishasozlar usgaxonasi barpo etildi va badiiy shisha i. ch. yoʻlga koʻyildi. 14 — 19alarda sgʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, toʻqimachilik (belbogʻlar, gobelenlar — devor gilamlari) ravnaqtopdi. 16—18-a. larda rangtasvir va gravyura sohasida realistik mayllar yaqqol namoyon boʻldi. 19-a. dan sanʼat romantizm va sisman klassitsizm yoʻlidan bordi. 20-a. da ranggasvir, haykaltaroshlik, fafika, teatrbezak sanʼati yuksak darajaga koʻtariddi. Hoz. sanʼatkorlar orasida rassomlardan I. Rey, N. Seleshchuk, G. Vashchenko, haykaltaroshlardan A. Glebov, G. Muromsev, S. Vakar, I. Misko, grafik rassomlardan L. Aseskiy, Ye. Los, A. Kashkurevich, V. Sharngovich, amaliy bezak sanʼati ustalaridan V. Dyomkina. A. Kishchenko, I. Stasevich kabilar mashhur.

Musiqasi. Belorussiya musiqa sanʼati manbalari sharqiy slavyanlar va Kiyev Rusi xalq musiqasidan boshlanadi. Dastlabki dunyoviy professional anʼanalarni skomoroxlar (qiziqchimasxarabozlar) boshlab berishgan. 15-a. ga kelib pravoslav cherkov musiqasida mashhur qiroatli ashulaning mahalliy toifasi shakllandi. 16a. 2-yarmi — 17-a. da Uygʻonish davri anʼanalari va Reformatsiya goyalari Belorussiya musiqa madaniyatiga taʼsir utkazdi. 17-a. da partes qushiqchiligi (koʻp ovozli oʻziga xos xor) vujudga keldi. 18-a. da boyvachchalardan Radzivillar, Sapeglar, Oginskiylar, A. Tizengauz va b. larning xususiy teatrlari, kapellalari musiqa madaniyati markaziga aylandi. 19-a. boshlaridan Vitebsk, Grodno, Minsk, Mogilyovda shahar orkestrlari ishlay boshladi, spektakllar sahnalashtirildi. 1918 — 21 y. larda xalq konservatoriyalari ochildi. keyinchalik ular texnikum va maktablarga aylantirildi. 1920y . lardan professional musiqa sanʼati rivojlandi (kompozitorlar N. Churkin, N. Aladov, A. Turenkov, G. Puket, V. Zolotaryov, A. Bogatiryov), milliy opera va baletlar sahnalashtirildi. 2-jahon urushi davrida va 1950-y. larda qahramonlikvatanparvarlik mavzuidagi asarlar yozildi. L. Abeliovich, N. Aladov, A. Bogatiryov, Ye. Glebov, V. Zolotaryov, P. Podkovirov, G. Puke vokalsimfoniya musiqa janrida, A. Klumov fortepiano, I. Lyuban, S. Polonoskiy, N. Sokolovskiy va b. lar qushiq janrida ijod qildilar. 1960—90-y. larda Yu. Semenyako, E. Smolskiy, G. Vagner, S. Kortes, V. Soltan, A. Bondaryonko va b. larning operalari qoʻyildi. Operetta janrida V. Voytik, Ye. Glebov, V. Kondrusovich, A. Mdivani va blarning asarlari paydo boʻldi. Qoʻshiq janrida L. Aleksandrovskaya, V. Olovnikov, N. Kuznetsov, I. Luchenok, Ye. Glebov, B. Budnik va b. lar muvaffakiyatli ishladilar. 1980 — 90-y. larda A. Bogatiryov, C. Beltyukov, A Bondaryonko, V. Branlovskiy, V. Budnik, V. Voytik, Ye. Glebov, V. Doroxin, E. Zariskiy, V. Ivanov va b. turli janrlarda ijod qildilar. Belorussiyalik kompozitor V. Zolotaryov oʻzbek kuylari asosida simfonik uvertyura, rapsodiya, syuita va «Navoiyning 6 gazali» vokalsimfonik asarini yaratdi. Belorussiyada Milliy akademik opera teatri, Milliy akademik balet teatri, Davlat musiqali komediya teatri, Davlat akademik simfoniya orkestri, Davlat xor kapellasi, Davlat rake ansambli, Belorussiya musiqa akademiyasi va b. ishlab turibdi.

Teatri. Belorussiya teatr sanʼati xalk, rasmrusumlari va oʻyinlaridan, daydi qiziqchilardan boshlangan. 16-a. da qugʻirchoq teatri — batleyka paydo boʻldi. 16 — 18-a. larda maktab teatri, 16 — 20-a. larda xalq dramasi keng rasm boʻldi. 18 a. ning 1-yarmida shahar va rabodlarda xususiy teatrlar faoliyati avj oldi, ularning baʼzilari yuqori malaka darajasiga kutariddi. 1840-y. lardan dramaturg, aktyor, rej. V. DuninMarsinkevich belorus professional teatrini tashkil etishga jonkuyarlik qildi.

20-a. da belorus sahna sanʼatini rivojlantirishda yangi bosqich boshlandi. K. Kaganes, Ya. Kupala, Ya. Kolas, K. Buylo, L. Radzevich, I. Buyniskiy, F. Alexnovich, F. Jdanovichlarningsaʼyharakatlari b-n dastlabki teatrlar vujudga keldi. 2-jahon urushi davrida 23 teatrdan koʻpchiligi oʻz faoliyatini toʻxtatdi, baʼzilari oʻzga yurtlarga koʻchib, konsertlar berdi. Urushdan keyin qaddini rostlagan sanʼat jamoalari uslub izlanishlarini kengaytirdi, sahna mahoratini oshirdi. Belorussiya teatrlarida samarali ishlagan va ishlayotgan sahna ustalaridan G. Makarova, S. Stanyuta, 3. Stomma, G. Ovsyannikov, L. Davidovich, V. Beloxvostik, A. Klimova, R. Yankovskiy, G. Garbuk, M. Zaxareviʻ1, V. Tarasov, A. Milovanov, V. Kuleshov, T. Kokshtis, O. Klebanovich, rej. lardan L. Litvinov, N. Miskevich, K. Sannikov, V. Rayevskiy, B. Lutsenko, N. Pinigin, V. Korotkovich va b. ni koʻrsatish mumkin. 1997-y. B. da 26 davlatteatri ishladi. B. Sanʼat akademiyasi, Madaniyat un-ti aktyor, rej., teatrshunoslarni tayyorlab bermoqda.

Kinosi. Belorussiyada kino i. ch. 1924-y. da boshlangan. Oʻsha yili Kinematografiya va fotografiya ishlari boshqarmasi (Beldavkino) tashkil etildi. 1928-y. Leningradda S«ovetskaya Belarus» badiiy filmlar studiyasi tuzildi (1946-y. dan «Belarusfilm»); J939-y. dan Minskda ishlaydi. 1926-y. da «Oʻrmon voqeasi» deb atalgan birinchi badiiy film yaratildi. 1920 — 30-y. larda yaratilgan filmlarda milliy va ijtimoiy ozodlik yoʻlidagi kurash hamda zamonaviy turmush yetakchi mavzular boʻlib qoldi. 1940 — 70-y. larda badiiy va hujjatli kino ustalari urush mavzularini va ijtimoiy turmushning chigal jarayonlarini aks ettirdilar. axloqodob muammolarini koʻtarib chikdilar. Adabiy asarlar ekranlashtirildi, bolalar uchun filmlar yaratildi. 1980-y. lar oxiridan belorus kinematografchilari tarixiy oʻtmishni va hoz. zamonning murakkab jarayonlarini chuqurroq idrok etishga intilib, «Oq shudringlar» (rej. I. Dobrolyubov), «Bizning bronepoyezd» va S«iyosiy byuro» kooperativi» yoki «Olis vidolashuv» (rej. M. Ptashuk), «Qilmishqidirmish» (rej. B. Stepanov, M. Qosimova, B. Shadurskiy) filmlarini yaratishdi. «Belarusfilm»da Tel«yefilm», «Yilnoma» ijodiy birlashmalari, 1973-y. dan multfilmlar ustaxonasi ishlaydi. Kinoaktyor teatri studiyasi mavjud.


Lotin alifbosida maqola: BELORUSSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BOLGARIYA
BUYUK BRITANIYA
ANDIJON VILOYATI
BRAZILIYA


Добавить комментарий