AN GʻOʻZA NAVLARI

AN GʻOʻZA NAVLARI — Oʻzbekiston FA Oʻsimliklar eksperimental biol. si in-tida yaratilgan oʻrta tolali gʻoʻza navlari. «AN» indeksi ruscha «Akademiya nauk» («Fanlar Akademiyasi») suzlaridan olingan. Bu guruhdan r-nlashtirilgan navlar: AN-402 — yovvoyi Meksika gʻoʻzasini radiofosfor eritmasida ishlash usuli bilan chikarilgan (1974; N. Nazirov, F. Joniqulov, H. Qambarov, J. Dadajonov). 1978-y. dan r-nlashtirilgan. AN-Boyovut 2 — Toshkent 1 navi populyatsiyasi tarkibini ajratish usuli bilan yaratilgan (S. S. Sodiqov). 1983-y. dan r-nlashtirilgan. AN-Samarqand — 108F va AN-401 navlarini duragaylab yaratilgan (1974; O. Jalilov, N. Nazirov, S. T. Toʻxliyev, D. M. Boboyev). 1980-y. dan r-nlashtirilgan. AN-410 — Toshkent 1 va AN-401 radiomutant navini chatishtirishdan olingan avlodni yakka tanlash usulida chiqarilgan (J. Dadajonov). 1991-y. dan r-nlashtirilgan. AN-510 — AN-505 va SL-2366 navlarini chatishtirish yoʻli bilan yaratilgan (D. Akkujin, P. Ya. Popova, R. N. Nurmatov). 1991-y. dan r-nlashtirilgan. AN — Oʻzbekiston 3—AN-Oʻzbekiston 1 va 108-F navlarining tabi-iy duragaylanishi hamda qaytaqayta yakka tanlash usuli bilan yaratildi (N. R. Faqirov, I. N. Odilxujayev, 1976). 1980-y. dan r-nlashtirilgan.

Bu gʻoʻza navlarining hosil shoxlari 1 — 1,5 tipli. Bir koʻsakdagi paxta vazni 5,0—8,5 g. Vegetatsiya davri 125—135 kun. Vertitsillyoz viltga chidamli, tolasi oq, 35—38% tola beradi. Tolasi 4-tipga mansub. Sultonmurod Narimov, Fazliddin Saʼdullayev.


Lotin alifbosida maqola: AN GʻOʻZA NAVLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
Botir Zokirov - Samarqand
ASHXOBOD 25, ASH-25
AMIR TEMUR
AKADEMIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты