AKADEMIK

AKADEMIK — ayrim mamlakatlarda yuksak ilmiy unvon. OʻzRda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasida Akademiklar saylanadi. Akademiklik unvoni Oʻzbekiston Respublikasi FA, Oʻzbekiston Respublikasi BA va b. ilmiy hamda oʻquv muassasalarining olim va ijodkorlari, shuningdek ayrim shaxslarga beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi FAda Akademiklar ilm-fanni jahon ando-zalari talablari darajasida yuksak ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan ilmiy ishlar bilan boyitgan, ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan maktab yaratgan, ilmiy yutuqlari mamlakatning intellektual va iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va kuchaytirishga javob beradigan, yoshi 65 dan oshmagan OʻzR fuqarosi boʻlgan fan d-rlaridan saylanadi. FA akademigi i. t. larda faol ishtirok etadi; tadqiqotlarning istiqbolli va ilgʻor yoʻnalishlarini shakllantiradi va fanning oʻzi saylangan sohasining yuksak ilmiy darajasi uchun masʼuddir; yuqori malakali ilmiy kadrlar va mutaxassislar tayyorlash ishlarida, ilgʻor ilmiy maktablarni shakllantirish va rivojlantirishda bevosita ishtirok etadi; i. tlarni amalga oshirishda, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashda shaxsan erishgan yutuqlari, ilmiy asarlarini oʻz ichiga olgan ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyati haqidagi yillik hisobotni hamda oʻzi saylangan fan sohasini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalarni har yilda FA ga taqsim etadi; FA Hayʼati, FA prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibning topshiriqlarini bajaradi, FA ning Umumiy majlisi ishida faol qatnashadi. Akademiklar FA ilmiy muassasalarida i. t. ishlarini bajarish, FA ilmiy muassasalarida tanlovdan oʻtmasdan ilmiy lavozimlarni egallash, oʻzining ilmiy asarlarini nashr etish, FA Umumiy majlisi va Hayʼatida koʻrib chiqish uchun ilmiy va ilmiy-tashkiliy masalalarni kiritish va ularning muhokamasida ishtirok etish, belgilangan tartibda Akademik likka nomzodlar koʻrsatish, vitse-prezidentlar huzuridagi Ilmiy kengashlar faoliyatida, ular fanning qaysi yoʻnalishiga taalluqli ekanligidan qatʼi nazar, ishtirok etish, vitse-prezidentlar huzurida ilm-fanning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha muayyan Ilmiy kengashlar tuzish haqida takliflar kiritish huquqiga egadirlar. FA A. lari akademiklik unvoni uchun har oyda belgilangan gonorar oladilar va belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadilar. Akademik likka saylovlar FA ning Umumiy majlisi qaroriga muvofiq ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Ovoz berishda qatnashgan Umumiy majlis aʼzolarining kamida 2/3 qismi ovozini olgan nomzodlar saylangan hisoblanadilar. Ixtisosliklar boʻyicha Akademik likka nomzodlar koʻrsatish huquqi Akademiklar, i. t. va oliy taʼlim muassasalari ilmiy kengashlariga beriladi. FA da akademiyaning xorijiy aʼzosi unvoni ham mavjud. FA ning xorijiy aʼzolari ilmiy yutuqlari jahon va mamlakat ilm-fani, OʻzR xalq xoʻjaligi va madaniyati rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan, xalqaro hamkorlikka, tinchlik, barqarorlik ishiga va ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotga salmoqli hissa qoʻshgan xorijiy fuqarolardan saylanadi. FA ning xorijiy aʼzolari Hayʼatning taqdimnomasiga binoan FA ning Umumiy majlisida ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi. FA ning xorijiy aʼzolari Akademik larga tegishli barcha huquqlardan foydalanadilar. Akademiyaning rahbariyatiga saylanish, Akademiklarni saylashda ovoz berish, Akademiklik unvoni uchun gonorar olish bundan mustasno.

Oʻzbekiston Respublikasi B A da Akademiklar milliy, tasviriy, amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik sohalarini yirik asarlari bilan boyitgan va oʻz ijodi, ilmiy, pedagogik faoliyati bilan soha taraqqiyoti uchun ulkan hissa qoʻshayotgan, oʻzbek madaniyati va sanʼatining kelajagi uchun munosib, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda katta yutuklarga erishgan, yoshi 65 dan oshmagan ijodkorlardan saylanadi. BA haqiqiy aʼzosi akademiya raisi, Boshqaruv kengashi va tegishli Akademik boʻlimlarning qaror, buyruq, topshiriqlarini bajarishi, sanʼatni yuksak, yorkin ijodiy va ilmiy yutuqlar hamda kashfiyotlar bilan boyitishi, sanʼat yoki sanʼatshunoslik sohasining har tomonlama rivojlanishi uchun shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi, sanʼat va sanʼatshunoslik sohalariga tegishli mutaxassislarni tayyorlashda bevosita qatnashishi lozim. BA aʼzolari akademiya tarkibida yaratilgan sharoitlardan foydalangan holda ijodiy, ilmiy asarlar ustida ishlash, akademiyaning ijodiy, ilmiy, oʻquv muassasalaridagi mavjud ilmiy lavozimlarni tanlovda ishtirok etmagan holda egallash, ijodiy, ilmiy asarlarini taqdim etish, chop ettirish, akademiya Boshqaruv kengashiga ijodiy, ilmiy, tashkiliy masalalar, takliflar bilan murojaat qilish va muxrkamada ishtirok etish huquqiga egadirlar. Akademik likka saylovlar Badiiy ijodkorlar uyushmasi majlisi va akademiyaning Boshqaruv kengashida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Ovoz berishda katnashgan haqiqiy aʼzolarning kamida 50% ovozini olgan nomzodlar saylangan hisoblanadilar. Ovoz berishda Boshqaruv kengashi aʼzolarining 2/3 qismi qatnashishi shart. Nomzodlarni davlat, jamoat tashkilotlari va xalqaro tash-kilotlar, madaniyat va sanʼat sohasidagi oliy oʻquv yurtlari koʻrsatishi mumkin. BAda akademiyaning faxriy va xorijiy aʼzosi unvonlari ham mavjud. BAning faxriy aʼzosi etib vatan va jahon madaniyati, sanʼati oldidagi xizmatlari uchun yoshi 65 dan oshgan soha namoyandalari saylanishi mumkin. BAning xorijiy aʼzosi jahon madaniyati, sanʼati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan xorijiy arboblardan saylanadi. Akademiyaning dastlabki haqiqiy, faxriy va xorijiy aʼzolari Badiiy ijodkorlar uyushmasi majlisi tavsiyalari asosida OʻzR Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: AKADEMIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
AMIR TEMUR
ASPIRANTURA
ARGENTINA
ARMANISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты