ASPIRANTURA

ASPIRANTURA — uzluksiz taʼlim tizimining tarkibiy qismi, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar (fan nomzodlari) tayyorlash shakli. Oʻzbekistonda Aspirantura 1930-y. larda tashkil etilgan. A. OʻzR Fan va texnika davlat komiteti hamda OʻzR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston FA Hayʼati, vazirlik va idoralar hayʼatining qarori bilan ilmiy tadqiqot in-tlari, oliy oʻquv yurtlari va b. ilmiy muassasa hamda tashkilotlarda tegishli mutaxassisliklar boʻyicha ochiladi. Aspirantura ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda tashkil qilinadi. Aspiranturada i. t. ishlari olib borish muddati i. ch. dan ajralgan holda 3 y., i. ch. dan ajralmagan holda 4 y. dan oshmasligi kerak. I. ch. dan ajralgan holdagi Aspiranturaga 30 yoshgacha, i. ch. dan ajralmagan holdagi Aspiranturaga esa 40 yoshgacha boʻlgan ilmiy hamda ilmiy-pedagogik ishga layoqatli mutaxassis va magistrlar qabul qilinadi. Aspiranturaga kiruvchilar urnatilgan tartibda kirish imtihonlarini topshiradilar. I. ch. dan ajralgan holdagi Aspiranturaga qabul qilinganlarga stipendiya toʻlanadi. Aspirantlar oʻz ilmiy faoliyatlarini i. t. instituti yoki oliy oʻquv yurti ilmiy kengashi tomonidan tasdiklangan ilmiy mavzu asosida tuzilgan shaxsiy ish rejasiga muvofiq tashkil etadilar. Aspirantlarga ularning ilmiy faoliyatlariga rahbarlik qilish uchun fan d-ri va prof. lardan ilmiy rahbarlar tayinlanadi. Baʼzi hollarda, istisno tarzida, shu sohada maʼlum ilmiy muvaffaqiyatga erishgan hamda d-rlik dissertatsiyasi ustida i. t. olib borayotgan katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega fan nomzodlari ham ilmiy rahbarlikka tayinlanishlari mumkin. Aspirantlar dissertatsiya mavzulari boʻyicha ilmiy izlanishlarini i. t. institutlari va oliy oʻquv yurtlarining lab., kafedra va b. ilmiy boʻlimlarida olib boradilar. Zaruriyat tugʻilgan hollarda ular shartnoma asosida rivojlangan mamlakatlar ilmiy markaz va oliy oʻquv yurtlariga yuborilishi mumkin. Aspirantlar nomzodlik dis-sertatsiyalarini ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlarga himoya uchun taqdim etihdan odsin OAK tomonidan belgilangan nomzodlik imtihon (minimum)larini topshirishlari zarur. Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash shakllaridan biri — idora ichida va idoralararo maqsadli Aspirantura ham mavjud. Maqsadli Aspiranturaga tuzilgan shartnoma asosida muassasa va tashkilotlar tomonidan yuboriladigan oliy maʼlumotli mutaxassislar va magistrlar tanlov asosida qabul qilinadi.

Aspirantura asosan akademik va malakaviy imtihonlarni topshirish hamda i. t. ishlari natijalarini, yaʼni nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan yakunlanadi. Dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganlarga OAK qarori bilan tegishli fan sohasi boʻyicha «fan nomzodi» ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.

M. Toshpoʻlatov.


Lotin alifbosida maqola: ASPIRANTURA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
AKADEMIK
ARXIV
AMIR TEMUR
AVSTRIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты